Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
partiyaviy tushuntirib bering
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
partiyaviy tushuntirib bering. — Xo‘p bo‘ladi, Botir Esonovich. Shizofreniya — bu, miya qobiliyatining buzilishi, fikrlash tarzining ishdan chiqishi, parokanda bo‘lishidir. Shizofreniyani birinchi bo‘lib Shveytsariya vrach Eygen Bleyler o‘ylab topgan va joriy etgan. Bleylerning ta’limoticha, shizofreniyaga yo‘liqqan bemor, hayot hodisalari oldida o‘zini jilovlab ololmaydi, tilini tiyib turolmaydi, yopib yurolmaydi. Insoniy qonun-qoidalarga itoat etolmaydi, insoniy axloq-odobga rioya etolmaydi. Shizofreniya — ko‘ngliga nima keladi, ana shuni bajaradi, Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 28 tiliga nima keladi, ana shuni aytadi. Aytgandayam, telbalarcha aytadi, surbetlarcha aytadi. Shu sabab, shizofreniya — partiya-hukumat uchun bamisoli bemahal qichqirgan xo‘roz bo‘ladi. — Io‘q-e, unchalik emasdir? — Shunchalik, Botir Esonovich, mana shu... Madievchalik! Xo‘-o‘sh, paranoyya — bu muntazam davom etadigan ruhiy parokandaliqdir. Bunda, bemor vosvos holatda hayot kechiradi. Vosvoslik uzluksiz davom etadi. Bu dardga chalingan bemorga kim qarshi gapirsa, ana o‘sha odamni o‘ziga dushman deb biladi. Sovet meditsinasi taraqqiy etib, shizofreniya bilan paranoyyaning yangi-yangi turlari ochildi. Akademik Snejnevskiy «vyalo protekayuvdaya shizofreniya» — sekin-asta, ko‘zga chalinmay dardmand etadigan shizofreniyani kashf etdi. Bu o‘ta xavfli kasallikdir. Akademik Snejnevskiy kashfiyotining buyukligi shundaki, bu diagnozni... man-man degan odamni peshonasiga yopishtirib... psixbolnitsaga o‘tqizsa bo‘ladi. Bu diagnoz sovet meditsinasi uchun... o‘ta qulay diagnozdir. Chunki insonparvar sovet davrida... g‘ayritabiiy fikrlovchilar bo‘lishi mumkin emas, hardamxayollar bo‘lishi mumkin emas. Partiyaviy til bilan aytganda, oramizda «inakomnslyayushie dissident»larga o‘rin yo‘q! — Shunday, shunday. — O’ziga bino qo‘yish, o‘ta tajanglik, o‘ta ta’sirchanlik, har narsani ko‘ngliga olish... ruhiy kasallik simptomlari! Shizofreniya! Paranoyya! Mana, bemor Madiev... o‘z vatanini rad etish dardi, o‘z vatanidan kechmoqchi bo‘lish dardi, o‘z vatanini tark etmoqchi bo‘lish dardi! Bemor qonunga xilof ravishda o‘z ona vatanidan chet elga chiqib ketmoqchi bo‘lgan. — Chet elga ketmoqchi bo‘lgan? — Ha, chet elga qochib ketmoqchi bo‘lgan. — Iya-iya... — O’zini chet el razvedkachisiman, degan. — Iya-iya... — Xullas, chet elga qochib ketmoqchi bo‘lib yurganda... fosh bo‘lib qolgan! — Iya-iya... Tuppa-tuzuk bola edi-ya! O’sadigan kommunist edi-ya! Hay, attang, sizlarga tushib qolibdi. — Gap bizda emas. Madiev kundalik turmushda o‘zi shunday bo‘lgan. — Siz Madievni qaerdan bilasiz? — Qaerdan bilardim, ishonchli manbalardan bilaman. Mana, oblast partiya komitetining birinchi sekretari o‘rtoq Rajabovning raporti. Jamoatchilik sudi, xalq militsiyasining hujjatlari. Inkor etib bo‘lmas hujjatlar! Biz ana shu hujjatlar asosida... diagnoz qo‘ydik! Kommunistik partiya so‘zi — diagnoz! Kommunistik partiya diagnozi — sovet meditsinasi diagnozi! Botir firqa joyidan qo‘zg‘oldi. Kabinetni ichkaridan qulflab keldi. Bosh vrach ro‘parasidan joy oldi. Vrach bilan betma-bet bo‘lib o‘tirdi. Samimiy gap ochdi: — Uka, shaxsan men o‘zim sizni kommunistik partiya safiga qabul qildim. Shu darajaga ko‘tarilishingiz uchun xiyol bo‘lsa-da, ulushim bor, deb o‘ilayman. — Albatta, Botir Esonovich, albatta. Meni partiyaga o‘tqazmaganingizda, bosh vrachlik kreslosi qaerda edi? — Rahmat, uka, rahmat. Hali, yana qo‘llab-quvvatlayman. Endi, mana shu kasalxona rayonimiz territoriyasida ekanidanmi yo sizni qo‘llab-quvvatlashimni bilganidanmi, o‘rtoq Rajabov meni jo‘natdi. Shaxsan o‘zlari jo‘natdi! — Bajonidil, kommunistik partiya nima desa shu, bajonidil. — Yashang, partiya chizig‘idan chiqmasangiz, kam bo‘lmaysiz. Gap oramizda qolsin: mana shu Madievni chiqarib yuboring. Faqat birov bilmasin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling