KAMPIRNING GAPI ТA’SIR QILDI
Umar ibn al-Хattob kechalari shahar ko’chalarida kezib yurar ekan.
Bir gal Madina shahari chetlarida kezib yurgan ekan, qari xotinga ro’para kelib qolibdi.
Shunda xotindan:
— Umarni ko’rmadingmi shu yaqinda,— deb so’rabdi.
— Qurib ketsin, uning xalifaligi paytida bir chaqa ham ololmadim, undan,— debdi xotin.
Umar bo’lsa xotinga:
— Sen shunday gado topmas bir chekkada turarkansan, seni borligingni Umar qaerdan
biladi,— debdi.
Хotin ham bo’sh kelmay debdi:
— Mening bu yerda turganimni bilmas ekan, xalifalik taxtiga o’tirib nima qilardi,
jimgina yotaversin edi o’z kulbasida, bunday ishlarga aralashmay. Uning
o’rniga boshqa bir durustrog’i kelardi. Bunday ishlarni eplagan, uddalay olgan kishi
qiladi-da.
Umarga kampirning gapi ta’sir qildi. Manziliga qaytib, unga anchagina oziq-ovqat,
mol-dunyo yuboribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |