Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
172 Og‘ir, chorasiz dard Akbarani ezardi. U bo‘shashib, erinchoq, loqayd bo‘lib qoldi. Duch kelgan mayda-chuyda darranda-parrandalarni ovlab yurdi. Ko‘p mahal vaqtini ko‘zdan yiroq ovloq maskanlarda ma’yus o‘tkazardi. Tog‘lardan ming-minglab qo‘y-qo‘zilar poda-poda bo‘lib o‘tib borardi. Ana shu to‘polon, shovqin-suron ichida bitta-yarimta adashgan-uloqqan qo‘y-qo‘zini o‘marib ketishdan osoni yo‘q edi. Lekin Akbara bular bilan ishi bo‘lmas, bariga beparvo edi. Akbara uchun dunyo o‘z qimmatini yo‘qotib qo‘ydi. Unga o‘tgan umri haqida xotiralargina qolgan edi. Akbara kallasini dastpanjalariga qo‘yib kuni bo‘yi Mo‘yinqum cho‘llarida, Aldash dala-tuzlarida, bu yerda, Issiqko‘l bo‘ylarida kechirgan quvonch va qayg‘ularga to‘lgan kunlarini eslardi. Uning ko‘z o‘ngidan Toshchaynar bilan birga o‘tkazgan kunlari kunma-kun, oyma-oy, soat-basoat o‘tar, va har safar Akbara hasratini alamli joniga sig‘dirolmay o‘rnidan turib ketar, atroflarda sho‘ridahol sang‘ir, so‘ng yana qayg‘uli qartaygan boshini panjalariga tashlab yerga cho‘zilar, yana bolalari esiga tushardi. Dam yaqinda o‘g‘rlab ketishgan to‘rt bolasini, dam Mo‘yinqum qirg‘inida halok bo‘lganlarini, dam Aldash bo‘yida qamishzorda yonib ketganlarini xotirlardi. Lekin, hammadan ham ko‘proq u o‘zining Toshchaynari — alp kelbat, sadoqatli erkagini esga olardi. Goho,nashazor ichra uchratgan o‘sha g‘alati tayloq kishi yodiga tushardi. Ko‘z o‘ngiga uning bolalari bilan yalang‘och, himoyasiz holda o‘ynashmoqchi bo‘lgani kelardi. Akbara kekirdgini uzib tashlash uchun unga hamla qilganda, azbaroyi qo‘rqib ketganidan boshini qo‘llari bilan changallagancha, yerga cho‘kkalab qolgan, so‘ng shilingpocha bo‘lib tiraqaylab qochgan edi... Keyin uni qish boshlanganda Mo‘yinqumda tong qorong‘usida saksovulga osilgan holda uchratishdi. O’shanda uning tanish yuziga tikilib-tikilib, termulib-termulib qaradi, so‘ng u qovoqlarini sal-palgina ko‘tardi, unga ohista nimadir deb shivirladi va jim bo‘ldi... Endilikda o‘tgan hayot unga tush, takrorlanmas tush kabi tuyulardi. Lekin, shularning bariga basma-bas hali umid o‘lmagan edi, umid Akbaraning yuragida yashardi — goho-goho nazarida oxirgi jigarporasi hali albatta topiladiganday edi. Shuning uchun ham, Akbara kechalari Bo‘ston qo‘rasi atroflarida o‘g‘rincha izg‘ar, lekin endi yoqasini chok etib, yuraklarga vahima solib uvlamas, faqat uzoqdan turib qulog‘i ding tinglardi: shoyad shamol bo‘yiga bo‘y qo‘shilib qolgan bulturuqlarining akillaganlarini olib kelsa, shoyad, ularning tanish va ne farog‘atli bo‘y-islarini dimog‘iga ufursa... O’, shunday mo‘‘jiza ro‘y bera qo‘ysaydi! Akbara hech narsaga qaramasdi, na odamlar va na itlardan qo‘rqib o‘tirmasdi, o‘zini laziz bolalari sari otardi, ularni asoratdan xalos etardi, qanot-quyruq chiqarib bu yerlardan yiroq-yiroqlarga, o‘zga diyorlarga boshlab ketardi, bo‘rilarga xos hur va qiyin-qattiq hayot kechirardi. Bo‘rilarga o‘zga ne kerak... Shu kunlari Bo‘stonning yugur-yuguri ko‘payib ketdi. Ko‘chish tashvishlari yetmaganday bunga yana qandaydir ahmoqona idora ishlari ham qo‘shildi. Qo‘chqorboev har qalay po‘pisa qilganday yuqori tashkilotlarga Bo‘ston O’rkunchiev ustidan shikoyat yozib jo‘natdi va u yerdan kim haq, kim nohaq aniqlash uchun komissiya yuborildi, lekin komissiya bir fikrga kelolmadi. Komissiyaning ayrim a’zolari cho‘pon Bo‘ston O’rkunchievni partiyadan o‘chirish kerak, chunki u partorg shaxsiyatiga tegib, uni haqorat qilgan va shuning barobarida partiyaning o‘ziga ma’naviy ziyon yetkazgan desa, boshqa a’zolar bunday qilishning hojati yo‘q, chunki cho‘pon Bo‘ston O’rkunchiev ish yuzasidan gapirgan va uning tanqididan maqsad mehnat unumdorligini ko‘tarish bo‘lgan, derdi. Komissiyaga Bozorboy No‘yg‘utovni ham chaqirishdi. Undan Bo‘ston O’rkunchiev iniga qaytarishni talab qilgan bo‘ri bolalari haqida yozma ravishda tushuntirish olishdi... Xullas, hamma qoidalarga rioya qilingan qog‘ozbozlik boshlandi... Keyingi ikki marta chaqirganlarida Bo‘ston bormadi. Suruvni tog‘larga haydashim, xonadonim bilan yozgi yaylovga ko‘chishim kerak, vaqt ziq, shuning uchun mensiz o‘zlaringiz hal qilaveringlar, men komissiya lozim topsa, har qanday jazoga roziman, deb ayttirib yubordi. Bo‘stonning bunday xatti-harakati Qo‘chqorboevga g‘oyatda qo‘l kelib, xursand bo‘ldi. Lekin, cho‘ponning shundan o‘zga chorasi ham yo‘q edi. Yozgi yaylovlarga ko‘chish boshlangan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling