Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Bu safar elektrichkadan Yaroslavskiy vokzalida tushib Qozon vokzali tomon odamlar izdihomi 
ichra o‘tib borarkanman, bir fikr miyamdan o‘tdi. Buni qarang, ilgari o‘zimga o‘zim xo‘jayin ekanman. 
Kamsuqum xohish-istaklarim o‘zimga tobe, zimmamda hech qanday yuk yo‘q, hech qanday ish-
tashvish vaqtimni band qilmaydi. Moskva ko‘chalarida qancha xohlasam va qanday xohlasam, 
shunday tentib, o‘ynab yuraman. Bundan ortiq bo‘lishi mumkinmi, axir. Xo‘p, zamonlar ekan-da, 
o‘sha zamonlar. Hozir esa, chumolining uyasidek, odamlar g‘ujg‘on o‘ynab yotgan ulkan Qozon 
vokzalida ko‘kragiga sakson yettinchi raqam osgan Utyug laqabli aloqachi va yuk tashuvchini zudlik 
bilan topishim kerak. Oh, Xudoyim, buning raqami sakson yettinchi bo‘lsa, Qozon vokzalida unga 
o‘xshagan arava sudraganlarning o‘zi qanchaykin, yuzdan kam emasdir har holda. Chindan ham, bu 
izdihom ichidan uni topish oson bo‘lma-di. Yarim soat vaqt sarflab yuk tashuvchilar yuradigan hamma 
joylarni aylanib chiqdim. Nihoyat, uni Toshkentga jo‘nayotgan poezd perronidan topdim. Utyug 
allakimning yuklari — jomadonlari va qutilarini aravadan vagonga jadal ortib berar, dam-badam 
provodniklar bilan xazil-mazah qilar, o‘ziga juda yoqsa kerak, vokzallarda keng tarqalib ketgan bitta 
maynavozchilikni hadeb takrorlardi: «Pulim bor — Qozonga boraman, pulim yo‘q — Chashmaga 
boraman». Men bir chekkada uning bo‘shashini, yo‘lovchilar vagon-vagonlarga joylashib, kuzatib 
kelayotganlar esa sostav bo‘ylab kupelarning oynalari qarshisiga tarqalishlarini kutib turdim. Nihoyat, 
u olgan choychaqasini cho‘ntakka suqqancha, harsillab chiqib keldi. Devdek malla yigit ekan, ko‘zlari 
to‘rt tomonga alanglab turadi. Sal bo‘lmasa ishning iachavasini chiqarib qo‘yay debman. Unga sizlab 
so‘zlashim, ustiga-ustak, bezovta qilga nim uchun uzr so‘rashimga oz qoldi. 
— Bormisan, Utyug, ishlaring qalay?— dedim iloji boricha o‘zimni beparvo va betakalluf tutib. 
— Ishlarimiz xuddi Polsha. Ot-arava kimniki — panniki,— meni xuddi yuz yildan beri taniydigan 
odamday chechan javob berdi u. 
— Pan o‘zing ekansan-da,— dedim unga aravasini ko‘rsatib. 
—Bo‘lmasam-chi! Biz ham og‘ayni, bilamiz pulning sassig‘iga chilolmayotganlarni. O’zing nima 
qilib yuribsan, chavag‘im? Oborib qo‘yaymi yuk-puking bo‘lsa, yo nima deysan? Xo‘sh! 
— Oborib qo‘yish o‘zimning ham qo‘limdan keladi,— hazil qildim.— Senda ishim bor. 
— Ayt, nima ish ekan. 
— Bu yerdamas. Sal chetga o‘taylik. 
— Yur unda, chavag‘im, nariroq boraylik. 
Uzun perrondan o‘tib, vokzal binosiga qarab yurdik. Toshkent poezdi jildi, yonimizdan qator-qator 
oynalaru oynalarga burnilarini tiragan basharalar o‘ta boshladi. Qo‘shni yo‘lga allaqaydan boshqa 
sostav kelib to‘xtadi. Poezdlar saf-saf turishar, odamlar shoshilishar, yugur-yugur qilishar, 
radiokarnaydan dam sayin kelayotgan va jo‘nab ketayotgan poezdlarni e’lon qilishardi. 
Vokzal binosiga yetganimizdan so‘ng, Utyug aravasini burchakka burdi, bu yerda hech kim yo‘q 
edi, atrofga sarasof tashladimda, unga Pashka aytgan odamning duoyi salomini yetkazdim. Uning oti 
Igor bo‘lib, choparlar o‘rtasida Morj laqabi bilan tanilgan edi. Nega Morj ekanligini bir Xudoning o‘zi 
biladi. 
— Morjning o‘zi qani?— so‘radi Utyug. 
— Yetib keladi,— javob berdim.— Ichakdagi yarasi qiynab yubordi bechorani.
— O’zim aytuvdim-a,— achinib peshanasiga urdi Utyug. Bir chekkasi aytgani to‘g‘ri chiqqanidan 
mamnun ham edi.— Unga aytganman, chavag‘im, o‘tgan gal aytganman, tentaklik qilma, deganman. 
Avval o‘zingga boq, keyin nogora qoq. Ekstraga zo‘r berayotgan edi, beli sinadida. Ichak chaqa 
bo‘lmay, men chaqa bo‘laymi shundan keyin. 
Men achinib quloq solganday bo‘ldim. Lekin ochig‘i, ekstra degani nima — aroqmi yo boshqa 
narsa — bilmasdim. Ammo Xudoga shukur, undan buni so‘rab o‘tirmadim. Keyin bilishimcha, ekstra 
degani nasha changidan qilingan mum-saqich ekan. U xuddi plastilinga o‘xsharkan. Nashadan 
olinadigan eng qimmatli narsa ana shu ekan (men plastilin haqida Viktor Nikiforovichdan eshitgan 
edim). U qoradoriga ham o‘xshaydi. Kimyogarlik tajribaxonalarida ekstra geroinga o‘xshash 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling