Microsoft Word chahoryor ziyouz com doc
Download 202.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdusodiq Irisov. Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola)
JASORAТLI ODAMLAR
Bir gal Umarning do’stlaridan biri Bishr ibn Sa’d qo’lida xipchin ushlab turgan ekan, u kishini ko’rib Umar: — Bordiyu men ba’zan xato yo’lga kirib qolsam, nima qilardilaring?— dedi. Shunda Bishr ibn Sa’d: — Shu xipchin bilan tuzatamiz,— dedi. — Хudoga shukrki,— dedi shunda Umar,— xalifa egri yo’lga kirsa, uni tuzatadigan jasoratli odamlar paydo bo’libdi.
Umarning bir xizmatkor quli bor edi. Bir kuni unga o’sha qul bir ovqat keltirib qo’ydi. Abu Bakr undan bir luqma oldi. Oldinlari xizmatkori ovqat keltirganida uni qayerdan olganligini so’rab undan keyingina tanovul qilar edi. Lekin bu gal u negadir bu odatini tark qilib, so’ramasdan bir luqma olib qo’ydi. Keyin xizmatkor o’zicha gapirib egri qo’l, qallob odamdan narsa olib ovqat pishirganini so’zlab qoldi. Umar buni eshitdiyu hafa bo’lib ketdi, keyin unga: — Sen bunday harakating bilan meni halok qilasan,-dedi va yeganini qusib tashlamoqchi bo’ldi, bo’lmadi. Keyin og’ziga barmog’ini tiqib qusishga harakat qildi. Ammo avvaliga u luqma chiqmadi, keyin u anchagina suv ichib, shu suv bilan birga qusmoqchi bo’ldi. Anchagacha o’qchib-o’qchib bir amallab o’sha luqmani qusib tashladi. Bu holning guvohi bo’lib turganlar: — Shuncha mashaqqatlar bir luqma uchunmidi, xazratim,—deyishdi. Shunda ularga qarab Umar: — Bu harom luqma bir amallab chiqdi, ammo men qanchalik qiynalmasam ham, hatto jonim xalqumimdan chiqib ketsa ham, bu harom luqmani chiqarib tashlashga urinar edim. Chunki men Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)ning “Bir jasad haromdan tarbiya topgan bo’lsa, unga eng loyiq narsa otash, ya’ni do’zaxdir”, deganlarini o’z qulog’im bilan eshitgan edim. Shuning uchun bu luqma bilan jasadimga yetishadigan har qanday zararning oldini oldim,— dedi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling