Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
26
Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod www.ziyouz.com kutubxonasi 21 Tushdan keyin qabulga kiruvchilar ado bo‘ldi. Raykom Esonov kerishib-kerishib yayradi. Emin-erkin bo‘ldi. Bir choynak choy buyurdi. Choyni kotiba qiz emas... Obod Mirzaxo‘jaeva ko‘tarib kirdi. Raykom Esonov ajablanib qoldi. Joyidan turib bordi. Mirzaxo‘jaevani qo‘lidan choynakni olmoqchi bo‘ldi. Ammo Mirzaxo‘jaeva ko‘nmadi. Choyni o‘zi olib keldi. Choynak qoshida o‘tirdi. Raykom Esonov Mirzaxo‘jaeva bilan yuzma-yuz o‘tirdi. Undan hol so‘radi. Mirzaxo‘jaeva choy qaytara-qaytara bosh irg‘adi. Choy suza-suza javob berdi. Bir piyola choydan keyin maqsadga o‘tdi. — Bir bola bor, Botir Esonovich, — dedi_. — O’zi Moskvani bitirib kelgan. Gazetada ishlaydi. O’sadigan bola. Shoir! — Shoir? Zo‘r-ku! — Zo‘r bo‘lgandayam, ulay-bulay zo‘r emas. Labbaygo‘y emas. Sarkash shoir. Yangi oqim shoiri. Frantsuz avan-gardizmi... deydimi... Ana shunday avangard shoir! — Siz frantsuz avangardizmini qaerdan bilasiz, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva? — deya jilmaydi raykom Esonov. — Men tushunmayman, Botir Esonovich. Qizimdan eshitaman, qizimdan. — Aytganday, qizingiz shoira bo‘ldi-a? — Ha, she’r yozadi. She’rlari qo‘shiq ham bo‘ldi. Raykom Esonov ko‘zlarini pirpiratdi. Ko‘zlarini olib qochdi. Derazaga qaradi. Undan chinorlarga qaradi. «She’rlari qo‘shiq bo‘libdi. Qizingizni o‘zi kim bo‘libdi?» — degisi keldi. Boisi, Mirzaxo‘jaevani ana shu kizi haqida uzun-kalta gaplar eshitdi. Yaxshi-yomon gaplar eshitdi. — Ammo-lekin shunday faollarimizni qizi ishqboz bo‘lsa, boshqalardan nima umid, nima xayr? — dedi raykom Esonov. — Kimsan, ilg‘or faol Obod Mirzaxo‘jaevani qizi nopok yo‘llardan yursa. O’zidan so‘rasammikin? Uyat, ming qilsa-da, onasi. Hartugul, bir ilmoqli gap otib ko‘ray. Qizidan xabari bo‘lsa — yarasini yoradi». — Hozirgi yoshlar... o‘yinqaroq bo‘lib qoldi, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva. — Zamoni kelibdi, o‘ynab-kulsin-da, Botir Esonovich. — Chekish, ichish... — Bizni Dilya ham chekadi. Ichishini bilmadim. To‘y-ma’rakalarda ichadi, deyishadi. Men hali ko‘rmadim. — Sovet xotin-qizlari chekmasligi kerak, o‘rtoq Mirzaxo‘jaeva. Chekish-ichish sovet xotin-qizlarini axloq-odob normalariga to‘g‘ri kelmaydi. — Xotin-qizlarni chekib-ichishi eskichagayam to‘g‘ri kelmaydi, Botir Esonovich. Dilyaga ko‘p aytdim. Chekma-chekma, dedim. Qayda, foydasi bo‘lmadi. — Bir so‘z bilan aytsak, xotin-qizlarimizda kommunistik axloqqa zid qiliqlar ko‘payib ketmoqda. Raykom Esonov shunday deya, ko‘z qiri bilan Mirzaxo‘jaevaga razm soldi: Mirzaxo‘jaevada o‘zgarish sezmadi. «Demak, qizini... ishqboz ekanini bilmaydi, — dedi raykom Esonov. — Qizidan xabari yo‘q. Bo‘lmasa, qizarib-bo‘zarar edi. Ganini yo‘qotib qo‘yar edi. Mayli, ishqbozlik dardi shaxsiy masala». — Mayli, yoshlarni o‘zi biladi. Xo‘sh, shu qizingiz? — Shu qizim tushuntirib turadi. Shu bola yetuk avangard shoirimiz, deydi. — Tushundim, xo‘sh? — Shu bola necha yildan beri partiyaga o‘tolmay yuribdi ekan. O’rin yo‘q, deyishar ekan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling