Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
oladilar. U yerda esa yo‘lovchilar ko‘p! Kimning kimligini bilib ko‘ring-chi! Rost, keyingi yillarda 
militsiya maxsus o‘rgatilgan itlar boqyapti. Ular nashani hididan topadi. Sizning jiyaningizni ham itlar 
ushlab berishdi... 
Viktor Nikiforovich o‘sha yerda yana boshqa ko‘p gaplarni ham eshitibdi. Bularning hammasini 
menga u aytib berdi. Lekin o‘zim ham taxminan shunday bir gapga ich-ichimdan yetilib qolgan edim. 
O’zimga tengqur yoshlarning aql va yuraklariga hech kimning hayoliga kelmagan bir yo‘l topsam deb, 
ich-etimni yeb yurardim. Ularni men ezgulikka chorlashim kerak derdim. Zimmamga yuqoridan xuddi 
shu narsa yuklatilganday edi. Shunday o‘ylab, ehtimol, o‘zimga o‘zim ortiqcha baho berib 
yuborgandirman. Lekin har qalay, nima bo‘lmasin, chin yurakdan shunday qilishni istardim. Balki buni 
ijtimoiy kelib chiqishim yuzasidan tushuntirish mumkindir. Kim bilsin yana. Men ayrim 
maqolalarimda, garchi umumiyroq tarzda bo‘lsa-da, ichkilikning yoshlarga halokatli ta’siri haqida 
to‘xtalgan edim. G’arbning fojiali tajribalari asosida giyohvandlik xususida ham shunga yaqinroq 
narsalarni yozgandim. Lekin bularning hammasini yo boshqalardan eshitgan va yo kitob-gazetalardan 
o‘qigandim. Yoshlar va ayniqsa, o‘smirlar o‘rtasida tarqalayotgan, ko‘p qayg‘uli oqibatlarga olib 
borayotgan, hammaga ma’lum, shu bilan birga ko‘plar vabodan qo‘rqqanday nomini aytishga 
qo‘rqadigan giyohvandlik hodisalari — shaxsning o‘z-o‘zini yemirishidan tortib, to qiynoqqa solib 
o‘ldirishlarigacha — o‘zimning o‘ylarim va kechinmalarim aks etadigan yorqin, ta’sirchan material 
tayyorlash uchun muammoni ichidan barcha tafsilotlari bilan ochib beradigan bilim yetishmayotgan 
edi. Buni qarangki, shu asnoda, bunday voqealar bilan shaxsan o‘zi to‘qnashgan Viktor Nikiforovich 
Gorodetskiy menga barcha boshidan kechirganlari, o‘y-hayollarini so‘ylab berdi. Pashani nashavand 
ulfatlardan ajratib olish uchun ota-ona, aka-uka, butun xonadon uylarini kichikroq, lekin boshqa 
shahardagi kvartiraga almashtirib ko‘chib ketishga majbur bo‘ldilar. Bularning barini Viktor 
Nikiforovich kuyunib, xafa bo‘lib hikoya qildi. 
Shu-shu ko‘nglimga tukkan ishimga dadil kirishdim. 
* * * 
Men Moskvaga keldim. Bu yerdan, Qozon vokzalidan nasha o‘sadigan cho‘llarga jo‘nashim kerak 
edi. Gap shundaki, xuddi mana shu Qozon vokzalida o‘smirlarning nashaga boradigan choparlari,— 
ha, ular nasha yiqqani boradigan bolalarni chopar der edilar,— to‘da bo‘lib oladilar. Keyin bu narsani 
o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Choparlar Shimol hamda Boltiqbo‘yining turli shaharlaridan, ayniqsa, 
Arxangelsk bilan Klaypedadan ko‘p kelishardi. Chamasi, bu shaharlarda nashani yo‘lga chiqayotgan 
dengizchilarga pullash qulay bo‘lsa kerak. Nashavand choparlarning izlariga tushish uchun men Qozon 
vokzalida Utyug yoki Utya laqabli ko‘kragiga sakson yottinchi raqam osgan yuk tashuvchini topishim
unga eski bir tanishidan salom yetkazishim lozim edi. Tanishining nomi bizga Pasha orqali ma’lum 
edi. Utyug patta kassalarini yaxshi bilar — andak muzd evaziga yo‘lda ketishni ta’minlar edi. Lekin, 
kim shunday qiladi bilolmadim, undan boshqa yana kimdir shu ishlarni maxfiy boshqarib turishi aniq 
edi. O’sha Utya bolalarning hammasiga bir poezdga patta topib, ularni har turli vagonlarga joylab, 
jo‘natishi kerak edi. Nashavand choparlar bilan yaqinroqdan tanishib shuni bilib oldimki, nasha olib 
kelish uchun boradiganlar avvalo, mabodo qo‘lga tushib qolsalar, miq etib og‘iz ochmaslik, bir-
birlarini sotmaslik uchun so‘z berar ekanlar. Shuning uchun ular odamlar ko‘z o‘ngida o‘zaro kam 
gaplashar ekanlar. 
Shunday qilib, mana, Moskvaga ilgari kelgan-ketgan paytlarimdan yaxshi tanish uch vokzal 
maydonidaman. Odam ko‘p. Ayniqsa, metro bilan vokzalning o‘zi tiqilinch, o‘tish mahol. Shuncha 
odam qaerdan kelyapti, qaerga ketyapti — girdobga tushgan cho‘pdek chirpirak bo‘lib aylanadi bu uch 
vokzal maydonida. Lekin baribir men Moskvada yurishni, shahar markaziga, sal kenglikka chiqib 
olgach esa, ko‘chalarda tentirash, eski kitob do‘konlarida ivirsish, afisha va turli e’lonlarni o‘qishni, 
ilojini topsam, yana Tretyakovka yoki Pushkin muzeyiga borishni juda sevardim. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling