Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
36 nabiy?.. Xalq xotirasida saqlanib qolgan o‘sha qadim qo‘shiqlarda olis-olis zamonlarda ro‘y berib o‘tgan azob-uqubatlar, yaxshilik va yomonliklarning azaliy tajribalari, ularga ota-bobolarning bag‘ishlagan ma’nolari, ular orqali his qilingan go‘zallik va abadiyat aks etmasmidi, shular haqida emasmidi o‘sha qo‘shiqlar? Shuning uchun yetovlon bir qo‘shiq tugar-tugamas boshqasini ulab yuborar va qo‘shiqlarning halqasi sira uzilmasdi. Faqat Sandrogina vaqti-vaqti bilan davradan chiqib, o‘tin keltirib, yana gulxanga qalardi. Bekorga u shuncha kuruq o‘tin yig‘magan ekan o‘rmonda (hayotda har bir narsaning o‘z bahonai sababi bo‘ladi), mana endi, olovga o‘zi zo‘r berib o‘tiribdi. Qo‘shiqlarni ham u barcha qatori chin yurakdan aytar — axir qo‘shiq hammaga bab-baravar tegishli emasmi? Boshqalar aytishi man etilgan, faqat podshohlarning o‘zlarigina aytadigan qo‘shiqlar yo‘q. Qo‘shiq ayt, quvna, yayra, dard chek va yig‘la, o‘ynab qol bu tiriklik ayvonida... Kimni jondan sevgan eding, kimni titrab-qaltirab kutgan eding, kim seni tashlab ketdi, qanchalar o‘rtanding, kuyding, seni tushunmadilar bundan ko‘ra o‘lganim yaxshiydi deding, o‘lim oldida aytgan so‘ngti qo‘shig‘ingni u eshitishini orzu qilding, onang qanchalar erkalardi seni go‘dakligingda, dov va tanti otangning boshi qaylarda qoldi, qanday jang qilishardi jasur do‘stlaring, qaysi xudolarga ocharding beg‘araz va pok dilingni, o‘ylaganmiding hech odam nega tug‘iladi-yu, nega o‘ladi va nega o‘lim doim sen bilan birga, sendan nari jilmaydi va o‘lgandan so‘ng o‘lim yo‘q, lekin hayot o‘limdan yuqori, dunyoda hayotdan ko‘ra yuqori o‘lchov yo‘q — shuning uchun tirik jonni mahv etma, lekin elingga yov bostirib kelsa, darhol himoyaga otlan, sevganingni nomusini asra xuddi ona-Yerni yotlardan asraganday; ayriliqni hech totib ko‘rgyanmisan, bilasanmi ayriliqning dushvorligini, xuddi yelkangga cho‘ng tog‘larning yuklari ortilganday; suyganing bo‘lmasa, hech narsa ko‘zlaringni quvontirmaydi: na gullar, na nurlar va na kelajak kunlar — ana, nimalar kuylanmaydi qo‘shiqda, aytib ado qilib bo‘larmidi barini... O’sha kecha hijron chog‘i alam va ilhom bilan qo‘shiq aytayotgan shu yetti gruzindan ko‘ra bir- biriga jondosh va qadrdon odamlar dunyoda yo‘q edi. Qo‘shiq ohanglari ularni yanada yaqinlashtirib qo‘ygandi. Ota-bobolar nasllarga shu dilbar ruhafzo so‘zlarni qoldirish uchun qancha-qanchalab xunoba yutganlar, achchiq voqealarni boshlaridan kechirganlar. Qushni uchishidan bilganday gruzin ham gruzinni qo‘shiq aytishiga qarab o‘n chaqirim naridan biladi va uning qaerlik ekanligi, boshiga nima savdo tushganligi, yuragida nima borligi, qaysi to‘yda sho‘x o‘ynab-kulganligi yoki qanday g‘am-qayg‘u jonini qiynayotganligini bexato aytib beradi... Oy tog‘lar uzra ancha havolab ketgandi. Butun yer uning yog‘dulariga cho‘mib yotardi — o‘rmondagi daraxtlarning qora cho‘qqilari tungi shamolda chayqaladi, daryo shaldiraydi, nam bosgan xarsangtoshlar kumushday jilolanadi, tun qushlari gulxan atrofida kuylayotgan odamlar ustidan sharpaday uchib o‘tadi va hatto egarlangan otlar egalarini sabr-toqat bilan kutib, quloqlarini tikkaytirib, qimirlatib-qimirlatib qo‘yadilar, ularning ko‘zlarida olov shu’lalari o‘yin tushadi... Otlar begona o‘lkalar sari yo‘lga chiqishlari kerak, vaqt yaqinlashib kelardi... Lekin, qo‘shiqning oxiri ko‘rinmasdi. Guram Jo‘xadze hammasi uchun yuragini birato‘la bo‘shatib olmoqchiga o‘xshardi: «Og‘aynilar, qo‘shiq ayting, may iching, davraga yig‘ilish boshqa nasib etmaydi, yana qachon aytamiz gruzin qo‘shiqlarini...» Dam yakka-yakka, dam hammalari jam bo‘lishib qo‘shiq aytishar, dam xuddi o‘lim oldidan o‘yinga tushayotganday gursillab, shahdam raqs boshlab yuborishar, so‘ng yana davra yasab qatorga turishardi yetovlon gruzin, to‘g‘rirog‘i, oltovlon va yettinchi. Sandro esa dam-badam davradan chiqib, gulxanga o‘tin tashlar, olov qarsillab, tobora qizdirib, kuydirib baland o‘rlardi. Oxirgi qo‘shiqni aytamiz deyishdi, keyin yana va undan keyin yana xayrlashuv oldidan aytaylik, deyishdi, hech tinchiydigan emas, yana davraga turishdi, boshlarini quyi egib, qo‘shiq boshlashdi — ohang go‘yo yer osgidan guvillab kelayotganday o‘ychan va qudratli yangrab borardi. Garchi gulxan alanga olib yonayotgan bo‘lsa ham, Sandro yana o‘tin keltirgani orqaga o‘tdi. Buni u aniq hisobga olgan edi — chetdan u olov atrofida qo‘r tashlagan, ko‘zlari o‘tdan yoshlanib ko‘shiq aytayotgan oltovlonning xar birini aniq-taniq ko‘rib turar, uni esa hech kim ko‘rmasdi... Og‘ir mauzer allaqachon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling