Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
20 Qiynalsa ham, quvonsa ham, unga murojaat qiladi. Og‘ir holatga tushganda bir-birlariga juda yaqin kishilarning telepatiya yo‘li bilan favqulodda muloqatga kirishishlari rost bo‘lsa, unda o‘sha munis- mehribon xilqat o‘sha kecha nimadandir qattiq o‘rtanib, nimanidir qattiq sog‘inib, nimadandir yuragi bir notinchlikni sezgan bo‘lishi kerak... Mana shunda o‘sha Sharq shoiri aytgan g‘alati so‘zlarning asl ma’nosi birdan unga ayon bo‘ldi. Oldinlari shu so‘zlardan kulib yurardi. Ishonmasdi ularga: «Juda qattiq seva olgan chin sevgiga yeta olmas...» Tavba! Endi bo‘lsa, o‘sha xilqat haqida o‘ylab yotarkan, u ovoz chiqarmay yig‘lar, agar uni ko‘rmaganimda, bilmaganimda, o‘rtanib-kuyib sevmaganimda, bunchalar azob-uqubat chekmagan bo‘lardim. Sog‘inmasdim, yonmasdim, hozirning o‘zida, ha, xuddi mana shu tobda uni ko‘rgim, sovuq, berahm tun qarini yorib o‘tib uning qoshida paydo bo‘lgim kelmasdi. Axir, cheki bormi bu telba, bu yengib bo‘lmas, bu og‘riq-azobning! Qani edi, hozir Osiyoning chek-chegarasi yo‘k cho‘llarida, shu cho‘llarning bir chekkasida, transkontinental temir yo‘l yoqasida joylashgan Jalpoq-Soz bekatiga borib qolsang, xuddi ho‘v o‘shandagiday kasalxona yonidagi . mo‘‘jazgina uyning ostonasi oldida yarim soatgina tursang, bu axir, uning uyi... Lekin qutulib ketishning iloji yo‘qligini ko‘rib, Avdiy o‘zining, ehtimol o‘sha qizga sira kerak bo‘lmagan sadoqatini la’natlardi. Axir faqat va faqat uni deb, ikkinchi marta yana qaytib Osiyo o‘lkalariga keldi, uni deb, mana, Mo‘yinqumda tushovlanib yotibdi it ko‘rmagan xo‘rliklarni ko‘rib. Uni ko‘rishning iloji yo‘qligidan joni badtar o‘rtanar, battar o‘zini yolg‘iz sezardi. Ayni zamonda shu hissiyotlar unga Xudoga umtilish va uning visoliga yetish yo‘lini ochganday bo‘ldi. Xudo insonga muhabbat orqali namoyon bo‘larkan va shunda odamga tiriklikning eng oliy saodatini hadya etarkan. Bunda Tangri taoloning xayri saxovati cheksizdir, xuddi vaqt daryosining cheksizligiday, va muhabbatning yo‘li ham takrorlanmasdir, har bir odam uchun, har bir hol uchun... — O’ziga hamdu sanolar bo‘lsin!— deb shivirladi u oyga qarab yotarkan. So‘ng o‘yladi: «Dilni muhabbatga oshno qilarkan, bu ham lutfu marhamatining cheksizligidan... qaniydi, u buni tushunsa...» Shu payt pastda — mashina yonida qadam tovushlari eshitildi. Kimdir kekirib, xirillagancha mashina ustiga tarmasha boshladi. Mishash ekan. Uning ortidan Kepaning kallasi ko‘rindi. Rosa tortishganga o‘xshaydi. Ulardan gupillab aroqning qo‘lansa hidi anqiydi. — Yotaverasanmi hadeb, onangni... Kani tur o‘rningdan itning popi. Ober chaqiryapti. Teringni shilib olaman deydi,— Mishash so‘kingancha sayg‘oqlar ustidan ayiq inida gandiraklaganday alpang- talpang bosib kelardi. Kepa ham miljingladi: — Terisini shilib shu cho‘lga tashlab ketamiz. — Cho‘l ham gapmi!— kekirdi Mishash.— Shu qilig‘i uchun Sibirga jo‘natish kerak bu itni, he onangni... Toza boshimizni qotirding. Nima, so‘pi qilmoqchimisan bizni! Toza topibsan odamini, onang... IV Shu vaqt ichida Avdiy Kallistratov Jalpoq-Soz bekatiga Inga Fyodorovna nomiga bir qancha xatlar yozib jo‘natdi. Inga Fyodorovna ham shahar pochtasining «So‘rab olish» bo‘limiga javob yo‘llab turdi. Chunki Avdiyning shaharda hozir boshqa tayinli adresi yo‘q edi. Avdiy onadan erta ayrildi. Tul qolgan dyakon Kallistratov yuragining butun qo‘rini, barcha dunyoviy va diniy bilimlarini o‘g‘li bilan qiziga bag‘ishladi. Avdiydan uch yosh katta opasi Varvara Leningradga o‘qishga ketdi. Pedagogika institutiga kiraman deb yurgan edi, lekin uni cherkov xodimining qizi, maktab bolalarini bularga ishonib bo‘lmaydi deb, qabul qilishmadi. Shundan so‘ng u konkursdan o‘tib Politexnika institutiga kirdi va shu bo‘yicha Leningradda qolib ketdi. Turmush qurdi. Bola-chaqali bo‘ldi. Hozir qaysidir loyiha institutida chizmakashlik qiladi. Avdiyning yo‘li ruhoniy ulum sohalari sari tushgandi. Bir chekkasi, o‘zi shuni xohlasa, ikkinchi tomondan, otasining ham, ayniqsa, Varvaraning institutga kirish voqeasidan so‘ng, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling