Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
Kun peshindan oqquncha yirtqichlar qorasini ko‘rsatishmadi. Bo‘ston podani xoli, atrofdan yaxshi 
ko‘zga tashlanadigan o‘tloqqa qo‘ydi-da, o‘zi bir chekkada siyrak butalar ostidagi katta toshlar orasiga 
biqinib yotdi. U yaxshi mergan edi, bolaligidan miltiq otib o‘rgangan, ov qilgan, Issiqko‘lda necha-
necha bo‘rilarni otgan edi. Shuning uchun bo‘rilarni otishiga ko‘zi yetar, ularni pistirmaga tushirsa, bas 
edi. Serxavotir ona qo‘ylar tinmay ovoz berib, bolalarini chaqirishar, bir-birlarini jo‘rlashar, biroq vaqt 
o‘tib borar, bo‘rilardan esa hamon darak yo‘q. Vaholanki, boshqa paytlar jondorlar kuppa-kunduz
kuni hujum qilib, atrofda o‘tlab yurgan podalarni to‘s-to‘s to‘zg‘itib, alamlarini qo‘ylardan olardilar.. 
Oftob qizdira boshladi. Buta tagida ostiga paxtaligini to‘shab yotgan Bo‘ston boshqa payt miriqib 
mudrab olgan bo‘lardi, lekin hozir bunday qilolmasdi. Buning ustiga ichiga chiroq yoqsa yorimasdi: 
Ernazarning o‘lishida uni ayblashayotganiga sira chiday olmasdi. Uning g‘animlari Qo‘chqorboev 
ham, Bozorboy ham til topishgan, ularning har biri o‘zicha bichib-to‘qib, uni ayblar, boshi berk 
ko‘chaga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lardi. Hayot nega shunday qurilgan, u hech tushunolmasdi: turli-tuman 
odamlar nimaga, nima sababdan uni yomon ko‘risharkin, Buning ustiga manovi qashqirlarni 
aytmaysizmi, odamning jonini sug‘urib olaman deb turishibdi. Uyda ham shundan tinchlik yo‘q. 
Xotiniga Bozorboy bilan o‘rtalarida qochgan gapning xabari yetib borsa, hali hammasi holva bo‘lib 
qolmasaydi. Bozorboy uni ham, xotinini ham og‘zidan bodi kirib, shodi chiqib bo‘ralab so‘kayotganda, 
ancha odamlar tomoshabin bo‘lib turishgan edi. Ular ichida ko‘zingni o‘yaman deb turgani qancha... 
Bo‘rilardan hanuz darak yo‘q, Bo‘ston toqatsizlana boshladi. Shunga qaramasdan, ko‘z-quloq 
bo‘lib yotar, atrofni sergak kuzatardi. Yirtqichlarni qancha tez payqasa, shuncha yaxshi, ular qo‘ylarga 
tashlanar-tashlanmas mo‘ljalga olib otadi. Bo‘rilar keladigan paytni boy bermay darrov payqash oson 
emas: xonaki qo‘ylarning ko‘zi yaxshi o‘tmaydi, sezgi, farosati ham o‘tmasroq bo‘ladi, o‘z oti bilan 
qo‘ydan yuvoshroq jonivor yo‘q. Bo‘rining eng qulay o‘ljasi ham qo‘y. Ularni yirtqichdan faqat odam 
saqlaydi, shuning uchun doim bo‘rilar bilan odamlar to‘qnashadilar. Bu safar ham shunday bo‘ldi... 
Beg‘am qo‘ylar bu gal ham xatarni sezmay qoldilar. Ular bemalol o‘tlab yurishar, faqat qo‘zilari 
barashganda boshlarini ko‘tarib qarashar, dam-badam ularga emchaklarini tutishar, shundan boshqa 
tashvishlari yo‘q edi. Xavfni yolg‘iz Bo‘ston sezdi... 
Shu atrofdan par-par uchib-qo‘nib yurgan bir juft ola qanot tog‘ zag‘izg‘oni quloqni batang qilib 
shaqillab, u yerdan-bu yerga tinmay uchib o‘ta boshladi. Bo‘ston sergak tortdi. Tepkini ko‘tardi. Lekin 
boshini chiqarmay, yanada yaxshilab biqinib oldi. Ishni puxta qilmasa bo‘lmaydi. Bir necha qo‘y 
ketsa-ketsinki, lekin yirtqichlarni shamg‘alat qilib, albatta ochiq joyga olib chiqish kerak. Ammo 
bo‘rilar balki xatarni payqashgandir, ajabmas, ularga zag‘izg‘onlar xabar yetkazgan bo‘lsa, haytovur, 
ular bir joyda chag‘illashni bas qilib, endi Bo‘ston bekingan yerga kelib, surbetlarcha shaqillay 
ketishdi. Vaholanki, Bo‘ston ularning diqqatini tortmay, qimir etmay buta ostida pusib yotardi. Har 
qalay, bo‘rilar birdan hujum qilishmadi. Ma’lum bo‘lishicha, ular ikki yoqqa bo‘linishgan ekan. 
Akbara katta xarsanglar oralab, o‘tloqning narigi chekkasidan, Toshchaynar esa, bu tomondan biqinib, 
pusib kelishmoqda edi (Sal keyin ma’lum bo‘ldiki, Toshchaynar Bo‘ston miltig‘i bilan pistirmada 
yotgan yerdan andak narida sudralib kelayotgan ekan). 
Lekin, bularning bari birdan ma’lum bo‘lgani yo‘q. 
Bo‘ston bo‘rilarning kelishini kutib, hushyor tortib tevarakni kuzatar, lekin yirtqichlarning qaysi 
tomondan paydo bo‘lishiga sira aqli yetmasdi. Atrof osoyishta, jimjit, qo‘ylar bamaylixotir o‘t chimdir, 
qo‘zilar chopishib, o‘ynoqlashar, zag‘izg‘onlar shaqillashdan to‘xtagan, faqat nariroqda tog‘dan tushib 
kelayotgan jilg‘a shaldirar, butazorlarda qushlar sayrashardi. Bo‘ston kutaverib toliqqan edi, ammo shu 
payt birdan toshlar oralab bo‘zdek soya lip etib o‘tdy, qo‘ylar o‘zlarini shatirlab bir tomonga otishdi va 
nenidir xavotirli kutib serrayib qolishdi. Bo‘stonning asablari tarang tortildi. Bo‘rilar odam qaerda 
yashiringanligini bilish uchun podani hurkitgan edilar. Bunday paytda har qanday cho‘pon baqirib, 
qiy-chuv ko‘tarib, qo‘ylar oldiga yuguradi. Bu Bo‘stonga ma’lum edi. Lekin, hozir uning mo‘ljali 
boshqa edi, shuning uchun yotgan joyidan qimirlamadi. Shunda xarsangtoshlar oralab bo‘z soya lip-lip 
o‘tdi va angrayib turgan joni halak qo‘ylarga tashlandi. Qo‘ylarga sakrab hamla qilgan Akbara edi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling