Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
13 emas. Muhimi go‘sht topshirish. Xalq oldida, talabchan yuqori tashkilotlar oldida yuzni yorug‘ etishning birdan-bir yo‘li shu. Lekin bularning barini dasht bo‘rilari ne bilsinlar. Markazlardan oblastlarga to‘xtovsiz sim qoqishadi. Shu kunning qat’iy talabi: qanday bo‘lmasin, yerning tagidan bo‘lsa ham topib, go‘sht topshirish planini bajarish kerak, vassalom. Yetar shuncha paysalga solingani. Besh yillik yakunlanadigan yil axir, biz xalqqa nima deymiz. Qani plan, qani go‘sht, qani majburiyatlar? Ammo bularni cho‘l bo‘rilari ne bilsinlar. «Planni albatta to‘ldiramiz,— javob yo‘llardi oblast boshqarmasi,— yaqin o‘n kunlik ichida bajaramiz. Joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud. Zo‘r beramiz, talab qilamiz...» Bu orada hech narsadan asti xabari yo‘q cho‘l bo‘rilari hamon Akbara yetakchiligida yumshoq qor ustidan sas-sabarsiz yurib, chekka, xoli joylarni panalab, bosqin boshlaydigan yerlariga kelib to‘xtadilar. O’zlarini baland o‘sgan chiy to‘plari orasiga urdilar. Ularni chiylarning qo‘ng‘ir ildiz to‘plaridan sira ajratib bo‘lmay qoldi. Akbaraning to‘dasiga hammasi bu yerdan baralla ko‘rinib turardi. Yaratilganlaridan beri hammalari bir-birlariga o‘xshash, bo‘ksalari oq, yelkalari malla kiyiklarning 1 son-sanoqsiz podalari xavf-xatardan xoli keng jing‘ilzor vodiyda yangi tushgan qor ostidagi erman, shuvoqlarni ishtaha bilan chimdib yurishardi. Akbara payt poylardi. Payt poylamasa bo‘lmasdi. Bosqin oldidan nafasni rostlab olish kerak. Undan so‘ng barchalari baravar podaga tashlanadilar va darhol hayda-haydani boshlab yuboradilar. O’shanda quvib keta turib yana nimalar qilish kerakligi o‘z-o‘zidan ravshanlashadi. Yosh bo‘rilarning toqatlari toq, dumlarini asabiy tipirlatishadi, quloqlarini dam tikkaytirib, dam shalpaytirishadi. Og‘ir, bosiq Toshchaynarning ham qoni jo‘shadi, tishlarini o‘ljasining biqinlariga sanchish zug‘umida g‘ijirlatadi. Biroq Akbara ko‘zlaridan chaqnagan o‘tni yashirar, bo‘rilarni hali bosqinga boshlamas, eng qulay payt kelishini poylardi. Faqat shunday qilgandagina ov baroridan keladi. Aks holda sayg‘oqlar bir zum ichida shamoldek yelib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladilar. Boshqa hech qaysi hayvon ulardek tez yugurolmaydi. Ha, payt poylash kerak. Shunda, xuddi yozdagi chaqindek, osmonda yana boyagi vertolyotlar ko‘rindi. Bu safar ular tez pastlab uchib kelishdi. Bemalol o‘tlab yurgan sayg‘oqlarning qalin to‘plari ustiga yopirilishdi. Sayg‘oqlar qattiq hurkib ketdilar. Hammasi bir zum ichida ro‘y berdi. Yuzlab, minglab qo‘rqib ketgan sayg‘oqlar serkalarini yo‘qotib, ko‘zlari ola-kula bo‘lib, o‘zlarini bosholmon har tomonga ura boshladilar. Beozor mahluqlar ko‘kdan tushgan temir baloga toqat qilolmadilar. Vertolyotlarga esa xuddi shuning o‘zi kerak edi. Ular quturgancha to‘zg‘ib borayotgan podalarni yerga qisib, o‘rab, undan oldinga o‘zib o‘tib, bir podani narida o‘tlab yurgan boshqa podalar bilan to‘qnashtirib, aralash-quralash qilib yubordilar. Hech qachon bunday ofatga duch kelmagan, to‘z-to‘z bo‘lib ketgan minglab cho‘l kiyiklari es-hushlarini yo‘qotib, u yoqdan-bu yoqqa yugurishar, Mo‘yinqumda bamisoli jahannam qo‘pganga o‘xshar edi. Cho‘lda hech qachon bunaqasi bo‘lmagandi. Juft tuyoqlargina emas, ularning azaliy hamrohlari — bo‘rilar ham xuddi shunday yomon ahvolga tushdilar. Vertolyotlarning bu mudhish bosqinchiligini ko‘rgan bo‘rilar ham esxonalari chiqqancha, pisib chiylarning do‘mpaygan ildiz to‘plari tagiga biqindilar. Lekin bari bir yuraklari dosh bermay, la’nati yerdan ura qochishga tushdilar. Bo‘rilar bu yerdan iloji boricha tez bosh olib ketishlari, ko‘zdan yo‘qolishlari, bexatar joyga yetib olishlari kerak edi. Biroq, xuddi mana shuning iloji topilmay qoldi. Ular qochib hali uzoqqa ham bormagan edilar, banogoh to‘fon ko‘chganday yerning guvillagani, zirillagani eshitildi. Vertolyotlar kerakli tomonga haydab borayotgan son-sanoqsiz sayg‘oqlar aqldan ozdiradigan tezlik bilan bo‘rilar tomonga bostirib kelardilar. Bo‘rilar na bir chekkaga qochib chiqoldilar, na o‘zlarini panaga ololdilar. Ular yo‘lida nimaiki uchrasa, hammasini ostin-ustun qilib, majaqlab tashlaydigan, qora bulutday shiddat bilan yopirilib kelayotgan talotum ostida qoldilar. Agarda, ular shu onlarda bir zumgina to‘xtasalar edi, ko‘z ochib-yumguncha sayg‘oqlarning tuyoqlari tagida toptalib, qaro yerga qorishib ketardilar. Boshvog‘ini yo‘qotgan, o‘zini mutlaqo idora qilolmay 1 Ayrim turkiy xalqlar, jumladan, qirg‘izlar bu kiyiklarnii bo‘kan ham deydilar. Bo‘kantog‘ degan joylarimiz shunga ishora (tarjimon izohi). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling