Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/177
Sana25.08.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1670328
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
Qichqiriq, quv-quv bo‘rining qonini jo‘shtirdi, unda bo‘ri vahshati uyg‘ondi, u o‘ljasini qo‘ldan 
chiqarmaslikka qaror qildi. Bolakayning yoqasidan mahkam tishlagancha, bo‘ri shiddat bilan tog‘larga 
qochib tobora uzoqlashib borardi, orqasidan miltiq otilib, o‘q boshi ustidan chiyillab o‘tganda ham 
o‘ljasini tashlamadi. Bolakay dod solib chinqirar, otasi, onasini chaqirardi. Bo‘ston bo‘rini nima bilan 
qo‘rqitish-hni bilmay yana osmonga o‘q uzdi, lekin bo‘ri bu safar ham qo‘rqmadi. Akbara toshloq 
tepalar sari jadal yugurar, u yerga yetib olsa, bas, birpasda izni chalkashtirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishini 
o‘zi bilardi. Bo‘stonning yuragi orqasiga tortib ketdi: qanday qilsa bolani qutqarish mumkin? Nima 
qilsin? Bu dahshatli ofat qaydan chiqdi? Qaysi gunohi uchun? 
— Bolani tashla, Akbara! Tashla, tashla deyman, tegma bolamizga! — hansiragan ot kabi og‘ir-
og‘ir nafas olib, hirqirab derdi Bo‘ston. U bo‘riga iltijo qilardi. 
Bo‘ston uchinchi marta osmonga o‘q uzdi, o‘q yana vahshning boshi ustidan vizillab uchdi. 
Toshloq tepa-o‘ngirlar yaqin qoldi. O’qdonda ikkita o‘q qoldi. Yana bir soniyadan so‘ng hammasi 
ko‘ldan ketishini sezib, Bo‘ston bo‘rini otishga qaror qildi. Chopib ketarkan, darhol tizzalab o‘tirdi va 
mo‘ljal ola boshladi, bo‘rining oyoqlarini mo‘ljalladi, lekin hech mo‘ljal ololmasdi ko‘kragi hars-hars 
ko‘tarilib tushar, qo‘li qaltirar, unga bo‘ysunmasdi. U butun kuchi, irodasini yig‘di, ko‘zini titrab 
turgan mildan uzmasdi, bo‘ri xuddi asov to‘lqinlar uzra suzib ketayotgandek edi, shunda u tepkini 
bosdi. Tegmadi. O’q bo‘ri yonidan tuproqni to‘zg‘itib uchdi. Bo‘ston miltiqni qaytadan o‘qladi, oxirgi 
o‘q qoldi. Yana mo‘ljal oldi, endi u o‘q ovozini eshitmadi, faqat bo‘ri bir sakrab yoniga o‘mbaloq 
oshib tushdi. 
Miltiqni yelkasiga osgancha, Bo‘ston xuddi tush ko‘rayotganday yiqilgan bo‘ri sari chopib ketdi. 
Nazarida oyog‘i yerga yopishib qolganday, hech chopib yetib bo‘lmaydiganday, xuddi bo‘m-bo‘sh 
huvildoqda suzib ketayotganday edi... 
Havo birdan sovib ketgan kabi u zum ichida muzday bo‘lib qoldi, va bir alfozda yiqilgan bo‘ri 
ustiga yetib keldi. Uning qaddi birdan yetti bukildi, gung faryod ko‘tarib o‘zidan-o‘zi chayqala 
boshladi. Akbara hali tirik edi. Uning yonginasida ko‘kragini o‘q teshib o‘tgan bola o‘lib yotardi... 
Gung edi dunyo, gungsirab yotardi. Dunyo g‘oyib bo‘ldi, uning o‘rnida faqat olov voshillagan 
zulumot qoldi. Bo‘ston ko‘zlariga ishonmay bukchaydi va yerdan qonga belangan o‘g‘lini ko‘tardi va 
bag‘riga bosgancha orqasiga tisarildi, shunda u nima uchundir jon berayotgan bo‘rining ko‘zlari ko‘k 
ekanligiga ajablandi. So‘ng orqasiga o‘girilib g‘am-alamdan tilini yo‘qotib, halloslab kelayotgan 
xotinlarga qarab yurdi. 
Nazarida xotinining bo‘yi osmon qadar cho‘zilib ketganday tuyuldi. Mana, unga tomon bo‘yi 
ko‘kka qadar cho‘zilgan, hayhotday yuzi ontarilgan, hayhotday qo‘llari buralib unga uzalgan xotin 
cho‘zila kelmoqda. 
Bo‘ston o‘zi o‘ldirib qo‘ygan kichkintoyni quchog‘iga bosgancha xuddi ko‘zi ko‘r bo‘lganday 
qadam tashlardi. Uning orqasidan nola ko‘tarib, uvvos solib, Gulimxon sudralar, uning qo‘ltig‘idan 
voy-voylagan Asilgul tutgan edi. 
Alamdan kar bo‘lib qolgan Bo‘ston hech narsani eshitmadi. Lekin birdan xuddi qudratli sharshara 
yuksakdan otilib tushganday qulog‘i shang‘illab ochildi va dunyo shovqinga to‘ldi, u nima 
bo‘lganligini tushindi va ko‘zlarini osmonga tikib, dahshat bilan baqirdi: 
— Nimaga, nimaga axir menga bu jazo? 
Uyda u kichkinaning jasadini ko‘chishga tayyorlab qo‘yishgan karavotchasiga yotqizdi. Shunda 
Gulimxon jasad poyiga tiz cho‘kdi va xuddi Akbara tunlari uv tortgan kabi uvillay boshladi. Uning 
yoniga yerga Asilgul cho‘kdi... 
Bo‘ston esa miltig‘ini ko‘tarib uydan chiqdi. U xuddi jangga borayotganday bir dasta o‘qni 
miltiqqa joyladi, bir dastasini cho‘ntagiga soldi. So‘ng Do‘nko‘likka egar urdi va otiga sakrab mindi. 
Na xotini va na Asilgulga bir so‘z demay uydan chiqdi... 
Qo‘radan picha nari borgach, Do‘nko‘likning boshini qo‘yib berdi. Oltin tusli saman ot Taman 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling