Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
— U bola sizga kim bo‘ladi? 
— Qizim bilan bir joyda ishlaydi. Qizimni she’rlarini o‘rischaga so‘zma-so‘z tarjima qilib 
beradi. O’rischani suvday ichadi. 
— O’rischani suvday ichadi? Shundaylar kerak. 
— Juda kerakli bola. Shu bolaga... hidoyat qo‘lingizni uzatsangiz, deb edim? 
— Boshidan o‘tmaganni qoshidan o‘tma, deydilar.
— Qani o‘zi? 
— Tashqarida. Chinorni ostida o‘tiribdi. Chaqiraymi?
Mirzaxo‘jaeva qabulxonaga chiqib keldi. 
— Kotiba qizga aytdim, chaqirib keladi, — dedi. 
Raykom Esonov o‘z kreslosiga borib o‘tirdi. 
Mirzaxo‘jaeva... choyni oqlab keldi. 
Ostonada bir yigit qora berdi: daroz-daroz. Soch-lari yelkalarida. Quloqlari ostida. 
Raykom Esonov yigitni ichkari taklif etdi. Ko‘rishib-so‘rashdi. Gapni nimadan boshlashni 
o‘yladi. 
«Daroz odamni esi kamroq bo‘ladi, — deya o‘yladi.— Shu bois, faqat bo‘yiga o‘sadi. Buni 
esi qanaqa ekan?» 
— Qani, o‘zingizni tanishtiring-chi? 
— Men Madiev... Lenin rayon, Lenin sovxoz, Le-nin uchastkasida tug‘ildim. Lenin nomli 
maktabda o‘qidim, Lenin nomli universitetni tamomladim. Le-nin komsomol safiga ariza 
berib kirdim. 
— Endi, Lenin partiyasi safiga kirmoqchisiz, shundaymi? 
— Ha! — dedi Madiev tantana bilan. — Men Lenin shanbaliklarida qatnashaman. Lenin 
haqidagi she’rlarni yoddan bilaman. Leninning bolalik hayotidan insholar yozganman. 
Lenin asarlaridan diplom ishi yoklaganman. Men Lenin siymosini ko‘ksimda olib 
yuraman! 
Madiev shunday deya, kafti bilan yoqa siladi. Yoqasida Lenin rasmi bor dumaloq znachok 
bo‘ldi. 
— Ko‘rdim, ko‘rdim, — dedi raykom Esonov. — Ko‘kragingizdagi rasm, o‘rtoq Leninni 
yosh vaqti bo‘lsa kerak? 
— Ha, dohiymiz Lenin hamisha yosh! — dedi Madiev. — Lenin hamisha navqiron! 
Lenin tiriklar ichra: tirik! Lenin hamisha biz bilan! 
— O’rtoq Lenin haqida she’r yozganmisiz? 
Yeshlik qildim, tajribam yetmadi, — dedi Madiev. — Lenin haqida albatta she’r 
yozaman! 
Raykom Esonov partiyaviy-tashkiliy ishlar bo‘lim mudirini chaqirdi. 
«O’zingdan baland amaldor nima desa — ana shuni bajar. So‘zsiz bajar. Ahmoqona 
bo‘lsa-da, bajar. Ablahona bo‘lsa-da, bajar. Ko‘r-ko‘rona bajar. Ana shunda — o‘sasan! 
O’zingdan baland amaldordan... qo‘rqib yasha. O’zing-dan katta amaldor.. yetti 
pushtingni haqorat etib so‘ksa, sen... kechirim so‘ra! 
«Hammamiz uchun hurmatli va aziz» qo‘shimchasi bilan ataluvchi amaldorni... Munkar-
nakir deb bil! «Muhtaram zot», «ulug‘ zot» «vich-vich» qo‘shimchalari bilan ataluvchi 
amaldordan qo‘rq. Qo‘rqmasang-da, o‘zingni qo‘rqqanga ol. Boisi, amaldor zoti... hayiqib 
turuvchi odamni yoqtiradi. Amaldor zoti qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turuvchi odamni yaxshi 
ko‘radi. 
Bir qudratli amaldor... otalig‘ida bo‘l. Ana shu amal-dorga qo‘l ber. Ana shu amaldorni 
pirim — shefim, deb bil. Ana shunda — ko‘tarilasan!» 
Botir firqa kommunist bo‘libdiki — ana shu hayot mantiqlarini shior etib oldi. Ana shu 
hayot mantiqlariga amal etib yashadi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling