Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
8 uyalariga qaytishga majbur bo‘ldilar. Ular tun bo‘yi yo‘l bosdilar. Voqea bunday bo‘ldi. Kun botib borardi, Akbara bilan Toshchaynar bang o‘tning hididan mast, xumor holda o‘t-o‘lanlar uzra cho‘zilishgan edi. Shu payt yaqin atrofdan quloqlariga odam sasi eshitildi. Odamni boshqalardan burun jar yokasidan o‘ynab, quvalashib yurgan bo‘ri bolalari ko‘rdilar. Ular banogoh paydo bo‘lgan ushbu g‘alati xilqat odam ekanligini hatto, hayollariga ham keltirganlari yo‘q. Yaproqday ishton, yalang oyog‘iga kedi, boshiga yangiligida oq, hozir esa butunlay yag‘irlashib ketgan panama kiygan maxluq yalang‘och holda bang o‘tlar orasida telba kabi chopib yurardi. U o‘t qalin o‘sgan joylarni tanlab dam u yoqqa, dam bu yoqqa lo‘killardi, bundan maza qilayotganga o‘xshardi. Bunaqasini umrlarida birinchi marotaba ko‘rib turgan bo‘ri bolalari andak cho‘chib, andak ajablanib pisib-netib qarab qolishdi. Anavi mahluq esa, xuddi jin tekkandek, nari borib, beri chopib kelishini qo‘ymasdi. Bo‘ri bolalari qo‘rquvdan o‘zlarini o‘nglab, yuraklari qizidi. Lo‘killab chopib yurgan, badanida tuki yo‘q, ikki oyoqli g‘aroyib mahluq bilan o‘ynagilari keldi. Shu payt qip- yalang‘och odamning o‘zi ham bo‘richalarni ko‘rib qoldi. Hayron qoladigan yeri shundaki, bu yerda qashqir bolalari nima qilib yuribdi, deb o‘ylamay, hushyor tortmay, bu esi yo‘q qo‘llarini oldinga cho‘zib; bo‘ri bolalarini erkalay boshladi. — Voy, bular nima?— der edi u yuzlaridan oqib tushayotgan terlarni sidirib.— Bo‘ri bolalari emasmi? Yo boshim aylanib, ko‘zimga shundoq ko‘rinyaptimi? Yo‘g‘-ey, uchalasi ham katta-katta bo‘lib qolgan bo‘ri bolalari-ku! Voy, mening bo‘rivoylarim! Yo‘l bo‘lsin? Qaydan keldingiz? Qayga borasiz? Bu yerlarda nima qilib yuribsiz? Meni-ku, yomonligim bu yerlarga haydab keldi, sizlar-chi! Bu cho‘llarda, qarg‘ish tekkan bu bang o‘tning ichida nima qilyapsiz? Qani, mah-mah, beri kelinglar, qo‘rqma, qo‘rqma, mah-mah! Voy, tentak bo‘rivoylarim-ey! Esipast bo‘ri bolalari odamning erkalatganiga chindan ishonib, quyruqlarini likillatib, bukilib- bukilib bag‘irlarini yerga tekkizib quvlashmachoq o‘ynash ishtiyoqida yaqinlashib bora boshladilar. Lekin shunda jar ichidan Akbara otilib chiqdi. U vaziyat qanchalar xatarli ekanligini ko‘z ochib- yumgunchalik vaqt ichida anglab yetdi. Akbara bosiq irillab, cho‘l quyoshining qizg‘ish shafaqlariga belangan yalang‘och odamga tashlandi. Shu sakraganda uning qornini yorib tashlashi yoki kekirdagini uzib olishi hech gap emasdi. Haligi kishi esa o‘qday otilib kelayotgan bo‘rini ko‘rgan zahoti qo‘rquvdan ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketdi, es-hushini yo‘qotib, boshini qo‘llari bilan pana qilgancha cho‘kkalab o‘tirib qoldi. Ana shu uni qutqardi. O’qday uchib kelayotgan Akbaraning fikri yashin tezligida o‘zgardi. U yalang‘och va himoyasiz, bir zarbalik holi yo‘q odamning ustidan quyunday o‘tib ketdi. Shunda odamning chehrasini, qo‘rquvdan qotib qolgan ko‘zlarini ko‘rdi. Akbara odam tanasining hidlarini sezdi. U yana bir irg‘ib o‘zini odam ustidan orqaga otdi va bolalari yonida paydo bo‘ldi, ularni dumchalaridan og‘ritib tishlab, shiddat bilan jar yoqasiga surib haydarkan, Toshchaynarning ro‘parasidan chiqdi. Toshchaynar odamni ko‘rgan, uning bahaybat yollari qo‘rqinchli hurpaygan edi. Akbara uni ham nari surib, bir tishlab oldi va orqasiga qayirdi. So‘ngra hammalari jar ichiga tushib ketdilar va ko‘z ochib-yumguncha g‘oyib bo‘ldilar... Shundan keyingina boyagi odamning esi joyiga keldi, u o‘rnidan dik etib turib qocha boshladi... Orqasiga qaramay, nafas chiqarmay cho‘lda ancha yergacha chopib bordi... Akbara galasining odam bilan to‘qnashuvi birinchi marotaba mana shunday yuz bergan edi... Buning oqibati nima bilan tugashini kim bilibdi deysiz... * * * Kun og‘di. Botib borayotgan quyoshdan otashin harorat yog‘ilar, unga kun bo‘yi qizib yotgan yerdan ko‘tarilayotgan toqat qilib bo‘lmaydigan issiq hovur qo‘shilar edi. Quyosh va cho‘l azaldan muqoyasada: kunga qarab cho‘lning — oftob o‘z seplarini yoygan makonning qanchalar cheksiz ekanligi bilinadi. Cho‘l osmonining bepoyonligi esa kalxatlarning baland parvozlaridan ayon. O’sha kunbotar chog‘i Mo‘yinqum cho‘llari uzra ko‘z ilg‘amas yuksaklarda bir to‘p ayridum kalxatlar uchib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling