Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
bo‘lib daraxtmas, cho‘p bo‘lib cho‘pmas, ammo toshday qattiq, metinday mustahkam, temir arqon kabi 
chiyralgan, qurg‘oqchilikka chidamli jing‘ilzorlari, qumloq saksovulzorlari, kakra o‘tlari va 
hammasidan ham oy shu’lalarida, kun yorug‘ida oltin tusli shaffof o‘rmon kabi lovullab yonadigan, 
ichiga kirgan har qanday zot boshini ko‘targan zahoti to‘rt tomondan baravar ko‘zga tashlanadigan 
chiy qamishzorlari bo‘lgan shu dashtlardagi jonzotlarning yashashiga hech narsa to‘sqinlik bermay 
kelardi. 
Yangi bo‘ri xonadoni — Toshchaynar bilan Akbaraning qismatlari mana shu yerlarda kechadigan 
edi. Bu orada maxluqlar hayotida juda muhim bir voqea ham bo‘lib o‘tgan, Aqbara uchta tuqqan edi. 
Bu unutilmas voqea Mo‘yinqumda o‘sha ko‘klam chog‘i jing‘il changalzor orasida, keksa saksovul 
tagidagi o‘ngirda ro‘y bergan edi. Bu uya bo‘ri bolalarini sayrga olib chiqish uchun juda qulay edi. 
Bo‘richalar ancha tikkayib qolishgan, quloqlarini dikkaytirib turishar, lekin bir-birlari bilan o‘ynagan, 
dumalashgan chog‘larida quloqlarining shalpayib tushgani bilan ishlari yo‘q edi. Ular endi oyoqda 
ancha mahkam turadigan bo‘lib qolgan, har birlari o‘zlariga yarasha fe’li ho‘y orttirmoqda edi. Katta 
bo‘rilar ovga chiqadigan paytlari ulardan qolmay ergashardilar. 
Yaqinda bo‘rilar bir kecha-kunduz ovda bo‘lishdi. Ov kutilmagan falokat bilan tugashiga oz qoldi. 
O’shanda Akbara tong qorong‘usida bo‘rivachchalarni ergashtirgancha Mo‘yinqumning ovloq bir 
chekkasiga yo‘l oldi. O’sha yerlarda, bepoyon dashtlarda, ayniqsa, nimqorong‘i soylar, o‘ydim-chuqur 
jarliklarda hushni ajabtovur elitib, boshni aylantiradigan g‘alati o‘t-o‘lanlar ko‘p o‘sib yotardi. Bo‘yi 
bardan uradigan, qorayib yotgan, bo‘g‘riqqan mana shu o‘tlar ichida ularning turfa o‘tkir chang-
hidlarini birpas dimog‘ingga tortib kezsang, birdan o‘zingni osmonda uchib ketayotgan-dek, havoda 
suzayotgandek yengil va xushkayf sezasan, keyin behol uyqu bosadi. Akbara bu yerlarni 
bo‘rivachchaligidan beri bilar, bang o‘t gullaydigan kezlar bir kelib ketgan edi. U yo‘l-yo‘lakay 
cho‘lning mayda jonivorlarini changalidan o‘tkazib, quyuq o‘tlar orasida aylanib yurishni, ular ustida 
ag‘anab yotish, o‘tkir islarni ichiga tortish, so‘ng qanot chiqarganday bo‘lib uchish va nihoyat, 
xumorlanib uxlab qolishni yaxshi ko‘rar edi. 
Hozir esa ular Toshchaynar bilan yolg‘iz o‘zlari emas, orqalaridan oyoqlari beo‘xshov va uzun 
bo‘richalar ham ergashib kelar edi. Bunday safarlar paytida bo‘ri bolalari iloji boricha ko‘p narsalarni 
bilib, o‘z mulqatlarini kichiklikdan yaxshilab o‘zlashtirib olishlari kerak edi. Urg‘ochi bo‘ri ergashtirib 
borayotgan mulk chekkasidagi xushbo‘y o‘tloqlarga ham shu bo‘rilar egalik qiladilar. Undan u yog‘i 
begona makonlar edi, u tomonlarda odamlarga duch kelib qolish hech gap emasdi. O’sha ko‘z ilg‘amas 
yoqlardan goho kuz shamollarining uvillashiday parovoz tovushlari quloqqa chalinar, u yoqlar 
bo‘rilarga mutlaqo yot edi. Ular Akbara yetagida o‘z mulklarining eng chekka yoqasi tomon ketib 
borardilar. 
Akbaraning orqasidan Toshchaynar lo‘killab boryapti. Bo‘richalar esa jonlari ichiga sig‘may, dam 
sayin sho‘xlik qilishadi. O’ynashib oldinga o‘tib ketishadi. Lekin Akbara ularning beboshlik 
qilishlariga izn bermaydi. Hech bir mahluq uning oldiga tushmasligi kerak. 
Boshida saksovulzorlar va cho‘l shuvoqlari bosgan qumloq yerlardan borishdi. Kun tobora 
yuqoriga ko‘tarilib, havo odatdagiday ochiq va issiq bo‘lishidan darak berdi. Oqshomga tortib bo‘ri 
to‘dasi cho‘lning chekkasiga yetib keldi. Hali kun yorug‘ edi. O’tlar bu yil baland bo‘lib o‘sgan, ular 
ichida yurgan bo‘rilarning yollarigina ko‘rinardi. Bang o‘tning kun bo‘yi oftob tig‘ida qizib yotgan tuk 
bosgan shoxchalaridagi ko‘zga unchalik tashlanavermaydigan gullari kuchli hid taratardi, ayniqsa, o‘t 
qalin o‘sgan joylardan hid g‘oyatda o‘tkir va quyuq edi. Uzoq yo‘l bosib kelgan bo‘rilar kichikroq bir 
soy ichida dam olishdi. Tinmag‘ur bo‘ri bolalari charchoq nimaligini bilmay atrofda o‘mbaloq 
oshishar, yer iskashar, hid olishar, har narsa ularga qiziq ko‘rinardi. Bo‘rilarning qorinlari to‘q, 
binobarin, kechasi shu yerning o‘zida tunab qolsalar ham bo‘laverardi. Yo‘l-yo‘lakay bir necha semiz-
semiz sug‘ur bilan bitta quyon tutib yeyishgan, bir qancha qush uyalarini tintishgan, so‘ng yo‘lda 
uchragan jarlikdagi buloqdan to‘yib-to‘yib suv ichishgandi. Lekin o‘rtada kutilmagan bir voqea yuz 
berdikim, shundan so‘ng bo‘rilar bu yerlarni jadallik bilan tark etishga, orqaga, sahro ichkarisidagi 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling