Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
63 Avdiy o‘sha tomonga yurdi va ko‘p o‘tmay Grishanga ko‘zi tushdi. U o‘t-o‘lanlar orasida mo‘‘jazgina kursichada qo‘lida tayoqcha o‘ynab o‘tirardi. Kepkasini manglayiga bostirib kiygan. Sezgir odam bo‘lsa kerak, Avdiy hali yaqinlashmay turib, o‘girilib qaradi va kaftiga yo‘talib qo‘ydi. Undan nariroqda yana ikki kishi o‘tirishardi. Hammasi bo‘lib uch kishi. Shunda Avdiy tushundi: O’zi mana shu odam... Qadami taysallagan Avdiy badaniga sovuq o‘rmalaganligini his qildi. Yuragi gursillab tez-tez urib ketdi... Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) www.ziyouz.com kutubxonasi 64 IKKINCHI QISM I — Yaradorga salomlar,— dedi Avdiy iloji boricha odmigina qilib, shu bilan u qattiq dukirlab urayotgan yuragini bosmoqchi edi. Xuddi baliqchilarnikiday mo‘‘jazgina yig‘ma kursichada tayoq o‘ynb o‘tirgan Grishan bir ko‘zini qisib qaradi. — Salom-ku, salom, lekin kimdan ekan bu salom? Avdiy beixtiyor kulib qo‘ydi. — Avvalo sening sog‘-salomatliging kerak odamdan-da, bu salomlar. — E shundaymi! G’oyat minnatdorman, haddan tashqari minnatdorman, yaxshi boshlangan ishning oxiri ham yomon bo‘lmaydi. Kimsasiz cho‘lda ko‘ngil so‘raganning yo‘rig‘i ham boshqa. Nimasini aytasan! Hammamiz ham issiq jonmiz-da, to‘g‘rimi? «Gapga chechan ekan, buning ustiga ko‘p kitob o‘qigan bo‘lsa, ish chatoq. Bunaqasini sira kutmagan edim, o‘lay agar. Ohanjama qiladi, o‘zini mahmadona qilib ko‘rsatyapti,— deb o‘yladi Avdiy.— Nima sababdan? Yoki O’zining nayrangimikin bu?» Avdiy Grishanning chehrasiga qarab, esda qoladigan hech narsasi yo‘q ekan, deb qo‘ydi ichida. Tashqaridan u g‘oyatda jo‘n odamga o‘xshab ko‘rinardi: bo‘yi o‘rtachadan balandroq, sochlari birmuncha qo‘ng‘ir ust-boshi ham yoshiga monand, ko‘zga unchalik tashlanib turmaydi, jinsi shim, yoqasi «molniya»li eskigina ko‘ylak, boshida cho‘ntakka ham sig‘ib ketaveradigan ko‘rimsizgina shapka. Agar Grishan cho‘loqlanmasa va shu tufayli qo‘lida yo‘g‘on g‘o‘dir tayoq ko‘tarib yurmasaydi, uni odamlar orasidan ajratib olish qiyin bo‘lardi. Ko‘proq tikilib qaragan kishi balki Grishanning ko‘zlarini eslab qolsa ajabmasdi. Jaynoqlangan qo‘yko‘zlarining ma’nosi to‘xtovsiz suratda o‘zgarib turar, ehtimol o‘zi ham sezmagan holda u tinmay ko‘zlarini qisar, o‘g‘rincha qiya qarar, rangini bilib bo‘lmaydigan qoshlarini uchirar, xuddi burchakka qisib qo‘yilgan, tashlanib, chovut solib, tishlamoqchi bo‘layotgan, lekin jur’ati yetmayotgan va shunga qaramasdan bari bir yurak yutib, irillayotgan, po‘pisa qilayotgan vahshiy jondorga o‘xshardi. Ehtimol gapirganda baralla ko‘zga tashlanadigan singan tepa kurak tishi tufayli shunday taassurot tug‘ilsa ham ajabmas. «Tilla tish qo‘ydirib olishi ham mumkin edi, lekin negadir buni xohlamagan,— deb o‘yladi o‘zicha Avdiy.— Balki ortiqcha ko‘zga tashlanib turishni istamas». — Oyoqqa nima qildi? Qayrilib ketdimi? Qaramay qadam qo‘ygandirsan-da? — odob yuzasidan so‘radi Avdiy. Grishan boshini noaniq chayqab qo‘ydi. — Ha, jinday lat yedi shekilli. Ko‘zimga qaramaganman, to‘g‘ri aytding, Avdiy, isming shunday shekilli, a? — Ha, ismim Avdiy. — Injildan olinganmi deyman. Xo‘p ismlar bo‘ladi-da, a,— so‘zlarni atay cho‘zib, tamshanganday yamlanib fikrlardi Grishan.— Avdiy — cherkovning isi kelib turadigan ism,— o‘ychanlik bilan dedi U-— Qarang-a, odamlar bir paytlar Xudoni dillariga tugib yashashgan. Rus o‘lkasidagi Prechistenskiylar, Bogolepovlar, Blagovestovlar mana shundan chiqishgan-da. Sening familiyang ham ismingga yarasha bo‘lsa kerak deyman, a, Avdiy? — Kallistratov. — Ana ko‘rdingmi, hammasi to‘g‘ri kelyapti... Mening nomim esa juda jo‘n, qora ishchining nomi — Grishan. Lekin, gap bunda emas. Shunday qilib desang, sen haqsan, Avdiy Kallistratov, oyog‘imga qaramaganman. Bundan qo‘rqinchli bir xulosa chiqadi: odam agar g‘irt ahmoq bo‘lmasa, albatta oyog‘ining tagiga qarab yursin. Bosh aqlsiz bo‘lsa oyoqqa jabr, degani ham mana shu haqda aytilgan. Ko‘rib turibsan, oqsoqlanib qoldim. Shu desang, bemaza ishlar. — Oqibati ham ancha bilingandir? — so‘radi Avdiy Petruxa aytgan gapga shama qilib. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling