Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
177 qishlovi tomon uchib ketdi. Bu yo‘ldan u qish chiqqanda o‘tgan edi. U istab borgan odam joyida ekan, aks holda yerning tagidan bo‘lsa ham, uni topar edi. O’sha kuni Bozorboy No‘yg‘utovning hovlisida ham mashinaga yuk ortishmoqda — ko‘ch- ko‘ronni yozlik yaylovlarga jo‘natishmoqda edi. O’z yumushlari bilan ovora odamlar qo‘ra orqasidan Bo‘ston kelgani, otdan tushib, miltig‘ini qayta o‘qlagani, so‘ng yana yelkasiga osib olganini payqashmadi. Mashinaga yuk ortilayotgan joyga kelgandagina, unga ko‘zlari tushdi. Bozorboy mashina tepasidan sakrab tushib, unga baqrayib qaradi. — Nima deysan? — dedi u Bo‘stonning yonib bitgan g‘o‘laday kuygan yuziga tikilib, ensasini qart-qart qashirkan.— Nima qilib yuribsan? Nega bunday qarayapsan? — sarosimaga tushdi u yomon bir narsani sezib.— Yana bo‘ri deb keldingmi? Boshqa ishing yo‘qmi? Mendan so‘rashgan edi, yozib berdim, shu. — Tupurdim nima yozgan bo‘lsang ham,— qahr bilan dedi Bo‘ston unga o‘qday nigohini qadagancha.— Ishim yo‘q. Sen yorug‘ dunyoda yashashga noloyiqsan. Senga shuni aytmoqchiydim. Yetar endi! Bozorboy hatto o‘zini to‘sib ulgurmadi. Bo‘ston miltiqni unga to‘g‘rilab, mo‘ljalga ham olib o‘tirmay tepkini bosdi. Bozorboy chayqalib ketdi, yuk mashinasining orqasiga yashirinmoqchi bo‘ldi, lekin ikkinchi o‘q uning naq yelkasiga tegdi, Bozorboy uch marta to‘ntarilib, so‘ng boshi kuzovga urildi, yerparchin bo‘lib quladi va titroq panjalari bilan qora yerni tirnadi. Hammasi shunchalar tez ro‘y berdiki, oldiniga hech kim o‘rnidan qimir etmadi. Nihoyat, sho‘rlik Ko‘k Tursun dod solib o‘zini erining ustiga tashladi. Ana shundagina hamma qiy-chuv qilib otilgan kishining tepasiga baravar yopirildilar. — Qimirlamanglar! — baland ovoz bilan dedi Bo‘ston atrofga alanglab.— Hech kim joyidan qimirlamasin! — deb iddao qildi har biriga miltiqni bir-bir to‘g‘rilab.— Kerakli joyga o‘zim boraman. Shuning uchun hech kim joyidan qimirlamasin! Aks holda o‘qim yetarli! — U cho‘ntagiga urib qo‘ydi. Hamma yashin urganday taqqa to‘xtadi, hech kim nima gapligini tushunmas, nima deyishni bilmas, tili kalimaga kelmas edi. Yolg‘iz bechora Ko‘k Tursungina badbaxt erining jasadi tepasida yig‘lab- siqtardi. — Bilardim itday o‘lib ketishingni, itdan farqing yo‘q edi! O’ldir, meni ham o‘ldir, qotil! — parrixta, sho‘rida Ko‘k Tursun o‘zini Bo‘stonga otdi.— Meni ham itday o‘ldir. Ko‘zim yorug‘ dunyoni hech ko‘rmadi, nimaga kerak menga bunday hayot! — U yana nimalarnidir baqirib aytishga urindi: Bozorboyga aytdim, bo‘ri bolalariga tegma, dedim. Yaxshilikka olib bormaydi, dedim. Lekin battol quloq solmadi, hatto bo‘ri bolalarini ham sotib ichdi. Keyin ikki cho‘pon uning og‘zini yumib, nariga olib ketishdi. Shunda Bo‘ston atrofda kalovlanib turganlarga qahrli nigoh yugurtirib, ovozini ko‘tarmay, lekin keskin qilib dedi: — Bas, o‘zim kerak yerga boraman, o‘zim hammasini aytaman. Ha, o‘zim aytaman! Ha, o‘zim aytaman! Sizlar shu yerdan qimirlamanglar. Eshitdinglarmi? Hech kimdan sado chiqmadi. Hamma bo‘lgan ishdan ang-tang edi. Odamlar chehralariga bir-bir qararkan, Bo‘ston shu daqiqadan e’tiboran o‘zining allaqanday chiziqdan o‘tganligi va o‘zini boshqalardan ajratganligini anglab yetdi: shu daqiqagacha uning atrofini yaqin odamlar qurshagan, ular bilan birgalikda oylar, yillar yonma-yon nafas olgan, rizq-ro‘z topaman deb uringan, kun kechirgan edi. Ularning har birini bilar, ular ham uni yaxshi bilishar, har birlari bilan muomala qilgan, lekin mana endi ular butunlay begonasirab qarashardi, mana endi ulardan mutlaqo ayrildi, ular bilan hayotini bog‘lagan iplar bari uzildi, o‘rtada endi go‘yo hech narsa va hech vaqo qolmadi, go‘yo u o‘lib- tirilganday va shuning uchun ularga yanada qo‘rqinchliday tuyulardi. U shularni tushundi. Bo‘ston otini yetaklab ketdi. U orqasiga qayrilib qaramas, ko‘l tomonga, o‘zi javob beradigan tomonga yo‘l olgandi. Uning boshi quyi solingan, orqasidan bir oz oqsoqlanib, jilov-jabduqlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling