Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 Qo‘shiqchilar shu yerda turishgan ekan. Ular biz kirib kelgan eshikdan zalga o‘tishdi. Ular jami o‘n kishi edilar. Bor-yo‘g‘i o‘n kishi. Hammalari navqiron, men bilan bir yoshdagi yigitlar. Hammalari bir xilda kontsertbop qora kostyumda, oppoq yoqalarida qotirma kapalak galstuklar, qora botinka. Na cholg‘u asboblari, na mikrofon-lar, na ovozni kuchaytirib beradigan uskunalar, na maxsus sahna va na ko‘zni qamashtiradigan rango-rang chiroqlar. Faqat zaldagi chiroqlarning yorug‘ligini bir ozgina pasaytirishdi, xolos. Nazarimda, bu yerga kapella haqida tushunchaga ega tinglovchilar yig‘ilgan, lekin negadir baribir qo‘shiqchilar uchun qo‘rqib ketdim. Ozmuncha odam yig‘ilganmi? Buning ustiga bizning yoshlarimiz baqiroq elektron ovozlarga o‘rganib qolishgan — qo‘shiqchilar jang maydonida qurolsiz qolgan askarlarga o‘xshardilar. Ular yelkama-elka yarim doira yasab turishdi. Chehralari osuda, serdiqqat, o‘zlariga ishonch barq urgan. Yana bir qiziq narsani ham payqadim — ularning hammalari negadir bir-birlariga xuddi quyib qo‘ygandek o‘xshardilar. Yuraklari shu tobda bir tashvish, bir intilish, bir maqsad bilan urayotganligi boisidan shunday ko‘rinsa kerak. Bunday paytlarda boshqa narsalar, hatto har birining hayotidagi eng muhim narsalar ham orqaga chekinadi, ular xayoldan mutlaqo chi-qarib tashlanadi — bu jangga kirishdan oldin hamma g‘alaba qozo-nishni o‘ylaganday gap. Bu orada boyagi bolgar juvon kontsert boshlanmasdan burun qora ko‘zoynagidan bizga vazmin nazar tashlagancha, qisqacha tarixiy ma’lumot berib o‘tdi. Bolgar cherkovining o‘ziga xosligi, Vizantiyaga borib taqaladigan ildizlari, ajralib turadigan xususiyatlari, ibodat marosimlari va qo‘shiqlari haqida so‘zladi, bolgar qo‘shiqchiligining milliy an’analariga taalluqli ayrim tafsilotlarga to‘xtal-di. So‘ng kontsert boshlanganligini e’lon qildi. Qo‘shiqchilar tayyor edilar. Ular nafaslarini rostlab yana bir zum jim qoldilar. Bir-birlariga yelkama-elka yanada jipsroq turdilar. Shunda jimjitlik cho‘kdi. Zal xuddi bo‘shab qolgandek tuyuldi — odamlarning qiziqishlari ortgandi: qani, bu o‘n yigit bizga nima berarkin, nima hunar ko‘rsatarkin. Ular o‘zlarining nimasiga ishonarkin. Nihoyat, o‘ng tomondan uchinchi bo‘lib turgan qo‘shiqchi — u to‘daning yetakchisi shekilli — ishora qildi va qo‘shiq boshlandi. Ovozlar parvoz etdi... O’sha jimjitlik ichida go‘yo samoning porloq havoyi aravasi ohista o‘z o‘rnidan jildi va ko‘zga ko‘rinmas havo to‘lqinlariga minib zaldan chiqaroq ko‘klarga intildi, bu jonon aravaning ortidan ruhning bitmas-tuganmas zahiralaridan kuch-quvvat olaroq va har safar qayta tirilaroq ovozlarning tantanavor hamda sarafroz izlari o‘chib ketmay cho‘zilgandan cho‘zilib borardi. Saraxbordanoq kapelladagi barcha ovozlar o‘zaro juda nozik moslashganligi, ovozlarning harakatchan va uyg‘un-mutanosibligiga erishilganligi bilindi. O’nta bir-biriga aslo o‘xshamaydigan odam, ular qancha vokal qobiliyat va mohirlikka ega bo‘lmasinlar, bunchalar uyg‘unlikka erisha olishlarini hatto tasavvur qilish qiyin edi. Va agarda mabodo, mana shu qo‘shiq ijrosiga har qanday muzika va aynyksa, zamonaviy muzika asboblari jo‘r bo‘lganda edi, o‘nta mustahkam ustun tutib turgan manavinday noyob imorat ham qulab tushishi shak-shubhasiz edi. Noyob qismatgina bunday mo‘‘jizani yarata olishi mumkin. Ya’ni mana shu, ha, xuddi mana shu o‘nta odam qazovu qadarning marhamati bilan bir paytda tug‘ilishi, voyaga yetishi, bir-birlarini axtarib topishi, bir yerga to‘planishi, qachon-qachonlardir yetib ham, ajratib ham bo‘lmas Ruhdan yaralgan Ilohni ne azob-uqubatlar ichida izlagan, o‘ylagan va nihoyat, topgan abo-bobolar oldida farzandlik burchini his qilishi kerak edi — axir, so‘z bilan ifodalash qiyin tug‘yonli, nolakor qo‘shiqlar faqat mana shu holdagina dunyoga kelishi mumkin edi. Ular shu qadar zo‘r qudrat bilan vujudan kuyga aylanib, o‘rtanib, o‘z kuylariga tamomila berilib aytardilar-ki, bu san’atning sarvati uning tuganmas ehtirosida jo bo‘lgandi. Bunda ilohiy so‘zlar bahona edi, xolos. Ilohga qarata munojot edi. Hammasining boshida esa, o‘z ulug‘vorligining mumtoz cho‘qqilari sari umtilgan inson ruhi turardi. Tinglovchilar asiru maftun bo‘lgan, butkul o‘y-hayolga botgandilar. Ularning har birlariga o‘zini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling