Microsoft Word chahoryor ziyouz com doc
Download 202.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdusodiq Irisov. Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola)
www.ziyouz.com kutubxonasi
17 keyingi xalifalar ham bu odatni davom ettirishi mumkin. Ammo Umar bu fikrni qabul qilmadi. — Bunday ishda payg’ambarimiz(sallallohu alayhi vassallam)ning ham ayni shunday muomalada bo’lganlarini ko’rgdaimdan so’ng qanday qilib uni boshqalarga tadbiq etmay, undan yuz o’giraman,— dedi. — Buyog’ini bizga qo’yib bersangiz, biz uni rozi etsak bo’lardi-ku,— dedi u. Shunda Umarga bu fikr ma’qul tushdi. Amr ibn al-Os aralashuvi bilan shikoyat etgan kishiga xafa qilgan kishi bir qancha dinor jarima to’ladi, shu bilan darra urilgan odamni rozi qildi. Umar ko’chada ketayotsa, bir kishi tilanchilik qilib o’tiribdi. Тikilib qarasa, u kishi musulmon emas ekan. Undan hol-ahvol so’rab, nega bu yerda tilanchilik qilib o’tirganini so’radi. Shunda haligi tilanchi unga: — Men bir faqir kishi edim, musulmon bo’lmaganim uchun mendan jiz’ya solig’i olishdi, shu bilan ahvolim yomonlashdi, keyin majbur bo’lib gadoychilik qiladigan bo’ldim,— dedi.
Umar ibn al-Хattobning unga raxmi keldi. Хazinadan unga oylik tayinladi. Keyin u tilanchilik qilmaydigan bo’ldi. Umarning xalifalik davrida ko’p zafarlar qozonildi, ko’p o’lkalar zabt etildi, u yerlarda qat’iyat bilan islom idora usuli o’rnatildi. Umar Shom mamlakatiga safarga otlangan ekan, u shaharga yaqin bo’lgan Yarmuk degak joyga yetib kelgach, Damashqda vabo tarqalganini eshitib qolibdi. Shunda u darhol orqaga, Madinaga qaytib ketaboshlabdi. Buni payqgan usha yer hokimi unga qarab:
— Ha, Amir al-Mo’minin, Allohning taqdir qilganidan qochayapsanmi?— debdi. Shunda Umar ibn al-Хattob: — Rost, men Allohning takdir qilganidan yana taqdir qilganiga qochayapman,-— dedi,— nima deysan, biri quruq soy, boshqasi yam-yashil o’tlotq joydan qaysi birini ortiq ko’rarding va tuyalarni qay tomonga haydarding. Allohning taqdiriga deb, quruq soyga haydarmiding? Yig’indagilar xalifaning bu gapini ma’qul topdilar. Umar ibn al-Хattobning payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam)dan 573 hadis rivoyat qilgani hikoya qilinadi. Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning natql qilishlaricha, bir hadisi sharifda «Shayton Umarning kulgusidan qochar» deyilgan ekan. Payg’ambar(sallallohu alayhi vassallam) aytar ekanlar: «Ko’kda Umarni hurmat qilmagan hech bir farishta yo’q, yerda undan xayiqmagan hech bir shayton yo’q». Hazrati Umar derkan: O’tirgan yeringizda e Alloh, rizqi-ro’zimizni ber, deb o’tiravermanglar. Bilasizku axir, Osmon na oltin yog’dirar, na kumush. Kishi uyida boladek, tapshqarida erkakdek bo’lishi kerak. U kishi derkan: Menga xatolarimni ko’rsatgan kimsadan Alloh rozi bo’lsin. Insonlarga muhtoj bo’lmaslikka g’ayrat eting. Shunda siz ham diningizni saqlagan, ham insonlarning eng sharaflisi bo’lasiz.
Download 202.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling