Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
18 Mana, oradan osmondan tushganday bu mo‘may ish chiqib qoldi. Kiyik deydimi-ey, sayg‘oq deydimi- ey, unga nima farqi bor, oyog‘idan ko‘tarib shartta-shartta mashinaga tashlar ekansan. Bir oyda ham topolmaydigan aqchangni ikki-uch kunda bemalol ishlab olasan. Yana Ober qurg‘urning siylovini aytmaysizmi? Bir yashik aroq. To‘g‘ri, bu o‘rtadagi umumiy daromaddan olinadi. Lekin baribir-da. Nihoyat, bu to‘p ichida eng qo‘y og‘zidan cho‘p olmagani bu — Uzuqboy. Uning oyoq-qo‘li juda chaqqon. Uzuqboy o‘zi shu yerlik, Mo‘yinqum atroflaridan. Negadir uni Aborigen deb chaqirishadi. Uzuqboy or-nomus degan narsalarning hatto ko‘chasidan ham o‘tmagan. Nima desang, bariga rozi, bariga ko‘nadi, qo‘shiladi. Bir shisha aroq uchun Shimoliy Qutbga desangiz ham boradi.. Aborigen- Uzuqboyning qisqacha tarjimai holi bunday: traktorchilik qilib yurgan edi. Keyin boshini ko‘tarmay ichadigan odat chiqardi. Bir kuni kechasi traktorini katta yo‘lning o‘rtasiga tashlab ketibdi. Unga bir mashina kelib urilib, odam nobud bo‘ladi. Uzuqboy shundan so‘ng ikki yil o‘tirib chiqdi. Bu orada xotini bolalarini olib ketib qoldi. Shundan keyin Uzuqboy, qaydasan, deb shaharga jo‘nadi. Tayinli biron ishning boshini tutmadi. Oziq-ovqat do‘konida yuk tashib yurdi. Uylarning qorong‘u yo‘laklarida cho‘k tushib o‘tirib shisha bo‘shatdi. Ober uni shunday qorong‘u yo‘laklarning biridan topdi. Uzuqboy unga miq etmay ergashdi. Nimasiga ham miq etsin... Ober Kandalovga yo‘q deb bo‘lardimi — uzokdan hid bilishga juda usta odam... Ober Kandalov bosh bo‘lgan xunta mana shu taxlit topishgan edi. Ular Mo‘yinqum ma’rakasida yuzaga chiqishdi... Agar taqdir va taqdirlar haqida, hodisalarni oldindan belgilab beradigan tirikchilikning turli-tuman hol-ahvollari hakida so‘z yuritadigan bo‘lsak, unda aytishimiz kerakki, Avdiy Kallistratov o‘z vaqtida diniy maktabni muvaffaqiyat bilan bitirib, shu yo‘lda ko‘shish ko‘rsatib, yaxshi unvonlarga musharraf bo‘lib yurganda edi, unda Xudo shohid, Ober Kandalovni hech qanday tashvishga qo‘ymas, boshini bunchalar qotirmasdi. Darvoqe, Avdiyning barcha sinfdoshlari, yengiltakkina o‘quvchi bolalar keyinchalik ham tanlagan hayot yo‘llarini sobitqadamlik bilan davom ettirishdi, ularning hammalari bu sohada sobiq dyakonning o‘g‘li Avdiydan ko‘ra abjirroq, chapdastrok chiqishdi. Ular diniy tahsilni tugatgach, cherkov mansab shotisining pillapoyalaridan muvaffaqiyat bilan ko‘tarilib borishardi. Vaholanki, Avdiy ruhoniy otalarning sevimli, iste’dodi porloq o‘quvchilaridan hisoblanardi. O’z sinfdoshlari qatoridan chiqmaganda edi, u hech qachon Ober Kandalovga ham duch kelmasdi. Ober Kandalov esa poplarni dunyoga yanglishib kelib qolgan odamlar, deb bilardi. O’zidan qolar gap yo‘q, u umri bino bo‘lib cherkov ostonasiga yaqin yo‘lamagan va hatto cherkov nima ekan deb qiziqib ko‘rmagandi. Agar-magar deymiz... lekin shunday bo‘lishini kim bilibdi deysiz. Hammasini oldindan bilib bo‘lsaydi... Bir marta birga qilinadigan ishga kim anketa to‘ldirib o‘tiradi. Pul ishlashdan boshqasini hayolingga keltirmaysan. Bu xuddi kollektiv bilan kartoshka yig‘ishga chiqqanday omadi gap. Farqi shuki, bu yerda kartoshka emas, o‘qq uchgan sayg‘oqlarni yig‘ishtirasan. Ober Kandalov o‘ziga vokzalda duch kelgan daydi Avdiyning esipast, devona ekanligini bilgandaydi, Mo‘yinqumda endi buni nima qilaman, qanday qilsam, bu sho‘rpeshanadan omon-eson, beziyon qutulaman deb, boshini qotirib o‘tirmasdi. Ober Kandalov bu ishni bir chekkasi o‘tgan gunohlarimni yuvaman deb, jon kuydirib boshlagan edi. Ana shu ishni tentak Avdiy barbod qilishiga oz qoldi. Hammasi aql bovar qilmaydigan darajada g‘alati bir tarzda, buning ustiga g‘oyatda ahmoqona bir tarzda bir joydan chiqishi kimning hayoliga kelibdi deysiz. Shularni o‘ylaganda, Ober Kandalovning ichgisi keladi. Bor, nima bo‘lsa, bo‘ldi, desinmi? Lekin, buni u juda boplaydi. Yarim stakanni shartta otadi. Keyin yana. Undan keyin yana yarim stakan. Qarabsizki, endi uning yo‘lini to‘sadigan hech qanday kuch yo‘q dunyoda, jini jo‘shadi, qoni qaynaydi, hamma narsaning qatig‘ini chiqarib tashlagisi keladi... qok miyasiga ursam, majaqlab tashlasam deydi... Ammo, u xuddi mana shundan qo‘rqardi. Chunki keyin ish qanchalar pachava bo‘lishini bilardi... Qaydan kelib qoldi o‘zi bu Avdiy degan balo! Yana agar taqdir va taqdirlar xususida, boshqa hodisalarni keltirib chiqaradigan turli-tuman hol-ahvollar xususida so‘zlaydigan bo‘lsak, unda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling