Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
15 ham ular bilan birga quturgan quvg‘inga uchragandek va o‘zini to‘rt tomonga urib najot qidirayotgandek, hatto vertolyotlar ham o‘z qaldiragan, guldiragan, chiyillagan tovushlaridan ajrab, soqov bo‘lib qolgandek tuyular edi. Ular poyonsiz zulmatga cho‘mgan sahro uzra vahimali qora kalxatlar kabi ovoz chiqarmay suzib yurishardi... Ommaviy otuvchilar esa tizzalab o‘tirib ham otishar, «uazik»larning bortlaridan turib ham otishar, lekin o‘q tovushi chiqmas, mashinalar shamoldek yelar, sakrar, ko‘tarilar, uchib tushar, lekin ularning ham ovozlari chiqmas, jinni bo‘lib qolgan kiyiklar go‘yo qanot chiqarib uchar, lekin saslari chiqmas, do‘lday yog‘ilgan o‘qlardan qonga belanib qular, ag‘darilar, lekin ovozlari chiqmas edi... Bu oxir zamon sukunatiga o‘xshardi. Shunda Akbaraning ko‘ziga odam qiyofasi ko‘rindi. U odamning qo‘rqinchli basharasini shunchalar yaqindan, shunchalar aniq-taniq ko‘rib, shunchalar dahshatga tushdiki, sal bo‘lmasa mashina g‘ildiragi tagiga kirib ketay dedi. «Uazik» uning shundoqqina yonginasiga kelib qolgandi. Anov odam belidan yarmisini mashinadan tashqariga chiqargancha oldinda o‘tirardi. U ko‘zini shamoldan ehtiyot qilib kattakon ko‘zoynak taqib olgandi. O’pkaday qip-qizil basharasini yel yalab ketgan, qorayib ko‘ringan og‘ziga mikrofon tutgan, o‘tirgan joyida tinmay sakrar, butun cho‘lga eshittirib allanarsalarni bo‘g‘ilib qichqirar, lekin uning so‘zlari eshitilmas edi. Aftidan, u qirg‘in va quvg‘inni boshqarardi. Agarda shu onlarda Akbara shovqin-suron tovushlarini eshitganda va odam bolasining tilini tushunganda edi, uning ratsiyaga qichqirayotgan shu so‘zlarini anglagan bo‘lardi: «Chetidan otinglar! Chetidan! Hoy! O’rtasiga otmanglar! E, nima qilyapsizlar! Hammasi oyoq ostida qolib ketadi-ku!» O’ldirilgan kiyiklarning go‘shtlari yerda payhon bo‘lib ketmasin deydi-da... Shunda mikrofonga baqirayotgan kishi mashina bilan yonma-yon qochqin kiyiklar orasida bitta bo‘ri, uning orqasidan esa yana bir nechta bo‘rilar chopib ketayotganligini ko‘rib qoldi. U bir siltandi, allanarsa deb xirillab qichqirdi, hah, shoshmay tur, deganday mikrofonni tashlab, qo‘liga miltiq oldi va shu zahoti uni o‘qladi. Akbaraning qo‘lidan nima ham kelardi, ko‘ziga oynak tutgan odam o‘zini mo‘ljalga olayotganligini u tushunmasdi, tushunganda, bilganda ham, xo‘sh, nima qila olardi — quvg‘in ichidan chiqib ketolmasdi, boshini panaga ololmasdi, odam esa hamon mo‘ljalga olardi. Shu Akbarani qutqarib qoldi. Nimadir bo‘rining oyoq ostiga tarsillab urildi, bo‘ri boshi bilan o‘mbaloq oshib tushdi, lekin izdihom ostida qolmaslik uchun darhol sakrab turdi, shunda to‘ng‘ichi Xumkallaning osmonga baland sapchib, so‘ng yerga qulaganligini ko‘rdi. O’ni chopib ketayotganida otgan edilar. To‘ng‘ichi yoniga asta ag‘darilib, gavdasi cho‘zilib ontarilgancha o‘z qoniga oluda bo‘lib tushdi. Balki u og‘riqdan uvlab yuborgandir. Balki o‘lim xavfi - faryod ko‘targandir, lekin buni bo‘ri eshitmadi. Otgan odam azbaroyi xursand bo‘lib ketganidan miltiqni boshi uzra ko‘tarib nuqul silkitardi. Yana bir daqiqadan so‘ng Akbara o‘lib yotgan bolasining loshi ustidan sakrab o‘tib ketdi. Shunda yana uning qulog‘i ochildi, olamning butun qiylu qolini eshita boshladi — ana shovqin, ana suron, ana ola-tasir o‘q ovozlari, mashinalarning guvillashlari, odamlarning baqiriq-chaqiriklari, jon berayotgan kiyiklarning hirqirashlari... Ko‘pgina sayg‘oqlar yerga tappa-tappa qular, oyoqlarini tipirlatib yerda yotar, turishga madorlari yetmas, o‘pkalariga havo tiqilgan, yuraklari yorilib ketgan edi... Odamlar shu yerning o‘zida ularning tomoqlariga shartta pichoq tortib so‘yishar, so‘ng yana joni chiqmagan, titrab-qaqshagan kiyik tanalarini oyog‘idan ushlab, yuk mashinalarga uloqtirar edilar. Boshdan-oyoq qonga botgan bu odamlarga qarash juda qo‘rqinchli edi... Agarda tubsiz osmon qa’ridan birovning sergak nigohi bularning barini kuzatib turganda edi, u qirg‘in qanday bo‘lganligini va Mo‘yinqum shundan so‘ng nechog‘lik abgor ahvolga tushganligini ko‘rgan bo‘lar edi. Lekin, bundan keyin nima ro‘y berishi, buning oqibati qanday tugashi, aftidan, uning o‘ziga ham qorong‘iligicha qolaverardi... Mo‘yinqum qirg‘ini kechga tomon to‘xtadi. Quvgan ham, qochgan ham tamomila holdan toydi. Cho‘lga xufton kirdi. Ertaga vertolyotlar bazadan moylarini yangilab kelgandan so‘ng qirg‘inni yana davom ettirish kutilardi: ularning chamalaricha, bu yerlarda ish hali uch-to‘rt kunga yetib ortardi. Vertolyotlarda o‘tkazilgan tekshirishlarga qaraganda, Mo‘yinqumning eng qumloq g‘arbiy qismida hali hech tegilmagan sayg‘oq suruvlari son-sanoqsiz edi. Rasmiy tilda ularni o‘ljaning hali ochilmagan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling