Microsoft Word chahoryor ziyouz com doc
Download 202.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdusodiq Irisov. Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola)
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 kelishilmasa, yirik odamlarni yig’ar ekan-da, masalani ularga tushuntirar ekan. Shunda bir fikrga kelishilsa, o’shanga qarab hukm chiqarilar ekan. Umar bunday ish tutib masalaga javob topa olmasa, shunda masala bilan kelgan odamning o’ziga o’z fikr- mulohazasi bilan ish ko’rishiga maslahat berar ekan. Hadisshunos olim Dorimiyning keltirishicha, Ziyod ibn Jodir hazrati Umar bilan gaplashib o’tirgan ekan. Shunda Umar so’rab qolibdi: — Islomiyatni buzadigan narsa nima? — Siz so’zlang, men eshitay,— debdi Ziyod ibn Jodir. — Din odamlarining yanglish gapirishi, munofiqlar o’zlarining buzuq fikrlarini oyat yoki hadis bilan isbotlashga urinib, musulmonlarni aldashlari va buzg’un hukm chiqaradigan odamlardan bo’lib qolishidir. Abu Bakr(roziyallohu anhu) Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan naql qiladi: “Kimki bir gunoh ish qilib qo’ygan bo’lsa, taxorat qiladi. Keyin ikki rakat namoz o’qiydi, undan keyin istig’for aytib, Хudodan gunohini kechirishini so’raydi, shunda gunohi kechiriladi. Yana shunisi ham borki, Abu Bakr islomni qabul qilgach, qirq ming dirxam kumush pulini payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) va u zotga imon keltirganlarga sarflaydi. U imon keltirganliklari uchun azobga giriftor bo’lgan yettita qulni sotib olib ozod etadi. Rasululloh(sallallohu alayhi vassallam) Makkada yashagan o’n uch yil ichida har kuni erta va kech Abu Bakr uyiga kelar, u bilan suxbatlashib o’tirar ekanlar. Hadicha onamiz vafot etgach, Payg’ambarimiz ancha xafa bo’lib yuradilar. Shunda bir kuni Abu Bakr qizi Oyshaning qo’lidan tutib: — Yo Rasululloh, qizimni xotinlikka qabul eting, xizmatingizni qilib, g’amingizni aritsin, — deydi. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) Oysha(roziyallohu anho)ni Madina shahrida o’z nikohlariga Qabul etadilar. Payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning butun yurish-turishlarn xulq atvor timsoli edi. U kishi hech kimni ayblamas, yomonlik qilganga yomonlik bilan jaiob bermasdilar. Oysha Onamiz aytadilar: U kishi biroviing aybini kechirar, ular bilan xushmuomalada bo’lardilar. O’zlari uchun birovdan qasd olmasdi. Hech bir qul yo xizmatkorini urganlarini birov ko’rgan emas. Biror hayvonga ham zarar berganlarini birov bilmasdi. Birov bir narsa so’rab kelsa, uni quruq qaytarmasdilar. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) hayotini Ali(roziyallohu anhu)dek yaxshi biladigan biror zot yo’q edi. Chunki Ali(roziyallohu anhu) yoshlik chog’laridan boshlab u kishi bilan birga edi, u kishi ko’z o’ngida ulg’aydi. Ali(roziyallohu anhu) doimo aytar ekan: “Allohning elchisi kulib turadigan xush chehrali, fe’li-atvori yumshoq, ko’rinishida kamtar, mutavoze, muhtaram ajoyib axloq sohibi edi”. U kishining yana yaxshi xislatlaridan biri hech mahal u kishining og’zidan: yomon so’z chqmas edi. U kishi odamlardagi kamchilik, ayb va nuqsonlarni hech mahal yuziga solmas, hech kimga ozor beradigan so’z so’zlamasdilar. Biror odam u kishining xushiga kelmaydigan bir narsa so’rab qoladigan bo’lsa, sukut qilar, o’y-andishaga cho’mar, lekin ma’qul tushmaganini bildirmas, shunga ko’ra dil xira qiladigan biror fe’l-atvorini yaxshi biladiganlar ahvoliga qarab turib, nima demoqchi bo’lganini anglab olardi. Chunki u kishinnng dili odamlarning yaxshilikka erishishini istardilar, jaholat poygaklarida qolib ketishni istamasdilar. Odamlarning bu holda qolishlarini o’ylab siqilar, Allohdan ularga insof berishini, ularni to’g’ri yo’lga solishini so’rardilar. Bu borada Qur’oni karimda shunday deyilgan: “Sizlarga o’zlaringizdan bo’lgan elchi keldi. Sizlarning gunohlar qilishingiz uning uchun og’irdir. U sizlarning g’amingizdadir, mo’minlarga u muloyim va g’amxo’rdir» (9-sura, 128 oyat). U kishi insonlarga o’ta marhamatli, ularga mehru muhabbatli edilar. Eng og’ir va tahlikali |
ma'muriyatiga murojaat qiling