Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 birinchi so‘zimdanoq menga ishondingiz va mening hayotimda butunlay yangi bir sahifa ochdingiz...» * * * Bugun yana maqolam yuzasidan redaktsiyaga bordim. Ahvol o‘sha-o‘sha, hech qanday o‘zgarish yo‘q, hech qanday siljish yo‘q, hech qanday yorug‘lik yo‘q. Nega mening cho‘l ocherklarimni redaktsiyada avval shod-xurramlik bilan qarshi olishdi-yu, nega endi butunlay ko‘ngillari sovidi, buni menga hech kim tuzukroq qilib tushuntirib berolmaydi. Ko‘tarilgan masalalar qanchalar muhimligini axir, oshkora tan olishgan edi-ku. Gazetaning bosh muharriri mendan o‘zini olib qochgani qochgan, koshki qo‘ng‘iroq qilib olib bo‘lsa uni, kotibasi doim band deb javob beradi — dam hay’at, dam yig‘ilish, dam yuqori chaqirgan, ular ayniqsa, mana shuni ro‘kach qilishni juda yaxshi ko‘rishadi. Yana tanish ko‘chalardan yolg‘iz o‘zim ketib boryapman. Bu yerga chetdan kelib qolgan begonaga o‘xshayman. Go‘yo shu yerda tug‘ilmaganday, bolalikdan katta bo‘lmaganday, yuragim huvillagan, bo‘m-bo‘sh, o‘zimni yot sezaman. Gohi tanishlarim men bilan so‘rashmaydilar. Ular meni dindan qaytgan, murtad deb bilishadi, seminariyadan quvilgan, bid’atchi va hokazo va hokazo. Faqat bir narsa yuragimga harorat bag‘ishlab turadi, faqat bir o‘y doim meni o‘ziga tortadi — bu mening xatlarim. Yo‘l-yo‘lakay nimani yozishimni o‘ylab boraman. Keyingi xatimda unga qiziqarli bo‘lgan barcha narsalar haqida hikoya qilib beraman. Suyukli ayol haqida hayol surish, unga maktublar yozish hayotimning asl ma’noiga aylanadi deb, sira o‘ylamagan edim. Qaniydi, qanotim bo‘lsa, tezroq uning oldiga parvoz qilsam, yana u bilan birinchi uchrashgan joyga yetsam. Tezroq bo‘la qolsaydi! Yurib ketyapman-u nuqul shuni o‘ylaganim o‘ylagan. Chog‘i, boshqa odamlarning boshlaridan ham shunday kunlar o‘tgandir, ular ham ma’lum bir vaqt hayotlarining mazmunini faqat muhabbatda bilib, shundan quvonib, boshlari osmonga yetib yurgandirlar. Lekin ulardan farqim shundaki, men to o‘lguncha sevaman va hayotimning butun ma’nosi yolg‘iz shunda bo‘ladi... Mana, xiyobonlarda yaproqlar to‘kilyapti. Axir, men yozgan narsalar yozning boshida bo‘lib o‘tgan edi-ku. Redaktsiya o‘sha kezlari mening fikrimni ma’qullab tezroq yozishga qistar edi. Amaliy ishga kelganda, redaqtsiya o‘zini orqaga tortishi mumkinligi hayolimga ham kelmagandi. Ommaviy matbuot sahifalarida faqat o‘zimizga ma’qul va yoqadigan, obro‘ keltiradigan, yutuqlarni umumlashtiradigan narsalarnigina yozish kerak, degan g‘alati odat bunchalar kuchli ekanligi hakida o‘ylamagan ekanman. O’sha kunlari butun fikru zikrim janub o‘lkalariga qiladigan safarim bilan band edi. Rossiyaning ichkarisida tug‘ilib-o‘sganim uchun u notanish yerlar menga juda jozibali ko‘rinardi. Borsam, nashavand choparlarning biri bo‘lib, ularning maxfiy to‘dalariga qo‘shilib boraman, deb ko‘nglimga tugib qo‘ygan edim. Chetdan turib kuzatish bilan bunda hech narsaga erishib bo‘lmasdi. To‘g‘ri, yoshim nashavand choparlardan ko‘ra sal kattaroq, lekin tashqaridan qaraganda, shubha uyg‘otadigan darajada emasdi. Redaktsiyadagilar, agar eski jinsi bilan to‘zigan krossovka kiyib olsangiz, buning ustiga soqolingizni ham oldirib tashlasangiz, sizni o‘sha jo‘n bolalardan sira ajratib bo‘lmaydi deyishdi. Bo‘pti, dedim-da, soqolimni qirdirib tashladim. Hech qanday yon daftar tutganim yo‘q. Xotiramga ishondim. Men qanday bo‘lmasin, ularning ichlariga kirib olishim, bu yo‘lga bolalarni nimalar boshlaganligini aniqlashim, pul topish va savdo-sotiqdan o‘zga yana nima ularni bunchalar mashg‘ul qilib qo‘yganligini bilishim kerak edi. Men bangilik hodisalarini shaxsiy, ijtimoiy, oilaviy, qolaversa, psixologik holatlarini ichdan turib o‘rganishim zarur edi. Shunga qarab, hozirlik ko‘rdim. May oyi edi. Nasha may oyidan gulga kiradi. Shundan boshlab uning gulini terish uchun maxsus odamlar Mo‘yinqum va Chu cho‘llari sari otlanadilar. Bularning hammasini menga shahrimizdagi maktablardan birining tarix o‘qituvchisi Viktor Nikiforovich Gorodetskiy degan tanishim hikoya qilib berdi. U bilan ikkimiz bir bog‘dan, bir tog‘dan deganday suhbatlashib o‘tirganlarimizda, hazillashib meni ota Avdiy deb chaqirardi. Uning yoshi ham mendan unchalar katta emas, opam Varvara bilan tengqur edi. Viktor Nikiforovichning bir jiyani bo‘lib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling