Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
37 shay edi. Qasos pallasi yetgandi. Ko‘p o‘qli tezotar mauzerni ikkinchi qo‘li ustiga qo‘ydi. Birinchi o‘q bilai ko‘r yigitlar boshlig‘i Guram Jo‘xadzeni qulatdi. To‘pponcha ovozi tun qo‘ynida momaqaldiroqdek gumburlab ketdi va shu zahoti, yigitlar bo‘g‘zidan hali qo‘shiq so‘zlari uzilmayoq boshqa beshovini ham ketma-ket otib yiqitdi. Ular nima ro‘y bertanligini hatto anglolmay qoldilar. Shunday qilib, o‘lim charxi yana bir sharmandali aylandi. To‘kilgan qog‘lar uchun yana qonlar to‘kildi. Shunday. Inson munosabatlarining konunlari aljabr hisob-kitoblariga bo‘ysunmaydilar. Zamin esa qonli fojialarning kajavasi kabi do‘naveradi... Nahot, axir, bu kajava to oxir zamon bo‘lguncha, Yer oftob atrofida kezib charchatuncha evriladi, nahot aylanaveradi qonli charx? O’qlar mo‘ljalga aniq urildi. Fakat bir odam titragancha qo‘liga tiralib turmoqchi bo‘ldi. Sandro sakrab sakrab borib, uning chakkasidan o‘q qo‘ydi... Otlar qo‘rqib orqaga tisarkldilar va so‘ng jilovlangdn yerlarida qotib qoldilar... Gulxan yonib bitmagandi. Daryo vag‘illardi. O’rmon va tog‘lar bari o‘z joyida edi, oy yuksaklarda sokin kezardi hech narsa yuz bermaganday, yolg‘iz uzoq davom etgan taronagina uzildi, uzildi... Sandroning basharasi tun shulasida bo‘zdey oqarib ko‘rinardi. U xars-hars nafas olar, o‘pkasiga havo yetmasdi. U meshni shart ko‘tardi-da, tagida qolgan vinoni to‘kib-sochib yutoqib icha boshladi, u ichida yonayotgan olovni bosmoqchi bo‘lardi... Keyin sal o‘ziga keldi, gulxan atrofida yotgan o‘liklarni xotirjam aylanib chiqdi. So‘ng o‘lganlarning qurollarini oldi, ularni egarlarning boshlariga osib qo‘ydi. Otlarni jilov, no‘xtalaridan batamol, bo‘.iatdi, ularni erkin-likka qo‘yib yubordi. Hamma otlarni, jumladan, o‘z to‘rig‘ini ham bo‘shatdi... Otlar erkinlikni sezgach, tog‘dan pastga, odamlar qo‘nalg‘asi tomon turnaqator tizilishib tushib keta boshladilar. Axir otlar doim odamlar yashaydigan tomonga qarab yuradilar... Ularning ortlaridan birpas qarab turdi... Lekin mana, taqalarning ovozlari ham eshitilmay qoldi, pastda oyning tutab yotgan beqaror shu’lalari qo‘ynida qator tizilib borayotgan otlarning sharpalari ham ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi... Hammasi tugadi. Sandro yana bir marto yerda ag‘anab yotgan oltovlon atrofidan aylanib chiqdi-da, sal chekkaroqka o‘tdi. Mauzerning og‘zini chakkasiga tiradi. Tog‘larda yana bir o‘q ovozi sadolandi. Bu yettinchi edi. U ham o‘z qo‘shig‘ini aytib bitirgandi. O’sha gruzin balladasi mana shunday yakunlanardi. Eski bulg‘or qo‘shiqlarini ijro etgan yosh bolgar mug‘anniylarini tinglarkanman, birdan shu haqda esladim. Bu qo‘shiqlar asrlar zulmatidan turib Yaratganga tavallo qilayotganlarning nolalaridan tug‘ilgandi. Ular Yaratganni yo‘qdan bor qilib, so‘ng uni ruhoniy mavjudiyatga aylantirgan edilar. Ular o‘zlarini yorug‘ dunyoda juda yolg‘iz his qilardilar, yolg‘iz qo‘shiqlar va duolardagina uni topamiz, deb, ishonardidar. Men o‘sha voqeani favqulodda bir zum ichida, sanoqli soniyalar ichida yodimga tushirdim va barcha hayajonlari bilan boshimdan kechirdim. Tafakkur tezligi oldida yorug‘lik tezligi hech narsa, hayol o‘tmishga karab yo‘l olib yana orqaga qaytib, vaqt hamda makon ichida harakat qila oladi, uning sur’ati bilan hech narsa tenglasholmaydi.... O’sha yillar shunday bo‘lishi mumkin edi. Men bunga mana hozir ishondim. Muallif hikoyaning xotimasida Sandro o‘limidan so‘ng orden bilan taqdirlanganligini yozgandi. Ammo bir tarafning yangi kirib kelayotgan tarixga qarshiligi va ikkinchi tarafning xuddi mana shu tarixni tezlatish uchun besabr kurashi hayotni tub tomirlari bilan o‘zgartirmasa, grajdanlar urushining fojialari millatning fojialariga aylanmasaydi, inqilob dalalaridagi bu dahshatli chek-chandiqlar qaerdan paydo bo‘lardi va gruzin balladasi shunday yakun toparmidi unda?.. Axir o‘sha yettinchi tantana qilishi, yashashi mumkin edi-ku. Lekin u buni istamadi. Buning sabablarini tushuntirish juda qiyin. Har kim bu sabablarni o‘zicha keltirishi va izohlashi mumkin. Men esa, o‘sha soat uzoq-uzoqlarda turmushning ochiq ummonlarida abadiy suzib yuruvchi ruhafzo hayolning oppoq yelkanlarini ko‘targan bulg‘or qo‘shiqlarining kemachasida sayr qilarkanman, gruzin naqlining shunday tugashiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling