Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
suyuqlikka aylantirilishi mumkin. Bunga Morjga o‘xshaganlar yo boshka chavaq nashavand 
choparlarning qurbi yetmaydi. Lekin juda ko‘ngillari tusab qolsa, ekstrani tillari tagiga tashlab so‘rish, 
chaynash, aroqqa qo‘shib ichish, nonga qo‘shib yeyish qo‘llaridan keladi. Ular ekstraga xumor 
bo‘lsalar, miyamizni bir chalg‘itaylik, deydilar. Lekin eng qo‘lbolasi — nashani chekish. Bunda ham 
har kim o‘z holiga yarasha: kim tozasini chekadi, kim tamakiga qo‘shib aralashtiradi. Chekkanda ham 
miya ancha chalg‘iydi. Lekin bunda nashaning kayfi boshqa usullarga qaraganda tezroq tarqaydi. 
Bularning hammasini va yana nashavand choparlar hayotiga oid boshqa ko‘p narsalarni men 
«Xalxingol»ga borganimda asta-sekin bilib oldim. «Xalxingol» deb o‘sha nasha o‘sadigan joylarni 
aytisharkan. «Xalxingol»i qursin, sal bo‘lmasa, chuv tushay debman. 
— Sen ham chavag‘im, «Xalxingol»gami?— so‘radi Utyug gap orasida. Oldin tilim tutilib qoldi, 
tushunmadim «Xalxingol» deganiga, keyin birdan farosatim ishlab ketdi: 
— Shunday desak ham bo‘ladi. Umuman olganda menga bu... 
— Unda gap bunday. Bilet to‘g‘risida chavag‘im, tashvishlanma. Hammasi joyida. Qolgan 
gaplarni o‘t-mo‘t olib kelganlaringda Dogning o‘zi hal qiladi. Bu mening ishim emas. 
Bizga biletlar olib beradigan Dogning kimligi, u nimani hal qilishini men bilolmadim, oxirigacha 
ham buni aniqlay olmadim. Lekin Utyug bilan o‘rtamizdagi gap-so‘zdan «Xalxingol»ga bugun emas, 
ertaga yurishimizni bildim. Ma’lum bo‘lishicha, hali barcha choparlar yetib kelishmagan. 
Murmanskdan ikki chopar tungi poezd bilan keladi. Yana bittasi, qaerdan ekan bilmayman, ertalab shu 
yerda bo‘ladi. Lekin endi bularning menga sira daxli yo‘q. Bir kun ham harna Moskvada turganga ne 
yetsin. 
Ertaga tayinlangan vaqtga Qozon vokzaliga keladigan bo‘ldim (kelsam-kelmasam, baribir, shu 
vokzaldan bo‘lak yotadigan joyim yo‘q). Men bilan xayrlasharkan, Utyug giyoh soladigan yukxalta va 
yelim paketlaring bormi deb so‘radi. Jomadonimda yukxalta va paketlar bor edi. U, magazinlarni qara, 
agar qopqog‘i maxkam, zich yopiladigan shysha yoki plastmassa quticha topsang, sotib ol, o‘shanga 
nashaning shirasini yig‘asan, dedi. 
— Shalpangquloq bo‘lma. Juda qiyin ish-ku, lekin bir ozgina shirach to‘pla,— deb shipshidi u.— 
O’zim hech bormaganman, lekin ko‘p eshitganman. Shu yerda bir Lyoxa degani bor. Ikki marta safar 
qilib keldiyu, darrov «Jiguli» oldi. Moskvada maza qilib yuribdi, shataloq otib... Odam uzog‘i bilan 
o‘n kungina qiynaladi, xolos... 
Shundan so‘ng har qaysimiz o‘z yo‘limizga ketdik. Men jomadonimni saqlash joyiga topshirdim-
da, Moskvani aylangani otlandim. 
May oyi oxirlab qolgan. Yoz boshlanishi oldida Moskva juda boshqacha bo‘lib ketadi. Unday 
desam, kuz-chi, havo behad musaffo, yaproqlarning tillarang shu’lalari hatto odamlarning ko‘zlarida 
aks etadigan erta kuz pallasi ham mislsiz chiroyli. Lekin, men ko‘proq yozga kirib borayotgan 
Moskvani yaxshi ko‘raman — uning kunduzgi ko‘chalari gashtli, sutday oppoq kechalari gashtli, 
bunday chog‘larda shaharning o‘zi ham, shahar uzra yulduzli osmon ham to tongga qadar tun yog‘dusi 
shu’lalariga cho‘milib yotadi. 
Men vokzaldan tezroq toza havoga chiqmoqchi edim, lekin shahar markaziga metroda borish 
qulayligini esladimu, yana odamlar oqimiga qo‘shildim. Hali kechki tiqilinchga vaqt bor. Ko‘z 
o‘ngimda qorong‘ulik va yorug‘lik lipillab o‘tarkan, markazga bemalol yetib oldim. Sverdlov 
maydonida o‘zim yaxshi ko‘radigan bog‘chaga qaradim. Bog‘cha xuddi so‘lim orolga o‘xshaydi. U 
ko‘m-ko‘k yashnab yotadi, atrofida mashinalarning tinimsiz oqimi va zich qurshab kelayotgan g‘uj 
binolar. Men beixtiyor yo‘lovchilar to‘lqiniga qo‘shilib, Manej tomonga yurdim. Biron ko‘rgazma 
ochilgan bo‘lsa ko‘raman, dedim. Ammo Manej berk ekan. Shundan so‘ng eski universitet binosi 
oldidan, Pashkov uyidan o‘tib, Valxonkaga va undan Pushkin muzeyiga bordim. Negaligini 
bilmayman.. Lekin dilim juda osuda va farahli edi. Balki bu hali tiqilinch boshlanmagan Moskva 
markazining ko‘chalaridanmikin yoki balkim, shaharning bu qismi uzra go‘yo nuramas tog‘ 
tizmalariday yastanib turgan Kremlning g‘ishtin devorlari tashlagan soyalardanmikin, ruhimga ajib bir 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling