Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
173
bunaqa paytda Bo‘ston ishni orqaga surish, kechikishga sira yo‘l qo‘ymasdi. Keyingi yillarda suruvni 
bir kun oldin yo‘lga haydashar, keyin to mashina o‘tib boradigan joylargacha xonadonlarning yozlik 
ko‘ch-ko‘ronlarini tashib eltishar, undan u yog‘iga ota-bobolar usulida yuklarni ot-eshaklarga ortib 
jo‘nar edilar. Hatto shu narsaning o‘zi ham suruvni ko‘chirishni bir tomondan yengillashtirsa, ikkinchi 
tomondan tezlashtirar edi. Mana, Bo‘ston ham suruvni avval yozlik manzilga yetkazib bordi, o‘tarda 
o‘z yordamchilarini qoldirib ketdi, so‘ng kechasi yo‘l yurib orqasiga qaytdi, ertasiga ko‘ch-ko‘ronlarini 
mashinaga ortib, butun xonadon bir bo‘lib, to kuz tushguncha tog‘larga chiqib ketishlari kerak edi. 
Oxiri o‘sha kun keldi... 
Lekin, shundan bir kun burun kechasi Akbara eski uyasiga qaytib bordi. Toshchaynar halok 
bo‘lgandan beri birinchi marta bu yerga kelishi edi. So‘qqabosh bo‘ri qoya tagidagi iniga yo‘lamas edi 
— uning huvillab yotgani, o‘zini u yerda hech kim kutmasligini bilardi. Shunga qaramasdan
kunlarning birida aftoda bo‘ri tanish yo‘llar, changalzor oralari, kamarlardan o‘tgisi keldi, qadrdon 
joylarini sog‘indi — banogoh u yerda bolalari kelib, uni orziqib kutayotgan bo‘lsalar-chi. U ich-
ichidan xuruj qilib kelgan vasvasani yengolmadi, ro‘yo ortidan chopdi. 
Akbara yo‘l tanlamay, suv kechib, tosh bosib, yozgi yaylovlarda yongan tungi gulxanlar, badjahl 
itlar yaqinidan telbarab yugurar, uning ortidan miltiq tovushlari varanglardi... 
U osmonda yuksalgan oy shu’lasiga ko‘milgan tog‘larda es-hushini yo‘qotib, yakka-yolg‘iz 
chopardi... Atrofini yangi o‘t-o‘lan va zirk nihollari chirmagan, tanib bo‘lmas holga kelgan uyasigacha 
yetib borgach, u sag‘ir va ne zamonlardan beri unutilgan uyasiga yurak betlab kirolmadi... Lekin, 
orqaga qaytish, o‘zini yengish uchun ham majol qolmagan edi... Shunda Akbara yana qashqirlar ilohasi 
Bo‘ri Onaga nola qildi, akillab, uvlab, uzoq yig‘ladi, badbaxt toleidan to‘xtovsiz arz etdi, ilohadan 
o‘zini oyga olib ketishni, odamlar yo‘q yerga eltishni yolvorib so‘radi. 
Bo‘ston o‘sha kecha yo‘lda edi. Suruvni yozlik manzilga yetkazib borgach, orqaga qaytmoqda edi. 
Albatta, kechani o‘sha yerda o‘tkazib, ertalab qaytaversa ham bo‘lardi. Lekin, unda qo‘shga kechki 
payt yetib kelardi-yu kun bo‘yi kutib, so‘ng ko‘chlarni yuklab suruv ketidan yo‘lga tushishiga to‘g‘ri 
kelardi. Buncha vaqtni yo‘qotishni u hech istamas edi. Ustiga-ustak, qo‘rada yosh bolasi bilan 
Gulimxon va yana boshqa bir oiladan bo‘lak hech kim qolmagan, ular yozlik yaylovlarga ko‘chish 
uchun tayyor bo‘lib o‘tirar edilar, erkaklar bari poda haydab ketishgan edi. 
Bo‘ston o‘sha kecha mana shuning uchun ham jadal orqaga qaytmoqda edi. Ne baxtki, Do‘nko‘lik 
ham odatdagiday shahdam, sherkelbat yo‘rtib borardi. Uning yurishiga odamning zavqi kelardi. 
Chaqqon ot-da, bu Do‘nko‘lik. Oltin tusli zotdor Don otining yollari hamda quloqlari oyning nurida 
tovlanar, baquvvat to‘shlarida tun chog‘i suv jilvalanganday paylari yaltirab o‘ynardi. Havo issiq ham 
emas, sovuq ham, mo‘‘tadil. O’t-o‘lanlar hidi gurkiraydi. Bo‘ston miltig‘ini har ehtimolga qarshi 
yelkasiga osib olgan — tog‘da kechasi nimalar bo‘lmaydi. Uyga borgach, Bo‘ston miltiqni qoziqqa 
iladi va beshala o‘qi bo‘shatilmagan ko‘yi shu yerda osig‘liq turadi. 
Bo‘ston qo‘shga tong azonda, soat beshlarda yetib borishni mo‘ljallagan, chamasi, hisobdan 
adashmagan edi. Shu kecha u xotini bilan farzandiga qanchalik qattiq bog‘langanligiga aniq ishonch 
hosil qildi: bir kun o‘tar-o‘tmas ularni sog‘inib qoldi va mana endi shitob bilan uy tomon yelardi. 
Yo‘lda hammadan ko‘ra ham, ishqilib, Akbara yana qo‘ra atrofida izg‘ib, Gulimxon bilan Kenjashning 
o‘takasini yorib qo‘rqinchli uvillab yurmasin-da, deb xavotir olardi. Toshchaynar o‘lgandan so‘ng 
Akbara ko‘rinmay ketgan — har nechuk ovozi chiqmay qoldi-ku, deb Bo‘ston o‘ziga-o‘zi taskin 
berardi. 
O’sha kecha Bo‘ston bekor xavotirlangan edi. 
O’sha kecha Akbara Boshat darasida eski qo‘nalg‘asi oldida Bo‘ri Onaga arz-shikoyat qilardi. 
Mabodo, Akbara Bo‘stonlarning qo‘rasi atrofida paydo bo‘lganda ham, u hech kimni qo‘rqitib, bezovta 
qilmasdi — Toshchaynarning halokatidan so‘ng, u.odamlar manzilgohidan kelayotgan tovushlarga 
hasrat bilan quloq solardi, xolos... Va oxiri o‘sha kun keldi... 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling