Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 Qaniydi, u bilan meni hozir shu qadar to‘lqinlantirgan, tasavvurlarimni jonlantirgan narsalarni unga aytib, o‘rtoqlashsam. Lekin afsus... Bu yerda yana boshqa bir narsani ham o‘yladim. Taqdir ishqilib, bularning barini kulgili qilib qo‘ymasin, keyin eslaganda, uyalib, xijolat chekib yuradigan bo‘lmasin... Nimagadir, oyimni, go‘daklik chog‘larimni esladim... Qish payti edi, ertalab xammayoq oqargan, yop-yorug‘ hiyobonlarga erinibgina qor uchqunlaydi, oyim kular ko‘zlar bilan yuzimga tikiladi, valangar paltomning tugmalarini qadaydi, nimalardir deydi, men undan qochib ketaman, u esa kulib ketimdan quvadi, tepalikda joylashgan cherkovdan butun shaharga jom ovozi taraladi, otam o‘sha yerda dyakon bo‘lib xizmat qiladi. U Xudoga qattiq ishongan odam edi, shu bilan birga, odamzotning Xudo uchun va uning nomidan yaratgan barcha narsalari shartli ekanligini yaxshi tushunardi. Men buni endi fahmlayapman. Men esam, u kishini qanchalar e’zozlamay, butunlay boshqa yo‘ldan ketdim. Uning xohishini ado etolmadim. Otam narigi dunyoga rozi bo‘lib ketdi. Men-chi, o‘zimni har yoqqa uraman, o‘tmishni rad qilaman ia yana bundan battar yuragim siqiladi. Lekin shunda ham, asrma-asr tarqalib, butun dunyoda, inson avlodlariga, ularning qarashlariga hokim bo‘lish uchun barcha qit’alar va orollardagi odamlarni o‘z komiga tortib, aqidalariga ishontirgan, chakmoqni yerga o‘tkazib yuborgan yashinqaytarg‘ich kabi odam bolasining abadiy isyonkor da’vatlarini bosib to‘xtatib, ularni mutelik va itoat qa’riga cho‘ktirgan, bir paytlar cheksiz qudratga ega Mutlaq g‘oyaning ilgarigi ulug‘vorligi Xamda mislsiz ifodaviyligidan sururga to‘laman. Shukrlar bo‘lsin — Imon va Gumongakim, ular hayotni to‘xtovsiz harakatga keltirib turadigan kuchlardir. Men shak, gumon kuchlari o‘stun kelgan zamonda tug‘ildim. U shubhalar o‘z navbatida yana yangi shubhalarni vujudga keltirdi. Men ana shu jarayonning mevasiman. Meni bir tomon ko‘kragimdan itarib, chetga surib qo‘ydi, ikkinchi tomon esa, meni butun murakkabliklarim bilan o‘ziga qabul qilishni istamaydi. Nima ham qilardik, tarix menga o‘xshaganlardan qasdini oladi, ularni ermakka aylantiradi... Eski bulg‘or qo‘shiqlarini kuylayotgan mug‘anniylarni tinglar ekanman, ana shularni o‘ylardim. Qo‘shiqlar o‘sha zalda xuddi o‘tgan zamonlarning aks sadosiday biri ketidan biri yangrardi. «Kecha qurboni», «Sabiylarni tahqirlash», «Maloiklar nolasi» kabi Injil ehtiroslari din-iymon yo‘lida aziyat va riyozat chekkanlarning og‘ir alangali qo‘shiqlari bilan almashardi. Garchi, bularning ko‘pi menga avvaldan tanish bo‘lsa-da, meni ijro etuvchilarning o‘zlari maftun etib qo‘ygan edilarki, buni to‘la ifodalab berolmayman. O’n mug‘anniy o‘ziga asir qilar, ma’lum narsalarni tengsiz san’atga aylantirar, bu san’atning kuchi xalq ruhining tarixan keng qamralganida edi. Zotan, azobi ko‘pning biligi ham ko‘p... O’z kuylaridan zavq-shavqqa to‘lib, mastona qo‘shiq aytayotgan Sofiya mug‘anniylarining ovozlariga quloq tutar, ularning xatti-harakatlariga razm solarkanman, kutilmaganda, chap tomondan ikkinchi bo‘lib turgan, bug‘doyrang, qora sochli bolgarlar ichida birdan-bir malla qo‘shichi juda ham menga o‘xshab ketishini sezib qoldim. O’zingga baayni o‘xshaydigan odamni uchratsang, g‘alati bo‘lib ketarkansan kishi. Uning ko‘zlari ko‘kimtir och, yelkalari tor,— ehtimol, uni ham bolaligida oriq deb chaqirishgandir,— uzun sochlari och sarg‘ish, qo‘llari serpay va ingichka, u ham tortinchoqligini qo‘shiq aytib yengsa ajabmas, bunday holat menda ham ko‘p bo‘ladi, o‘ng‘aysizligimni yashirish uchun ko‘pincha gapni diniy mavzularga burib yuboraman. Xotinlar bilan tanishganda ham, jiddiy va sipo gaplardan olaman, tashqaridan qaragan odamga bu o‘lguday ahmoqona ko‘rinsa kerak. Ko‘kko‘z yigitning chehrasi ham baayni o‘zim — ikki chakkasi ichiga botgan, qirg‘iyburun, peshanasiga ikki uzun chiziq tushgan va hammadan ham, soqolini aytmaysizmi, naq mening qirib tashlangan soqolimning xuddi o‘zginasi. Qo‘lim iyagimga cho‘zilganini o‘zim ham sezmay qoldim. Shunda ertaga nashavand choparlar bilan cho‘lga otlanishim yodimga tushdi. O’zimdan o‘zim tong qolaman: qaerga ketyapman, nimaga? Hech solishtirish mumkinmi, ilohiy samolar qayda-yu vokzalga in qurib olgan utyuglarning qabohatlari qayda? Biroq, barcha zamonlarda ham chinakam hayot hamma yaxshiliklari va zolimliklari bilan ibodatgohlardan tashqarida kechgan. Bizning zamonamiz ham bundan mustasno emas... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling