Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman



Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
CHINGIZ AYTMATOV 
QIYOMAT 
 
Roman 
 
Rus tilidan Ibrohim G’AFUROV tarjimasi 
TOSHKENT 
G’afur G’ulom nomidagi 
Adabiyot va san’at nashriyoti 
1989 
 
 
BIRINCHI QISM 
 
I 
Qishning qisqa kuni norasta nafasiday birpasgina ilib turdi-yu, tog‘larning kungay betlarida ko‘p 
o‘tmay havoning avzoyi buzildi, muzliklardan sovuq shamol izg‘idi, dara-o‘ngirlarga erta tushgan 
xufton qorong‘iligi shitob bilan yoyildi, qor-quyunli kechaning izg‘irin sovug‘i turdi. 
Tevarakka qalin qor tushgan. Tabiatning bebosh xohishiga ko‘ra, xuddi to‘rt tomonga o‘t 
ketganday bundan ikki kun burun to‘sindan qattiq qorbo‘ron quturib o‘tgan, Issiqko‘l tog‘ tizmalari qor 
ko‘rpalari bilan qoplanib yotardi. Tog‘lar qora quyun ichra g‘oyib bo‘ldi, osmon ko‘zdan yo‘qoldi, 
atrof-javonib ko‘rinmay qoldi. So‘ng sukunat cho‘kdi, havoning rang-ro‘yi ochildi. O’shandan buyon 
qish bo‘roni tinib, o‘ngu so‘li jami qor zabtida qolgan tog‘lar yotsirab, jimjit ayozda xo‘mraygancha 
qotib turardilar. 
Faqat o‘sha kunbotar chog‘ida Uzun Chot darasi bo‘ylab osmonning uzoq shamolgohida, sallador 
bulutlar qo‘ynida tutab yotgan Ola Mo‘ngu muz dovoni sari o‘tib borayotgan og‘ir vertolyotning 
guldiragan ovozi dam sayin yaqinlashib, kuchaygandan kuchayib borar va nihoyat, atrof-tumonat, 
tovush hamda yorug‘likdan bo‘lak hech narsa yetib borolmaydigan cho‘qqilar, tizmalar, mangu ko‘k 
muzliklarni tamom o‘z hukmiga oldi. Tog‘u toshlarga urilib, avvalgisidan yana beshbadtar 
zo‘raygandan zo‘raygan qaldiroq boshlar uzra shunchalar ayovsiz dahshat solar ediki, go‘yo yana 
ozgina shunday davom etsa, yana o‘sha yer qimirlaganiday... qiyomat-qoyim qo‘padiganday edi. 
O’zi shunga yaqinlashib ham qoldi — vertolyot uchib o‘tarkan, yo‘l ustidagi shamollar yalab 
ketgan tik qoya bag‘ridan guldurosning zo‘ri tufayli tosh uyumlari ko‘chib o‘rnidan qo‘zg‘aldi-da, 
so‘ng yana shu zahoti xuddi qon quyulganday aylanib to‘xtadi. Xuddi shuni kutib turganday beqaror
muallaq toshlar, bir necha og‘ir xarsang baland uchurumdan yo‘l-yo‘lakay chang-to‘zon ko‘tarib, 
shiddat va suron solib quladi. Tog‘ yonbag‘riga yetganda, ular xuddi zambarakning o‘qiday qarsillab 
tushib, yorilib, qizil tol va qorag‘at butalarini o‘pirib o‘tib, qor to‘zonlarini ko‘kka sovurgancha 
yuksakdan osilib turgan qoya tagida, quyuq butazorlar bilan to‘silgan o‘ngirda, ikki qirg‘og‘i yaxlagan 
jilg‘a bo‘yidagi bo‘ri ini og‘zida to‘xtadilar. 
Urg‘ochi bo‘ri Akbara tepadan qulagan toshlar va qor uyumlaridan cho‘chib o‘zini orqaga oldi, 
qorong‘i o‘ngir sari tisarildi, yelkasidagi yollari tikkayib, ko‘zlari g‘ira-shirada vahshiyona o‘t sochib, 
qanday balo kelmasin, unga qarshi sapchishga hozirlanib turdi. Lekin, u bekorga xavotirlangan edi. 
Ochiq dasht yomon. Unda tepangda quvalayotgan vertolyotdan hech qaerga qochib qutulolmaysan, u 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling