Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
yurishardi. Ular hech nimani mo‘ljalga olmay, qanotlarini keng yozib, bilinar-bilinmas ukpar parda 
bilan qoplangan, doimo salqin ko‘k dengizida rohatlanib suzishardi. Ular xuddi ushbu vaqt va ushbu 
osmonning azaliyligi hamda o‘zgarmasligidan xabar bergandek, birining orqasidan boshqasi davra 
solib aylanishardi. O’sha onlarda kalxatlar o‘zlaridan uzoqda, pastda, qanotlari ostida nimalar 
bo‘layotganligini jimgina tomosha qilishardi. Ularning ko‘zlari o‘tkir, hamma narsani ko‘radi (ha, 
avval ko‘radi, so‘ng eshitadi). Xuddi mana shuning uchun ham ular cho‘l osmonining eng buyuk 
yirtkichlari hisoblanishar, gunohkor yer uzra esa fakat o‘lja olish va tunash uchungina qo‘nar edilar. 
Aftidan, o‘sha daqiqalarda o‘sha ko‘z yetmas balandlikdan ularga chog‘roq tepa ustida ola-quroq 
bo‘lib o‘sgan jilg‘inlar va tilladay jilvillab yotgan chiylar orasida joylashgan arlon bo‘ri, serka bo‘ri va 
uch bo‘ri bolasi aniq-tiniq ko‘ringan bo‘lsa kerak. Bo‘rilar yuksakda kadxatlarga tomosha 
bo‘layotganlarini hayollariga ham keltirmay, issiqdan tillarini osiltirgancha dam olib yotishardi. 
Toshchaynar o‘ziga juda yoqadigan holatda, oldingi oyoqlarini chalishtirib, boshini baland 
ko‘targancha cho‘zilgan. Bu g‘ajir bo‘ri boshqalardan pot-haybati, kelbatining zo‘ri bilan ajralib 
turardi. Uning yonida kaltabaqay, yo‘g‘on dumini tagiga bosib, xuddi toshdan yo‘nilgan sanamday 
bo‘lib serka Akbara chayir qo‘llarini yerga mahkam tiragancha uzala tushgan. Qanjiqning oqarib 
ko‘ringan ko‘kragi, endi ancha shalvirab qolgan emchaklari, ichiga botib turgan ikki biqini uning kuch-
qudratga to‘lganligi, beli juda baquvvat ekanligidan darak beradi. Bo‘richalar esa uchovlon shu atrofda 
g‘ujg‘on o‘ynashadi. Ularning tinib-tinchimasliklari, entak-tentak sho‘xliklari, hadeb suykalib 
osilaverishlari katta bo‘rilarning zig‘ircha bo‘lsin g‘ashiga tegmasdi. Mayli, to‘yib-to‘yib o‘ynab 
olishsin, deganday qarashardi... 
Kalxatlar esa, hamon ko‘kda parvoz qilgancha, pastda, Mo‘yinqumda, kunbotar chog‘ida nimalar 
bo‘layotganiga sovuq nazar tashlashardi. Bo‘rilar to‘dasi joylashgan yerdan bir oz nariroqda keng 
jilg‘inzorlar oralab oqquyruq sayg‘oqlar o‘tlashardi. Bu surukdan picha narida butazorlararo yana bir 
kattakon poda yoyilgandi. Kalxatlar kiyiklarga qiziqib qaraganlaridami, o‘nlab chaqirimga cho‘zilgan 
cho‘lning ikki tomoni ham yuzlab, minglab sayg‘oqlarning podalari bilan to‘lganligini payqashar edi. 
Sayg‘oqlar yarim sahro-yarim cho‘l mana shu o‘ng‘ay yerlarni qadim-qadim zamonlardan beri vatan 
qilib ko‘payishib keladilar. Sayg‘oqlar kechki issiq qaytishini kutib, kecha salqinda olis-olislarda 
joylashgan buloqlar sari yo‘l oladilar. Ayrim sayg‘oq podalari hozirning o‘zida to‘p bo‘lib suv ichgani 
yo‘lga tushmoqda edi. Suv deb ular juda uzoq masofalarni bosib o‘tadilar. 
Sayg‘oq suruklaridan biri bo‘rilar yotgan tepalik yonidan o‘tib borar, jilviragan quruq chiy 
orasidan oqquyruqlarning shuvillab o‘tib turgan sag‘ri va biqinlari, taka kiyiklarning shoxlari turtib 
chiqqan, yerga tomon egilgan kallalari ko‘rinib qolardi. Ular havoning ortiqcha qarshiligiga 
uchramaslik uchun doimo boshlarini quyi egib yuradilar va bir zum ichida shiddat bilan yugurib 
ketadilar. Tabiatning o‘zi ularni shunday qilib yaratgan, ular har qanday xavf-xatardan bemalol qochib 
qutuladilar. Sayg‘oqlarga shu afzallik ato etilgan. Sayg‘oqlar o‘zlariga tinch paytlarida. bafurja 
borayotganlarida ham, bir maromda, sira charchash nimaligiii bilmay bo‘rilardan boshqa hech bir 
mahluqqa tutqich bermay yo‘rtib ketaveradilar. Kiyiklarning son-sanog‘i yo‘q, ularning kuchi ham 
mana shunda... 
Hozir ular butalar orasida yotgan Akbara galasini yonlab o‘tib borishar, ortlaridan shamol 
ko‘tarilar, shamolga podaning chang-to‘zoni va badbo‘y ter hidlari aralashib ketgan edi. 
Tumshuqlariga urilgan bu islardan bo‘ri bolalarining qonlari ko‘pirdi. Uchovlari ham havoni yutoqib 
iskashar va nimaligini o‘zlari ham bilmagan holda o‘sha qonlarni jo‘shtiradigan poda isi anqiyotgan 
tomonga, chiylar oralab o‘tib borayotgan bo‘liq tanalarga tashlanmoqchi bo‘lishardi. Biroq katta 
bo‘rilar — na Akbara va na Toshchaynar joylaridan qimirladilar. Vaholanki, ular bir sakrashda podaga 
yetib olishlari, unga dahshat va qo‘rquv solib o‘tib ketishlari, hayot-mamot talashuvida jonivorlarni 
butkul holdan toydirib, so‘ng bir qanchasini chapdastlik bilan yerga ag‘anatib, bo‘g‘izlab tashlashlari 
mumkin edi. Ha, shunday qilsa bo‘lardi. Buning qiyin joyi yo‘q edi. Lekin omad kelmay o‘ljani 
qo‘ldan chiqarib yuborish ham hech gap emasdi. Bunaqasi bo‘lib turadi. Ishqilib, Akbara ham, 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling