Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
II
Tongga yaqin cho‘lga salqin tushdi. Yer yuchida neki qimirlagan jon-zot bor, bari yengil nafas Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) www.ziyouz.com kutubxonasi 6 oldi. O’tib borayotgan dim, taffot tun bilan sho‘r bosgan tala-tuzni o‘rtab, oftobning oppoq alangasida yondirib yuboradigan kunduz o‘rtasidagi eng rohatijon payt shu edi. Yerga ko‘k surmarang shu’lalarini sochib, Mo‘yinqum uzra sariq to‘lin oy chiqdi. Qaeridan qaramang, bu yerning boshi ham, oxiri ham ko‘rinmasdi. Chor atrof olis-olislargacha qorayib borar va seryulduz osmon bilan qo‘shilib ketar edi. Tungi o‘lik sukunatga jon kirdi, ilondan bo‘lak barcha jonivorlar tong pallasidan bahra olish uchun g‘imirlab qoldi. Changal-changal bo‘lib o‘sgan jilg‘in butalari taglarida polaponlari chiyillab qushlar uyg‘ondi. Tipratikanlar yer iskab yugurgiladi. Tuni bo‘yi tinmay chirillagan chirildoqlar yana boshqatdan xurujga kirdi. Uyqudan uyg‘ongan sug‘urlar inlaridan boshlarini chiqarib, har tomonga alang-jalang boqishib, saksovul tagiga to‘kilgan urug‘larni tersakmikin, termasakmikin, deganday uyqusirab turishardi. Kattakon yapaloqqush beshta bo‘z uchirmasi bilan birga o‘zaro chaqchaqlashib, chaqirishib, bir-birlaridan ayrilmay dam uchib, dam qo‘nishar edi. Boshqa turli-tuman jonivorlaru mahluqlar oqarib kelayotgan cho‘l tongida biri olib biri qo‘yib ularga jo‘r bo‘lishardi... Ko‘kko‘z Akbara bilan Toshchaynarning boshlari qovushgan birinchi yoz kunlari edi. Ular endi o‘zlarini katta ovlarda chopib charchamas zo‘rabor bo‘ri ekanliklarini ko‘rsatishgan va Mo‘yinqum bo‘rilari orasida taniqli edilar. Ikkovining baxtiga — cho‘l jonivorlari orasida ham baxtli hamda baxtsizlari bo‘lsa kerakkim — tabiat Akbaraga ham, Toshchaynarga ham cho‘l jondorlariga o‘ta zarur bo‘lgan muhim sifatlarni mo‘l-ko‘l bergan, ikkovi ham juda sezgir, ovni oldindan yaxshi his qilishar va ko‘zlashar, kuchlari tanalariga sig‘mas, chopag‘on va bosag‘on, shiddatkor edilar. Hammasi kelajakda bu ikki bo‘rining ovi baroridan kelishidan, ularga tiriklikning barcha azoblari-yu rohatlari ham to‘la yor bo‘lishidan, qismatlarida neki yozilgan bo‘lsa, baridan qochib qutulolmasliklaridan darak berardi. Hozircha Mo‘yinqum cho‘llarida yolg‘iz hukmron bo‘lishga ularga hech qanday kuch to‘sqinlik qilolmasdi. Hali odamlar bu cho‘llarga ko‘pda qadam bosmagan va bo‘rilar ham ular bilan sira to‘qnashmagan edilar. Tabiatning ularga ato etgan yana bir in’omi shunda ediki, boshqa barcha jonivorlar kabi bu yirtqichlar ham ertaga nima bo‘ladi, deb tashvishlanmay, qo‘rqmay, qaltiramay kun kechirardilar. Odil tabiat azaldan mahluqlarni tiriklikning bu qarg‘ish tekkan tashvishidan xalos etgan ekan. Garchi tabiatning xuddi mana shu in’omida jamiyki Mo‘yinqum jonivorlari boshiga qora kun, xunbiyron qirg‘in solgan bir kuch ham yashirin edi. Lekin jonivorlarning hech biri buni fahmlamasdi. Bosh-keti yo‘q Mo‘yinqum qanchalar cheksiz va hududsiz bo‘lib ko‘rinmasin, Osiyo qit’asining xaritasidan nimsirg‘ish tusga bo‘yalgan barmoq izicha bir joy ekanligini anglamasdilar. Yildan yilga boqiladigan mol ko‘payyapti, yangi quduqlar qazishib, o‘tloq joylar izlashib, Mo‘yinqumni to‘rt tomondan qisib kelishyapti. Kanallar qazilyapti, yo‘llar o‘tyapti. Mo‘yinqum atroflarida dunyoda eng yirik gaz quvuri yotqizilib texnika bilan qattiq qurollangan odamlar mashina, motorlarga o‘tirib, yonlariga suv g‘amlab olib, radioaloqa yordamida har qanday dashtu sahro ichiga, shu jumladan, Mo‘yinqumga shitob bilan kirib boryapti. Lekin, bular kelajakda nasllar faxrlanib yurishiga arziydigan kashfiyotlar qiladigan fidokor olimlar emas, har kimning qo‘lidan ham kelaveradigan ishni bajaradigan oddiy kishilar. Chek-intihosi ko‘rinmagan, hech qanday balo-qazo yo‘lay olmaydigandek tuyulgan Mo‘yinqum sahrosini mana shu jo‘ngina odamlar to‘rt tarafdan qisib kela boshlashdi. Biroq inson hayotining juda ham odmi va jo‘n ko‘ringan ishlarida yaxshilik bilan yomonlik qo‘shilib ketganligini Mo‘yinqum jonivorlari qaerdan bilsinlar. Bu yerda hamma narsa odamlarning o‘zlariga bog‘liq edi — ular inson jamoatchiligi uchun odatiy bo‘lib qolgan bu narsalarni nimalarga yo‘naltirar ekanlar: yaxshilikkami yo yomonlikka, tuzishgami yo buzishga — buni sahro mahluqlari qayoqdan bilsinlar. Odamlar aql-idrok bilan ish yurita boshlagan zamonlardan beri o‘zlarini o‘zlari bilishga urinib kelayotganliklari, o‘z chigal ishlaridan sira qutulib ketolmayotganliklari va azal-azaldan nima uchun yomonlik doim yaxshilik ustidan g‘olib chiqadi degan muammoni, boshlarini qotirib kelayotgan jumboqni yecholmayotganliklarini zabonsiz maxluqlar qaerdan bilsinlar... Odam bolasining mana shu kabi ishlari, yo‘l-yo‘riqlari Mo‘yinqum jonivorlariga mutlaqo qorong‘u edi. Binobarin, bu narsalar ularning sezimlari, tajribalari va umuman, tabiatlarida yo‘q edi. Xullasi kalom, hozirgi kunlargachayin Osiyoning shu buyuk yarim cho‘l, yarim sahro jaziramalarida daraxt |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling