Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 chiqqanligim va seminariyada o‘qiganligimni Sizga yana bir karra eslatib o‘tyapman. Men Sizdan o‘zimga tegishli hech narsani yashirishni istamayman. Sizga bo‘lgan munosabatim shuni taqozo qiladi. Yana shuni ham ko‘p o‘ylaymanki, Siz bilan xayrlashgan chog‘imizda yaqin bo‘lib qolgan va sanlashib gaplashgan edik. Endi esa yana Siz deb yozyapman. Meni kechiring, xayrlashganimizdan beri hali ko‘p vaqt o‘tgani yo‘q. Lekin menga nimadir bo‘ldi. Inchunin, barcha tentak odamlar o‘zlarini oqlash uchun doim bo‘lmag‘ur bir bahonalar o‘ylab topadilar. Bu omadi bir gap-da. Har holda oramizda shunchalar masofa yotibdi. Ijozat eting, Sizni sizlab yozayin. Shunday qilsam, o‘zimni anch o‘ng‘ay sezaman. Mabodoki, Siz bilan yana ko‘rishmoq menga nasib etsa, yuragimdagi eng muqaddas, eng ezgu orzu-omolim shu (orzularim menga o‘z farzandlarimday bo‘lib qolganlar. Men ularni orzulab o‘stiraman. Ularsiz bir zum ham turolmayman. O’z pusht-kamaringdan bo‘lgan bolalarni sevish, ularni xuddi orzu kabi sevish nechog‘lik baxt-saodat ekanligini yaxshi tasavvur qilaman). Bu orzular ruhning abadiy jozib va so‘ngsiz ilohiy barkamollikka umtilishidan tug‘ilganlar. Shunday kilib desangiz, o‘zim ham bilmagan holda shu orzular tufayli men yo‘qlik dag‘dag‘asiga qarshi ustivor turaman. Ehtimolki, muhabbat o‘limning ziddidir. Shuning uchun ham, tug‘ilish sinoati qatori u tiriklikning asl kaliti bo‘lsa ajabmas. Men bularni Sizga xuddi fol kabi takrorlayapman, bizga yana diydor ko‘rishmok nasib etsin deb. O’shanda, uchrashgan chog‘imizda, Sizni xijolatga qo‘ymaslikka va’da beraman — Sizga sen deb murojaat etishga va’da beraman... Hozircha aytish kerak bo‘lgan gaplar shunchalar ko‘pki... Inga Fyodorovna, esingizda bo‘lsa kerak, Sizning yurtingizga borishdan murod — maqola yozish edi. Maqolalarim gazetada chiqishi bilan aviapochta orqali ularni Sizga yuboraman deb, aytgan edim. Afsuski, nashavand bolalar, nasha qidirgan o‘smir yigitchalar va shular bilan bog‘liq bo‘lgan hayotimizdagi barcha qayg‘uli hodisalar haqidagi ocherklarim tez orada gazetada chiqishiga aqlim yetmay koldi. Men bizning kunlarimizda deyapman. Chunki, nasha bu yerlarda juda eski zamonlardan beri yovvoyi holida o‘sib yotadi. Bundan o‘n besh yil burun — buni o‘zingiz ham bilasiz, nega men buni sizga, o‘zi mutaxassis bo‘lgan odamga aytyapman, bilmayman, lekin ma’zur tuting, men baribir, Inga Fyodorovna, buni hikoya qilishim kerak va yana faqat Sizga hikoya qilaman va faqat yolg‘iz shugina o‘sha ishlarning hammasiga qandaydir ma’no bag‘ishlab turadi. Shunday qilib, o‘n besh yilcha burun bu battol giyohni, nashavandlar uni giyoh deb aytishadi,— chekish uchun yoki boshqa biron maqsadda yig‘ish hech kimning hayoliga ham kelmagan ekan. O’sha yerlik odamlar shunday deyishadi. Bu ofat yaqin-yaqinlarda paydo bo‘ldi. Albatta, bunda G’arbning ta’siri ham ozmuncha emas. Mana endi desangiz, menga qaysidir tashkilotlarga bayonot yozishni taklif qilishyapti. Hech aqlga to‘g‘ri keladimi shu gap. Tushunaman, bu masalani ko‘tarish oson emas. Yoshlar o‘rtasida, adolat yuzasidan aytib qo‘yaylik, yoshlarning ongi past qismi o‘rtasida, giyohvandlikka bag‘ishlangan o‘tkir shov-shuv tarzidagi maqola go‘yo obro‘-e’tiborimizga putur yetkazar emish. Hammani darg‘azab qilarmish. Kulgiga qolarmishmiz. Cho‘chigan narsalarini karang. Qalbakilik emasmi bu, siyosatda tuyaqushga o‘xshab qolish emasmi bu... Oqibati haddan tashqari og‘ir ko‘chadigan bunday obro‘ning kimga keragi bor! Bu so‘zlarni o‘qib turib, Inga Fyodorovna, voy bolasi tushmagur-ey, muncha sodda bo‘lmasa, muncha yonib-kuymasa deb, miyig‘ingizda kulib qo‘ysangiz kerak. Balki aksincha, tashvishlanib qoshlaringizni chimirgandirsiz. Rostini aytsam, bu sizga juda yarashadi. Qoshlaringizni chimirganlaringizda Sizning chehrangiz ilohiyotning mohiyatiga yetishga uringan yosh rohibllarning ruxsorlariday pok va g‘oyatda teran bo‘lib qoladi. O’sha Iso qalliqlarining chin go‘zalligi ham ularning ilhombaxsh maftunkorligida emasmi axir. Agar men bu so‘zlarni ovozimni chiqarib va yana boshqa odamlarning oldida aytsam, unda tilyog‘lamalik qilayotganday bo‘lib qolardim. Lekin, boya aytgan edim. Sizning qoshingizda mening na kamaytirib va na ko‘paytirib ko‘rsatadigan mutlaqo xech narsam yo‘q. Va mabodo, Sizning tashvishli hayol bilan to‘lgan chehrangiz xotiramga Uyg‘onish davri san’atining Bibi Maryamini tushirayotgan bo‘lsa, unda bu holni mening san’at sohasidagi tajribasizligimga yo‘yib qo‘ya qoling. Ishqilib, qanday bo‘lmasin, so‘zlarimning samimiy ekanligiga ishonarsiz deb umid qilaman... Axir, hammasi shunday boshlanmadimi? Siz og‘zimdan chiqqan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling