Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
bo‘ldi. To‘g‘ri, unchalar qimmat o‘yinchoq ham emasdi, kichkintoyga sovg‘ani yanagi safar olsa ham 
mumkin edi, yana o‘sha «Madaniyat» raymagining o‘zidan. Lekin, negadir shu tobda uning nazarida 
bu yomon alomat bo‘lib ko‘rindi. Kichkintoyga atalgan narsani hech qachon unutib qoldirilmaydi, 
hech qachon. Uning esa esidan chiqibdi... 
Bunday narsalarga ishonib o‘tirganidan g‘ashi keldi, qanday bo‘lmasin, xosiyatsiz voqealarning 
oldini olishga unda azmu qaror uyg‘ondi. 
Bo‘rilarga qanday pistirma qo‘yishi, la’nati yirtqichlarni bitta qoldirmay otib tashlashi, bu yaqin 
orada ulardan nom-nishon qoldirmasligi haqida o‘ylaganda, qahrining cheki yo‘q edi. 
Qaerdan chiqdi o‘zi bu falokat, deb o‘ylardi u, mana sal bo‘lmasa oshxonada Bozorboyni o‘ldirib 
qo‘yay dedi, axir, shu janjalning boshi ham bo‘rilar tufayli chiqmadimi. 
Bo‘ston o‘ylagan rochasini ertaga amalga oshirmoqchi bo‘ldi. Kechasi bilan rejasini har 
tomonlama pishitib, puxtalab chiqdi. Bosh qo‘shib birga yashayotganlaridan beri birinchi marta 
xotiniga ko‘ngliga tukkan niyatini ochmadi. Bo‘ston Bozorboy bilan o‘rtada janjalga sabab bo‘lgan 
bo‘rilaru bo‘ri bolalari to‘g‘risida gap ochishni istamas, dovonda Ernazarning halokatini eslatadigan 
narsalarni o‘zidan nari quvardi. Shuning uchun uyda kamroq gapirib, ko‘proq kichkintoyni o‘ynatar, 
Gulimxonning savollariga ham ha-yo‘q deb qisqa javob qila qolardi. Indamay yursa, xotini bundan 
tashvishga tushishi, ajablanishini u bilar, lekin o‘zini bundan boshqacha ham tutolmasdi. Bozorboy 
bilan bo‘lgan janjal, boshlariga do‘ldek yog‘ilgan iflos malomatlar, ertami-kech, albatta xotiniga ham 
yetib kelishini u juda yaxshi tushunardi. Biroq baribir hozir og‘zini churq etib ochmas — badbaxt, 
g‘alamus Bozorboy aytgan iftirolarni og‘izga olib takrorlashni xohlamas, tilga olib bo‘lmaydigan 
jirkanch mag‘zava gaplar edi ular. 
Gulimxon bilan turmushlari ham osongina kechgani yo‘q, o‘rtada og‘ir, taajjub ishlar ham bo‘lib 
o‘tdi. Bo‘ston mana shu haqda ham o‘ylardi. Ular er-xotin bo‘lganlaridan beri odamlarning qanchadan-
qancha yashirincha ko‘rolmasliklari, ochiqdan-ochiq dushmanchiliklariga duch kelmadilar deysiz, ne-
ne tuhmatlarni tarqatishmadi ular. Biroq shunga qaramasdan, Bo‘ston o‘z taqdiri Ernazardan qolgan 
beva bilan qo‘shilganidan afsuslanmas edi. Bo‘ston usiz qanday yashashini hatto tasavvuriga 
keltirolmasdi, doim uni o‘zining bir yonida his qilib turishi kerak edi... Yo‘q-yo‘q, u butunlay boshqa 
bir hayot bo‘lar edi. Bo‘stonning hayoti faqat u bilangina hayot, mayli, garchi Gulimxon undan ba’zan 
haq-nohaq norozi bo‘lib yuradi, lekin baribir Bo‘stonga vafodor, eng muhimi ham o‘zi shu... Ammo bu 
haqda o‘zaro hech qachon gaplashmagan edilar, bu o‘zi shunday bo‘lishi kerakligi ularga ravshan edi. 
Va mabodo, Bo‘stondan manavi kichkintoy o‘g‘il bolacha, mana shu tili endigina chiqqan, oyoqlari 
do‘mboq-do‘mboq, doim jilmayib turadigan, ko‘zlari tip-tiniq, uning tinib-tinchimas to‘rva qoqdisi, siz 
uchun nima, deb so‘rasalar, Bo‘ston tuzuk-quruq javob berolmasdi. Buning uchun unga so‘z 
yetishmasdi. Uning tuyg‘usi so‘zlardan yuqoriroq edi. Zero, kichkintoyga qarab turib u Xudoning 
inoyati bilan yaratilgan o‘z bolaligini ko‘rardi... 
Lekin, u dildan hamma narsani tushunar va anglardi, shuning uchun, kechasi xotini bilan 
o‘g‘ilchasi yonida yotarkan, uning ko‘ngli joyiga tushdi, o‘zini yaxshilikka moyil sezdi, iyidi... 
Oshxonada bo‘lgan hangomani sira eslagisi kelmasdi. U hatto, mabodo bo‘rilar bugun kechasi kelib 
bezovta qilishmasa, pistirma qo‘ymasam ham balki bo‘lar, balki umuman ularni o‘ldirishning hojati 
yo‘qdir, deb o‘yladi. Bo‘stonga tinchlik kerak edi... 
Lekin, atay qilganday, yarim kechaga yaqin bo‘rilar yana paydo bo‘lishdi. Yana katta ko‘ra 
orqasidagi tepa tomonda nola ko‘tarib Akbara uv soldi, unga Toshchaynarning bosiq do‘rillagan ovozi 
qo‘shildi. Yana Kenjash qo‘rqib uyg‘ondi va hiqillay boshladi. Gulimxon esa uyqu aralash shu oromsiz 
turmushni, baloga giriftor bo‘lgur bo‘rilarni qarg‘adi. Yana Bo‘stonning g‘azabi jo‘shdi, o‘rnidan 
sakrab turib, bo‘rilarni dunyoning u chekkasiga deguncha quvib borgisi keldi, shunda yana esiga 
pastkash va tuban Bozorboyning haqoratlari tushdi va shunda uning qabih boshini shisha bilan urib 
majaqlab tashlamaganiga o‘kindi. Axir, o‘sha og‘ir shisha bilan bir ursa tamom edi-ku, Bozorboydan 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling