Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
farog‘at yog‘ilardi. «Nimalarni ko‘rmagan bu devorlar va hali yana nimalarni ko‘rmaydi?» deb 
o‘ylardim. Ko‘chalarda o‘zidan-o‘zi yopirilib kelayotgan hayollarga berilib ketib, soqolimni kuni 
kechagina qirib tashlaganimni ham unutib, o‘zim sezmagan holda to‘xtovsiz yalang‘och iyagimni 
silardim. Shunda Qozon vokzalida uya qurib olgan kulfatning siriga yetmoqchiligimni ham vaqtincha 
esdan chiqardim. 
Yo‘q, har qalay, taqdir degan narsa bor, yaxshilik ham undan, yomonlik ham. Pushkin muzeyi 
tomon borarkanman, omadim yurishganini qarang, hech hayolimga kelmagan ish bo‘ldi. Men muzeyda 
jillaqursa, yangi ekspozitsiyalarni ko‘rarman deb, niyat qilgandim. Agar u ham bo‘lmasa, zallarni yana 
qayta aylanib chiqaman, ko‘p narsalarni esimga tushiraman, taassurotlarimni yangilayman, degandim. 
Buni qarang-ki, muzeyga kiraverishda, bog‘cha oldida qiz bilan yigit ro‘paramdan chiqishdi-da, meni 
to‘xtatishdi: 
Menga qara, oshna, senga bilet kerakmasmi? — dedi yaltiroq ko‘k galstuk taqqan, oyog‘iga 
malla tufli kiygan va tuflisi oyog‘ini qisayotganligi shundoqqina ko‘rinib turgan allakim. 
Har ikkovlari ham juda zerikib ketganga o‘xshardilar, basharalaridan betokatlik aks etardi. 
— Nima, biletlar yo‘q ekanmi? — deb so‘radim navbat gurgan biron kimsa yo‘qligini ko‘rib. 
— E, yo‘q, bu kontsertga. Faqat ikkalasini olasan. 
— Qanaqa kontsert? — so‘radim yana. 
— Kim biladi deysan, cherkov xori deyishyapti. 
— Muzeyda-ya? — hayron bo‘ldim. 
— Olasanmi, yo‘qmi? Ikkita bilet uch so‘m, ol. 
Men ikkala biletni oldimu muzeyga shoshildim. Pushkin muzeyida kontsertlar qo‘yilishini 
eshitmagandim. Administratordan so‘rab bildim. Keyingi vaqtlarda muzey qoshida klassik muzika 
lektoriysiga o‘xshash bir narsa tashkil etilgan ekan, ko‘proq mashhur muzikantlar tomonidan kamer 
kuylar ijro qilinarkan. Bu safar — vo ajabo — Italyan sahni deb atalg‘an zalda eski bulg‘or ibodat 
kuylari kontserti bo‘larkan. Hatto tushimga ham kirmagan edi bu! Nahotki, slavyan ibodat 
muzikasining otasi Ioann Kukuzel ijro etilsa? Afsuski, administrator xotin tafsilotlarini aytib 
berolmadi. Hurmatli mehmonlar kutilyapti, bolgar elchisi kelsa ajab emas, dedi u. Menga bularning 
hech kanday aloqasi yo‘q edi, baribir, xursand bo‘lganimdan to‘lqinlanib ketdim. Bulg‘or ibodat kuy-
qo‘shiqlari haqida ilgari otamdan eshitgan edim. Buni qarang endi — shunday ajoyib tortiq, yana 
xatarli safar oldidan. Kontsert boshlanishiga yarim soat vaqt qolgan. Men muzeyni aylanib o‘tirmadim-
da, o‘pkamni bosib olay deb, toza havoga chiqdim. 
Oh, Moskva, Moskva! Moskva-reka yaqinidagi yetti katta balandlikning biri, may oyining oxirlari! 
Yuragingda g‘ubor yo‘q, borliqda muvaqqat uyg‘unlik hokim, ana shunda shahar juda serfayz va 
hamma narsa juda ma’nodor bo‘lib ko‘rinadi. Ko‘kragimni to‘ldirib, chuqur-chuqur nafas olar, osmon 
tiniq, yer-havo — mo‘‘tadil, men muzey oldidagi bog‘ning cho‘yan panjarasi bo‘ylab nari borib-beri 
kelardim. 
Kutadigan hech kimim yo‘qligidan o‘kinardim. Ehtimol, cho‘ntagimda ikkita biletim borligi uchun 
shunday o‘ksingandirman. Kaniydi, u hozir kelib qolsa, bu qanchalar tabiiy va ajoyib bo‘lardi-ku. 
Unga ko‘chaning narigi betida xurganida ko‘zim tushadi, ishqilib, kechikib qolmay deb, ko‘chaning bu 
tomoniga o‘tmoqchi, u shunchalar go‘zal, shunchalar tentak va ehtiyotsiz, men uni deb qo‘rqaman, 
yuragim hovliqadi, hapriqadi, unga zo‘r berib, hayajonlanib ishoralar qilaman, shoshma, o‘tmay tur, 
hovliqma deyman,— ana, ko‘ryapsanmi, mashinalar kelyapti, odamlar ko‘p hamma yoqda, lekin 
yolg‘iz sen, sen mening baxti-iqbolimni o‘zing bilan birga olib yurasan, deyman. Shunda u menga 
qarab tabassum qilib qo‘yadi, axir u yuzimga qarab, yuragimdagi barcha so‘zlarimni uqib olardida. 
O’shanda men undan oldinroq ko‘chaning narigi betiga uning oldiga chopib o‘taman, men o‘zim 
uchun qo‘rqmayman, chaqqonligimni bilaman, chopib o‘tib shartta uning qo‘llaridan ushlab olardim-
da, ko‘zlariga termulib qarardim. Nima uchundir shu manzaralarni ko‘z o‘ngimga keltirarkanman, 
haqiqatan ham, yuragimda muhabbat intizorligini his qildim va nechanchi marotaba peshonamga 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling