Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 xohishi shunday edi. Avdiy seminariyada tahsil ola boshlaganligini ko‘rib dyakon Kallistratov ich- ichidan g‘ururlanib, o‘zida yo‘q xursand bo‘lib yurdi — u orzulari nihoyat ushalganidan, mehnatlari va o‘gitlari zoe ketmaganidan, nolalari Xudoga yetib borganidan behad baxtiyor edi. Lekin, sal vaqt o‘tmay u omonatini topshirdi. Yana ham taqdirning mehribonchiligi ekan, zero, u farzandi qobil Avdiyning olamning o‘ziday ko‘hna ilmi ilohiyot — Tangri taoloning boqiy va cheksiz qudrati bilan mangu yaratilgan diniy ta’limot sohasida bid’atga berilib ketishini, kufroniy o‘ylarga yo‘l qo‘yishini ko‘rsa, buni aslo ko‘tarolmagan bo‘lardi. Avdiy Kallistratov oblast yoshlar gazetasida qatnasha boshlagandan so‘ng dyakon Kallistratov uzoq yillar o‘z oilasi bilan istiqomat qilgan mo‘‘jazgina kvartira yangi tayinlangan cherkov xizmatchisiga berilib, sobiq seminariya o‘quvchisidan uni bo‘shatib qo‘yish talab qilindi. Endi uning cherkov bilan aloqasi uzil-kesil uzilgandi. Avdiy Leningraddan opasini chaqirdi. Xohlasa, ota-onamizdan qolgan o‘ziga kerakli narsalarni, asosan, sanamlar-u suvratlarni xotira uchun meros tariqasida olib ketsin, dedi. O’ziga otasining kitoblarini olib qoldi. Opa-uka o‘shanda oxirgi marta uchrashgan edilar. Ularning o‘zlariga yarasha o‘z hayot yo‘llari bor edi. O’shandan beri ko‘rishganlari yo‘q. Bir-birlariga munosabatlari yomon emasdi. Lekin, nachora, umr yo‘llari boshqa-boshqa edi. O’shandan beri Avdiy birovlarnikida ijaraga yashaydi, puli borida alohida xonada, puli yo‘g‘ida sig‘indi bo‘lib turadi. Shuning uchun ham, unga yozilgan xatlar pochtaning «So‘rab olish» bo‘limiga jo‘natilardi. Oblast komsomol gazetasi redaktsiyasi tomonidan Avdiy Kallistratovning O’rta Osiyoga yuborilishi xuddi mana shu paytlarga to‘g‘ri keladi. Bu fikr ham Avdiyning o‘zidan chiqdi. U mamlakatning Yevropa qismidagi yoshlar o‘rtasida nashavandlik qanday yo‘llar hamda vositalar bilan tarqalayotganligini o‘rganmoqchi va sharhlab bermoqchi edi. Nasha esa O’rta Osiyoda, Chu hamda Mo‘yinqum cho‘llarida o‘sardi. Nasha — mashhur marixuananing tug‘ishgan opasi, janub dashtlarida o‘sadigan quvrayning yovvoyi bir turi. Yovvoyi quvrayning yaproqlari, gullari va changlarida odamning boshini aylantiradigan, chekkanda hushini eltadigan va xayolini ko‘klarda sayr qildiradigan, lekin me’yoridan ortsa, ruhni ezadigan, qiynaydigan va oxir-oqibat jinni qilib qo‘yadigan moddalar bo‘ladi. Uin chekkandan so‘ng odam atrofdagilar uchun g‘oyatda xavfli bo‘lib qoladi. Avdiy Kallistratov safardan olgan taassurotlarini yo‘l ocherklarida batafsil tasvirlab yozdi. Cho‘lda kutilmaganda, bo‘ri galasiga duch kelganligini, qo‘ying-chi, o‘z ko‘zi bilan nimani ko‘rgan, boshidan nimani o‘tkazgan bo‘lsa, barini ham guvoh, ham grajdan sifatida alam va tashvish bilan tasvirladi. Bang o‘tning jamiyatga qanchalar zarar keltirishi mumkinligi haqida kuyunib ogoh qildi. Birok redaktsiya boshida quchoq ochib kutib olgan ocherklar avval kechiktirildi, so‘ng butunlay chiqmay qoldi. Ishi hech yurishib ketmayotganligi, o‘zi duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida Avdiy Inga Fyodorovnaga yozib turdi. Avdiy uni taqdirning o‘ziga ato etgan tuhfasi, dunyodagi eng yaqin odamim, deb bilardi. Nazarida, Inga Fyodorovna bir daryo edi, shu daryoga bir cho‘mib olsam, o‘lib borayotgan vujudim yana tiriladi, yana turmush urinishlarini yengish uchun o‘zimda kuch paydo qilaman, deb o‘ylardi. Bora-bora Avdiy Inga Fyodorovna bilan yozishlari o‘z hayotining eng katta voqeasi, umrining asl ma’nosi va mazmuni bo‘lganligini anglab yetdi. U xat jo‘natgandan so‘ng faqat shuni o‘ylab yashardi. Hamma yozganlarini xotirasida yana bir boshdan tiklab chiqar, ularni izohlar, o‘zicha tushuntirardi. Bu o‘rtada juda olis masofalar yotgan g‘alati bir muloqot edi — uning alamangiz yuragidan vaqt va makon sari uzluksiz otilayotgan shu’lanamolar edi. «...Keyin men anchagacha o‘ylanib yurdim. Xatimning boshidagi so‘zlar Sizni taajjubga solib qo‘ymadimikin: «Padaru O’g‘ilu Muborak Ruh ismi bilan!» O’zim shunday an’analar ichida tarbiyalanganim uchun ularni keltirgan edim. Har bir jiddiy gap oldidan ularni eslayman. Chunki shu so‘zlar yuragimni qitiqlaydi, tilimni sozlaydi va burro qiladi, xuddi ibodat qilayotgandek bir ahvolga tushaman. Shuning uchun men bu odatimni o‘zgartirib o‘tirmadim. Ruhoniylar tabaqasidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling