Chahoryorlar.
Abdusodiq Irisov
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Rasululloh shaxarida ol”,— deb iltijo qilar ekan. Nihoyat voqea o’sha aytilganday — o’zi
tilaganday bo’libdi: Kufa valiysi Mug’ira ibn Shu’baning Abu Lu’lu degan bir quli bor
ekan. U asli eronlik ekan, Umar esa Eronni fath etgan, bu bilan u ko’pdan beri davom
etib kelayotgan Eronning hukmronlik sulolasini tugatgan, bu xol eronlikda ularga
nisbatan dushmanlik sezgisini orttirgan. Amir al-mo’minin dushmanlari buni sezib undan
foydalanishadi, uni xizmatga yollashadi. Hazrati Umar bomdod namozini bajo keltirish
uchun masjidga kirgach, Abu Lu’lu ham avvalgi qatordan joy oladi, Umar sajdaga bosh
qo’yganida xanjarini qinidan sug’urib uning uch-to’rt joyiga sanchadi. Keyin qochishga
tushadi. Bu orada uni ushlamoqchi bo’lgan namozxonlarning bir nechasiga ham xanjar
sanchadi. Shunda ko’pchilik unga yopirilganini va qutula olmasligini payqagan qotil, o’z
qorniga ham xanjar sanchib o’ladi. Хalifani yarador holda uyiga keltirishadi. Namoz
imomligiga boshqa odam — AbdurRahmon ibn Avf o’tadi. Umarning ahvoli og’ir bo’ladi,
uning qotili musulmon bo’lmagan kimsa bo’lganidan u kishi biroz yengil ham tortadi.
Nihoyat o’limi yaqinlashayotganini bilgach, vasiyat qila boshlaydi. Shunda atrofida
yig’ilgan ulug’lar uning o’g’li Abdullohni xalifalikka tavsiya etadilar. Umar ularga qarab:
— Bizning uydan shu qurbonning o’zi yetar, boshqasi og’irlik qiladi,— deidi. Nihoyat u
kishi 23-ichi hijry zulhijja oyida milodiyning 644 noyabr oyida vafot etib, payg’ambar
qabri yoniga qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: