Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
Hozir yosh-qari barchaning og‘zida shu so‘z. Shunday qaraganda, ekstremizm yosh bilan bog‘liq bir 
narsa bo‘lib chiqadi. 
— To‘g‘ri-yu, lekin siz aytgan o‘sha ekstremistlar, adolat yuzasidan tan olishimiz kerakki, 
e’tiqodlari benihoya kuchli odamlar, taqsir,— luqma tashladi Avdiy. 
— Hech shubhasiz, shubhasiz,— shosha-pisha rozi bo‘ldi ota Koordinator,— ammo bu alohida 
masala. Har holda ular cherkov xodimi bo‘lmaganlar, dinga munosabatlari ham xususiy ishdan nariga 
o‘tmagan. Ularning yo‘llari boshqa. Sen esa, kelajakda sho‘bon bo‘lasan, charog‘im. 
— Ana ko‘rdingizmi,— uning so‘zini bo‘ldi Avdiy,— axir, odamlar menga va mening 
bilimlarimga to‘la ishonishlari kerak. 
Sabr qil,— qovog‘ini uydi ota Koordinator,— sening foydangni ko‘zlab aytayotgan gaplarimni 
tushunishni istamasang, unda mayli, boshqacha so‘zlashamiz. Xo‘sh, birinchidan, din-iymonga shak 
keltiradiganlar sendan avval ham o‘tganlar, sendan keyin ham bo‘ladilar. Senga o‘xshagan 
shakkoklarni cherkov ko‘p ko‘rgan. Nima bo‘pti? Har bir ishning bir qiyig‘i bor. Bunday o‘tkinchi, 
tasodif voqealar bundan keyin ham bo‘lib turadi. Lekin, ularning bari muqarrar bir yechimga keladi: yo 
kimsa o‘z shubha-gumonlaridan butunlay voz kechadi va og‘ishmay, g‘ayrat-jihod ko‘rsatib chin din-
iymon yo‘lini tutadi, natijasida ruhoniylar o‘rtasida ham mag‘firatli bo‘ladi, yo kufr yo‘lidan qaytmasa, 
unday murtad cherkov tomonidan rad etiladi va boshiga tavqi-la’nat yog‘iladi. Uchinchi yo‘l yo‘q. 
Bo‘lishi ham mumkin emas. Bilasanmi shuni? 
— Ha, taqsir, lekin uchinchi yo‘l mendanam ko‘proq cherkovning o‘ziga kerak.
— Ana xolos,— masxaralaganday boshini chayqadi ota Koordinator.— Topgan gapingni qara,— 
deb xitob qildi va achchiq kinoya bilan davom ettirdi: — Qani, marhamat qilib, menga aytib ber-chi, 
Muqaddas cherkovga taklif qiladigan uchinchi yo‘ling nima ekan? Inqilob emasmi haytovur? 
Munaqasini hali tarixning qulog‘i eshitmagandi... 
— Asrlar bo‘yi qotib qolgan fikrlarni o‘zgartish, aqidabozlikdan qutulish, inson ruhiga Xudoni 
anglashda hurlik berish va Xudoni inson borlig‘ining eng oliy zuhuroti deb bilish... 
— Astag‘furillo, bas, bas! — titrab, tutab ketdi ota Koordinator.— Bu o‘zboshimchalik juda 
kulgili, chirog‘im! 
— Agar siz, taqsir, mustaqil fikrga ega bo‘lishlikni besarlik deb qoralasangiz, gaplashib 
o‘tirishimizning boshqa ma’nosi yo‘q!.. 
— Baayni haqiqat — sira ma’nosi yo‘q! — qizishib ketdi ota 
Koordinator va o‘rnidan turdi. Uning ovozi guldirab chiqa boshladi:— Ko‘zingni och, bola! 
Takabbur bo‘lma! Halokat chohiga borib qolibsan! Sen badbaxt, Xudoni faqat o‘z tasavvuringda 
mavjud deb bilasan. Odamni Xudo uzra Xudo deb tushunasan. Holbuki, ongning o‘zi falakning iqtidori 
bilan yaratilgandir. Sen yangicha fikrlash niqobi ostida bid’atga berilib, bani bashar necha ming yillab 
og‘ir qiynoq va iztiroblar ichida topgan, unga benihoya qimmatga tushgan, halolni — halol, haromni 
— harom qilgan so‘zlarni yo‘qqa chiqarmoqchisan. U so‘zlar necha-necha avlod inson qavmlarining 
ilohiy ahkomiga aylangan. Sen aqidabozlikdan xalos bo‘laman deb, nimaga erishasan. Holbuki, bu 
aqida bu ahkom Xudoning inoyatidir. Cherkov bid’atsiz yashab kelgan, yana yashayveradi. Aqidasiz, 
ahkomsiz din-iymon yo‘q. Hamon gap ochildi, esingda tut: aqidaparastlik — har qanday qonun-qoida, 
nizomlar, har qanday hokimiyatning tag-zaminidir. Esingdan chiqmasin. Sen Xudoni go‘yo yangi fikr 
bilan yaxshilamoqchi bo‘lasan, aslida esa uni butunlay inkor etasan. Hatto, o‘zingni Uning o‘rniga 
qo‘yishdan or qilmaysan! Lekin yaxshilik va marhamat senga bog‘liq emas. Senga o‘xshaganlarga ham 
bog‘liq emas. Xudoning inon-ixtiyori o‘zida. Bizni nima qilsa, o‘zi biladi. Sening shakkokliging o‘z 
boshingni yeydi. Xudovandi karim esa boqiy va tonuqdir! Omin. 
Avdiy Kallistratov ota Koordinator qoshida lablari qumday oqargancha turardi: uning bunchalar 
qahr-g‘azabga minib, jazavaga tushishini ko‘rib yuragi ezildi. Lekin baribir o‘z deganidan toymadi: 
— Ma’zur tuting, taqsir. O’zimizdan chiqayotgan narsalarni ilohiy kuchlarga nisbat berib 
o‘tirmaylik. Nega bo‘lmasa, U bizni bu qadar ojiz va notugal qilib yaratdi. U o‘zi bino qilgan 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling