Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
Odamning umri nima, degan savolga javob topib berish qiyin. Inson munosabatlari shunchalar 
turfa, tabiati, fe’l-atvori shunchalar rang-barang va murakkabdirki, hatto eng mukammal, eng 
zamonaviy kompyuter sistemalari ham eng oddiy inson tabiatining umumiy chizig‘ini ajratib 
berolmaydi. Mana shu olti kishini oling. To‘g‘rirog‘i, besh kishi, chunki vezdexodning shoferi Kepa 
o‘z holicha, bularga faqat haydovchi bo‘libgina qo‘shilgan, yana ularning ichida birdan-bir bola-
chaqali odam, lekin ochig‘ini aytganda, sheriklaridan unchalar farqi ham yo‘k, shularning bittasi, 
xullas, mana shu oltovlon hayotda bir-biriga tamomila qarama-qarshi holatlar bo‘lishi va bunda 
kompyuter hisob-kitobiga ham hojat yo‘qligi, shuningdek, gap odamlarning eng kichkina, arzimas 
kollektivlari ustida borarkan, aql yetmaydigan, anglash qiyin hollar ham ko‘p ekanligiga misol 
bo‘laoladi. Xudoning xohishi shu ekan-da, bo‘lmasa, ularning hammalari hayratomuz tarzda bir xildagi 
odam bo‘lib chiqarmidilar. Yana kim biladi, har holda, ular Mo‘yinqumga otlangan chog‘larida ahvol 
shunday edi... 
Bedananing uyi yo‘q, qayga borsa, pitpildiq deganday, bular ham tayini yo‘q, qamg‘oqdek shamol 
qaerga uchirsa, shu yerda daydiydigan kimsalar edi. Faqat Kepagina bundan mustasno edi. Uchtasini 
xotini tashlab ketgan, hammalari ham na birovni yolchitgan, na o‘zlari yolchigan; shuning uchun ham 
dunyodan to‘ygan, hamma narsadan norozi edilar. Ular o‘rtasida yoshgina bir yigit ajralibroq turardi. 
Uning ismi ham g‘alati — Avdiy edi. Bu nom qadim kitobatda bor: Injilning uchinchi Mulk bitigida 
aytilgan. O’zi asli dyakonning o‘g‘li bo‘lib, Pskov tomonlardan edi. Otasining vafotidan so‘ng, 
cherkov xodimining kurtagi deb, tahsil uchun diniy seminariyaga qabul qilingan, ammo ikki yildan 
so‘ng kufronaga yo‘l qo‘yib u yerdan haydalgan edi. Mana endi ikki qo‘li bog‘langancha «MAZ»ning 
tepasida jazosini kutib yotibdi. Oberning tili bilan aytganda, u kemada isyon chiqarmoqchi bo‘ldi. 
Ularning hammalari Avdiyni hisobga olmaganda, o‘lguday aroqxo‘r edilar. Kasbimiz aroq ichish 
deyishardi o‘zlari. Biroq, bunda ham Kepa ularga ko‘p qo‘shilolmaydi, shoferlik qog‘ozini saqlamasa 
bo‘lmaydi, aks holda xotini ikkala ko‘zini o‘yib olishdan ham toymaydi. Lekin o‘sha kecha 
Mo‘yinqumda boshqalardan aslo qolishgani yo‘q — bo‘kib ichdi. Faqat Avdiy-Avdyuxa, shu 
daydivoy, ichmayman, deb oyog‘ini tirab turib oldi. Oberning battar g‘azabini qo‘zg‘adi. 
Qo‘l ostidagi to‘sh yig‘uvchilarga o‘zini qisqa qilib, Ober deb chaqirish kerakligini aytib qo‘ygan 
edi. Ehtimol bu so‘z katta degan ma’noni anglatishini ko‘zlab shunday qilgandir. U chindan ham, jazo 
olmasidan ilgari jarima batalonining katta leytenanti edi. U unvonidan mahrum qilinganda, xayrixoh 
kishilar: xizmatini ortig‘i bilan ado etgani uchun kuydi bechora, deb ancha xafa bo‘lib yurishdi. O’zi 
ham boshliqlar menga nisbatan adolatsizlik qilishdi deb -hisoblar, so‘raganlarga shunday deb 
tushuntirar, ichidan qirindi o‘tar, lekin armiyadan haydalishining haqiqiy sabablari haqida churq etib 
og‘iz ochmasdi. O’tganni eslasang, esing ketadi. Nima qiladi eslab, Oberning haqiqiy familiyasi 
Kandalov edi, asli Xandalov bo‘lishi ham mumkin, lekin bu bilan kimning nima ishi bor — Obermi-
Ober, bundan ortiq yana nima kerak. 
Bu to‘p o‘zini xunta deb ataydi. Hammalari shunga kelishganlar. Faqat oblast drama teatrining 
sobiq artisti Gamlet-Galkingina «xunta» deb atashga e’tiroz bildirgan: «E qo‘yinglar, shu xunta-
puntasini. Jinim yoqtirmaydi shu xuntani, bolalar. Biz safarga otlanyapmiz. Kelinglar, nomimiz ham 
«safar» bo‘lsin!» Lekin Gamlet-Galkinning bu taklifiga hech kim qo‘shilmadi. «Safar» so‘zi uncha 
tushunarli emasdi. «Xunta» degani esa dadil va o‘ktam eshitilardi. Shuning uchun ko‘proq shu so‘z 
ma’qul bo‘ldi shekilli. Ana shu xuntaning ikkinchi odami Mishash degan kimsa. To‘la aytganda, 
Mishka Shabashnik. Qo‘tosdek serzarda bu zot istagan odamini, hatto Oberning o‘zini ham bo‘ralab 
so‘kib yuborishdan toymasdi. Mishashning odatlaridan biri shu ediki, har ikki so‘zning birida 
«onangni...» deb turardi. Bu unga nafas olganday o‘rganish bo‘lib ketgan edi. Avdiyni bog‘lab 
mashina kuzoviga tashlash fikri ham boshqalardan emas, ayni shu Mishashdan chiqdi. Xunta esa uning 
taklifini ko‘z ochib yumguncha bajo keltirdi. 
Xunta ichida eng ko‘zga ko‘rinmaydigan kamsukum odam bu — Gamlet-Galkin. Ichkilikka 
mukkasidan ketgan, sahnani juda erta tark etgan ushbu kimsa duch kelgan ishni qilib kun ko‘rardi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling