Microsoft Word chahoryor ziyouz com doc
Download 202.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdusodiq Irisov. Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola)
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 Shunda payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam) Oysha onamizga qarab: — Malaklar hayo qilgan bir kishidan men hayo qilmaymi? — deb javob qiladilar. Yana Usmon haqida gap ketganda payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam): «Jannatda mening yo’ldoshim Usmon bo’ladi» deganida ham u kishining martabasini yuqori qo’ygani va ko’p hurmat-ehtiromda bo’lganliklari tushiniladi. Chindan ham payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) Usmonni juda ham yaqin tutar edilar. Ko’pchilik odamlar u kishining hulqini, hayo va odob namunasi, deb bilishardi. Usmon ibn Affon tabiatan o’ta muloyim, yumshoq fe’li atvoridan odamlar diqqatini o’ziga jalb qiladigan kishi edi. U 34 yoshda islomni qabul qiladi. O’ziyam endi yetilgan, odamlarga nufuzi ham zo’r savdogar edi. Musulmon bo’lganini bilgan amakisi Hakim ibn Abul-Os undan bir qancha vaqt hazar qilib yurgan, keyin uni tutib olib daraxtga bog’lab qo’ygan va unga “to bu dindan kechmaguningcha, senga hech yemak bermayman” degan. Usmon bo’lsa “Meni o’ldirsangiz ham men bu dindan chiqmayman” degan. Shunda uning yor-do’stlari uni qutqarishgan ekan. Abu Bakr va Umar xalifalik kursisida bo’lgan vaqtida ham Usmon yirik bir siymo sifatida tanilgan edi. Nihoyat Madina shahrida bo’lgan qabila boshliqlarining uch kun davom etgan kengashi nihoyasida to’rtinchi kuni tush vaqtida masjidda to’plangan odamlarga Usmon ibn Affonning xalifa bo’lganligi e’lon etiladi. Bu voqea xijriyning yigirma to’rtinchi yili boshlarida, milodiyning 644 yilida yuz bergan edi. Zotan payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayot chog’ida ham ul zotning vakili sifatida Usmon siyosiy ishlarga aralashib turar edi. Bir gal payg’ambarning elchisi bo’lib mushrikiylar bilan muzokara olib borish uchun Makkaga otlanadi. U ayni chog’da haj qilish niyatida edi. Shunda mushrikiylar Usmonga hurmatan hajiga monelik qilmaydilar. Mushriklar unga qarab: — Sen orqangga qaytgin-da, seni jo’natganga ayt, u hech qachon Makkaga kelib Ka’bani tavof etib o’tirmasin. Ammo sen o’zing bo’lsang, marhamat, qachon istasang, o’sha kezda tavof etishing mumkin, deyishgan. Shunda Usmon ibn Affon: — Men payg’ambarsiz Ka’bani tavof etmayman, — dedi. Raqiblar Usmonning bu gapidan jahilari chiqsada, ammo unga biror yomonlik qilmaydilar, lekin doimo uning qilmishini nazorat qilib yuradilar. Usmon payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayot chog’larida islomga ancha moddiy yordam bilan qarashgan edi. Mashhur Тabuk jangida u kishi ming dinor pul, ellik ot va yuzta tuya yuborib, musulmonlarga yordam ko’rsatgan. Shu bilan birga Usmon kambag’allarga ko’p hayru exsonlar qilsada, o’zi kamtarona hayot kechirardi. Hatto Madinada ocharchilik bo’lgan yili Usmon Suriyadan yuzta tuyada bug’doy keltirgan va odamlarga ancha muruvvat ko’rsatgan, u bug’doylarni odamlarga tekinga tarqatgan. Usmonning bu ishidan xalifa Abu Bakr ko’p mamnun bo’lib, uning saxiylik qilgan qo’lini o’pgan edi. Bu esa u kishining saxovatiga bergan yuksak baho edi. Bir gal payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning uyida oziq-ovqat qolmaganidan Usmon xabar topib qoladi. U shu zahoti payg’ambar alayhissalomning uylariga bir qo’y jo’natadi, qo’y bilan birga un, yog’ keltiradi. Ularni keltirib, payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning zavjayi muxtaramalari Oysha onamizga topshirib: —Payg’ambar alayhissalom tabiatlari bo’yicha bularni boshqalarga bo’lib berishlari mumkin. Lekin u kishi aslo bunday qilmasinlar. Zero men boshqalarga ham shunday narsalarni yuboraman, — deydi, Payg’ambarimiz kelib, u kishining bu ajoyib ishini ko’rib, undan nihoyatda mamnun bo’ldilar va “Yo Rabbim, Usmonning o’tmish, hozir va kelajakda qilmish ochia va yashirin gunohlari bo’lgan bo’lsa kechirgil”, deb duo qiladilar. |
ma'muriyatiga murojaat qiling