O’ZING ХALIFA BO’LAQOL
Bir gal Umar ko’chadan o’tib ketayotgan ekan, bir hovlida bolalarning yig’isini eshitib
qolibdi. Hovliga nazar solib:
— Nima ran, tinchlikmi?— deb so’rapti.
Unga bir ayol javob beribdi:
— Uch kundan beri bolalar och, ularni tinchitish uchun qozonga suv solib o’t yoqib
o’tiribman, ularga atala qilayapman, hozir pishib qoladi deb ovutib o’tiribman.Ular
ochlikdan dod deyishayapti.
Хalifa Umar chuqur o’yga cho’mdi, ahvolni tushindi. Darhol saroyga qaytib, u yerdan
ayol xonasiga oziq-ovqat olib keldi.
Хotin uni duo qildi:
— Хudo xayringni bersin, og’a, asli Umarning o’rniga sen o’tirsang bo’lar ekan, o’zing
xalifa bo’laqol,— dedi u.
So’ngra Umar unga:
Chahoryorlar. Abdusodiq Irisov
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
— Ertaga falon joyga borgin,— debdi.
Ayol aytilgan joyga borsa, usha kishi kutib olibdi. Shundagina ayol o’sha kechagi kishini
xalifa Umar ekanligini payqabdi.
Umar ayolni huzuriga chorlab unga oylik tayinlabdi, bolalariga kiyim-kechak berdiribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |