Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
178 shirqillab vafodor Do‘nko‘lik odimlardi. Hayot shomi boshlangan edi... — Mana, dunyo ham oxir bo‘ldi,— o‘z-o‘ziga dedi Bo‘ston va shunda unga bir dahshatli haqiqat ochildi: shu damgacha bor yorug‘ dunyo uning o‘zida jamlashgan ekan, mana endi shu dunyo bitdi. U osmon edi, u yer edi, u tog‘lar edi, borlik, tiriklikning buyuk onasi bo‘ri Akbara edi, Ola Mo‘ngu muzliklarida abadiyan qolib ketgan Ernazar edi, pushti kamaridan bo‘lgan oxirgi bir parcha et, o‘z qo‘li bilan otgan Kenjash edi, la’natlangan va o‘ldirilgan Bozorboy edi va to shu tobgacha nima ko‘rgan, boshidan nimaiki kechirgan bo‘lsa — bularning bari u, uning o‘z jahoni edi, u uchun yashardi, uni deb yashardi, mana endi, garchi bular hammasi azaldan qanday esa, xuddi shunday yana boqiy qolaveradi, lekin faqat endi bular ichida u bo‘lmaydi — u endi butunlay o‘zga odam bo‘ladi, uning do‘nmas, qaytalanmas dunyosi esa endi yo‘qoldi va u hech qachon hech kimda takrorlanmagay. U buyuk halokatiga yetib keldi, uning uchun dunyo oxir bo‘ldi... Ko‘l bo‘yiga eltadigan kimsasiz dala yo‘lida Bo‘ston birdan shahd bilan orqasiga o‘girildi, otining bo‘ynidan quchoqlab osildi va alam bilan ho‘ngrab yig‘lab yubordi. — O’, Do‘nko‘lik, nima qilib qo‘yganimni faqat sen tushunasan! — deb o‘kirib yig‘lardi u butun jussasi silkinib.— Men nima qilay? O’g‘limni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirdim, uni yerga qo‘ymay ketyapman, sevgan ayolim ham yolg‘iz qoldi. Keyin chilvir-chumburni o‘radi, tizgin-jilovni Do‘nko‘likning yuganiga o‘rab tugdi, uzangilar otning biqinini urib tashlamasin deb, egarning qoshiga mahkamladi. — Bor, bor, uyga bor, jonivor, mayli, qayga desang, o‘sha yerga bor! — vidolashdi u Do‘nko‘lik bilan.— Endi boshqa diydor ko‘rishmoq yo‘q! Otning sag‘riga kafti bilan urdi, uni chuv deb haydadi, ot bo‘shaganiga taajjubi ortib, qo‘ra tomon yurib ketdi. Bo‘ston yo‘lga tushdi... Issiqko‘lning moviy oshiyonasi dam sayin yaqinlardi, xuddi mana shu dam g‘oyib bo‘lib, dam yana o‘z bag‘ridan o‘zi qayta yaralib, do‘ngalaklanib chopayotgan to‘lqinlar kabi ko‘l bag‘rida badar yo‘q bo‘lib ketsam derdi, aslo yashab-yashagisi kelmasdi... Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling