Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 — Xudo xayringizni bersin, taqsir,— dedi Avdiy,— men tayyorman. Shaxsan men uchun ibodat ollo-taologa karatilgan turli o‘y-hayollarimning eng uyg‘un nuqtasidir. Xudo-Zamondosh haqidagi fikr miyamga qattiq o‘rnashib qolganga o‘xshaydi. — Sabrsizlik shayton ishi, chirog‘im,— bosiq dedi ota Koordinator yumshoq o‘rindiqdan turarkan. U Xudo-Zamondosh, turli uyg‘un o‘y-hayollar haqidagi so‘zlarni ham qulog‘ining bir chekkasidan o‘tkazib yubordi. Tajribakor ruhoniy arbob boshdanoq barini chigallashtirib o‘tirishni ma’qul ko‘rmadi.— Ibodat qilaylik. Senga aytsam,— davom etdi u,— qancha ko‘p yashaganim sari Xudoning marhamati bizga shunchalar cheksiz, rahm-shafqati shunchalar ulug‘ ekanligiga tobora ko‘proq imon keltiryapman. Hammasini unutib ibodatga berilgan chog‘ingda buni yanada chuqurroq his qilasan va o‘zingni arjumand sezasan. Yaratgan tangrimning bizga muhabbati haqiqatan ham cheksiz. Bizning ibodatlarimiz uning oldida havoyi chuldirashlardan boshqa narsa emas. Lekin bu Xudo birlan chambarchas birligimizning dalolatidir. — Baayni haqiqatni aytdingiz, taqsir,— deb ko‘ydi Avdiy eshik oldida boshini egib turarkan. Lekin u hali chindan ham g‘o‘r va sabr-qanoatsiz edi. Suhbat chog‘ida u odob yuzasidan sukut saqlab o‘tirmadi va darhol gapning po‘skallasiga ko‘cha qoldi. — Izn bersangiz, aytay. Bizning tushunchamizda Xudoning chek-chegarasi yo‘q. Lekin yer yuzining odamlarida fikr bilishdan yana bilishga tomon o‘sib boradi. Bundan bir xulosa kelib chiqadi: Xudo ham o‘sishi kerak. Siz nima deb o‘ylaysiz, taqsir? Koordinator ota endi javobdan o‘zini olib qocholmadi. — Qiziqqonlik qilyapsan, chirog‘im,— dedi u tomog‘ini ohista qirib yo‘talib, so‘ng ust-boshini to‘g‘rilagan bo‘ldi.— Yoshlikda nimalar bo‘lmaydi. Lekin o‘shanda ham Xudo haqida bunday hayolga borish kerak emas. Yaratgan egamni bilish azal-abad bandasining qo‘lidan kelmaydi. U bizning ixtiyorimizdan tashqarida mavjud. Hatto materializm ham tan oladi: borliq ongimizdan tashqarida deb. Inchunin, Xudo ham. — Ma’zur tuting, taqsir. Lekin hamma narsani o‘z oti bilan atagan ma’qul. Bizning ongimizdan tashqarida Xudo yo‘q. — Sen shunga aminmisan? — Ha. Shuning uchun ham aytyapman. — Mayling. Lekin shu bilan birga nuqta qo‘ymaymiz. Aytaylik, ta’lim yuzasidan andak munoqasha qilamiz. Bunga biz ibodatdan so‘ng qayturmiz. Kani, endi marhamat qil, meni ibodatga boshla. Ota Koordinator akademik cherkovda Avdiy bilan birga ibodat qilmoqchi bo‘lganligining o‘zi mantiqan olib karaganda, yosh seminaristga ko‘rsatilgan katta iltifot edi. Shuning uchun haydalay deb turgan talaba ushbu qulay vaziyatdan foydalanaman desa, ne ajab. Ular uzun yo‘lakdan oldinda ota Koordinator, yon tomonda picha orqaroqda Avdiy Kallistratov yurib borardilar. Ruhoniy otaning adl qomatiga, ishonch bilan qadam tashlashiga, to‘pig‘igacha erkin to‘kilib turgan, unga o‘zgacha bir ulug‘vorlik bag‘ishlagan qora ridosiga qararkan, unda asrlar bo‘yi yetilib kelgan nuroniy bir qudrat mujassamligini his qildi Avdiy. Bu kuch har bir inson faoliyatida din- iymon aqidalarini himoya qilaroq, xammadan burun o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Hayotda haqiqat yo‘llarini axtararkan, Avdiyga mana shu qarshi turgan kuch bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Hozircha har qaysilari o‘zlaricha ishonadigan va imon keltiradigan U sari qadam teshlardilar. Har bir insonga U nomi bilan dunyo va odam bolasining o‘rni haqidagi barcha uchun barobar fikrlarni uqdirishlari lozim edi. Unysi ham, bunisi ham, U nomiga tavakkul qilardilar, zero, yolg‘iz O’zigina hamma narsadan xabardor va hammaga barobar marha-matli. Ular yurib borardilar... O’sha soat akademik cherkovda hech kim yo‘q edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u hayhotday bo‘m-bo‘sh ko‘rindi. Umuman, uning boshqa cherkovlardan farqi ham yo‘q edi. Faqat qorong‘ilatibroq qo‘yilgan mehrobning ichkarisidagi ko‘zlari bir nuqtaga hayolchan tikilgan Isoning qoramtir sochlar o‘ramidagi yuzi haddan ziyoda oqarib ko‘rinardi. Unga bo‘zday yorug‘ tushirib qo‘yilgandi. Har |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling