Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
166 sig‘dirolmasdi. Bo‘ston bolakay vositasida hayotning teran, sirli ma’nosiga, farzand hamda uning onasiga nisbatan mehru muhabbatning tub ma’nosiga yetganday bo‘lardi. Bu Bo‘stonga ato etilmish takdirning eng oliy va eng so‘nggi tuhfasi edi. U xotini va farzandini chin dildan suyar, hayotdan shundan ortiq hech narsa tilamas va talab qilmasdi. Axir, bizga ato etilgan shundan ortiq ne’mat bormi? Bu haqda u hech qachon og‘iz ochmagan, lekin buning aslida shunday ekanligini aniq biladi. U xotinim ham shunday his qiladi, deb ishonardi. Bo‘ston «Madaniyat» raymagi oldida otdan tushdi, ichkariga kirib, ko‘zi chaqchaygan, odamning kulgisini qistatadigan, kalit bilan burasa, yuradigan qurbaqa sotib oldi. Bolakay rosa quvonadigan bo‘ldi-da! U ko‘chaga chiqib, otiga minmoqchi bo‘lib turdi-da, shu payt ochqaganini sezdi va ertalabdan beri tuz totmaganligini esladi. Oshxona raymagning shundoqqina yaqinida edi, baxtga qarshi, shu yerga kirib ovqatlanmoqchi bo‘ldi. Bo‘ston ko‘proq haydovchilar qo‘nib o‘tadigan, hamma yoqdan arzon ovqatlar hidi anqigan yarim qorong‘u zalga kirib, eshik yaqiniga o‘tirgan zahoti orqa tomonda Bozorboyning tovushini eshitdi. Bo‘ston orqasiga qaramadi — Bozorboy ulfatlari bilan bu yerda kayf qilib o‘tirgani shundoq ham ravshan edi. «Kuppa-kunduz kuni gushnalar bilan ichishib yuradi, na or-nomus bor, na vijdon bu zang‘arda»,— dili g‘ash bo‘lib o‘yladi Bo‘ston. Bir ko‘ngli o‘rnidan turib nari ketmoqni ham ko‘zladi, har qalay, qora qozondan yiroqroq, lekin keyin, nega endi ovqat yemay turib ketar ekanman, nima sababdan, deb o‘ylab qoldi. U karam sho‘rva bilan kotlet so‘radi. Bu orada Bozorboyga ham bu yerda Bo‘ston o‘tirganini, chamasi, xabar qilishdi. Darhol orqa tomondan kelayotgan tovushlar shovqini o‘chib, shum jimlik cho‘kdi, so‘ng yana g‘ala-g‘ovur qaytadan avj oldi. Ko‘p o‘tmay Bo‘stonning qoshiga Bozorboyning ulfatlaridan shu yerlik errayim va g‘iybatchilardan biri Ko‘r Samad degan kimsa keldi. Ko‘r Samadning ko‘zini yoshligidayoq urib chiqarishgan edi. — Salom, Bo‘ston, salom!— Samad ma’nodor irshayib qo‘lini Bo‘stonga cho‘zdi, uning qo‘lini qismoqdan boshqa iloj qolmadi.— E, nega bu yerda yolg‘iz o‘tiribsan?— Gapga solmoqchi bo‘ldi u Bo‘stonni.— Biz anov yerda Bozorboy bilan o‘tiribmiz. Anchadan beri ko‘rishmagan edik, bir yig‘ilishaylik dedik. Yur, biz bilan o‘tir, Bozorboyning o‘zi chaqiryapti. — Unga ayt, vaqtim yo‘q,— deb javob berdi Bo‘ston iloji boricha bosiqlik bilan. — Ovqatlanamanu toqqa chiqib ketaman. — E, hali vaqt erta, ulgurasan. Tog‘ qochib ketarmidi? — Rahmat, borolmayman. Ish ko‘p. — Mayli unda, shu, bekor qilyapsan-da,— xafa bo‘lganday dedi Ko‘r Samad keta turib. Uning orqasidan Bozorboyning o‘zi keldi, anchagina kayfi taroq edi. Bozorboyning izidan sheriklari yopirilishdi. — Menga qara, hoy, nega bizdan hazar qilasan? Seni hurmat qilib, odam deb chaqirishsa, sen burningni jiyirasan. Nima, boshqalardan sening ortiq joying bormi?— darhol tirg‘ila ketdi Bozor-boy. — Men aytdim-ku, vaqtim yo‘q deb,— xotirjam javob qildi Bo‘ston va karam sho‘rvani xo‘rillatib icha boshladi. Boshqa payt bo‘lsa, u birinchi qoshiqdan keyinoq tamom og‘ziga olmas edi. — Senda ishim bor edi,— dedi Bozorboy va Bo‘stonning ro‘parasiga surbetlik bilan o‘tirib oldi. Boshqalar qani, nima bo‘larkin, deganday tomosha qilib turishardi. — Sen bilan bizning qanday ishimiz bo‘lishi mumkin?— dedi Bo‘ston. — Balki sen bilan anov bo‘richalar to‘g‘risida gaplashib olsakmikin, Bo‘ston,— deb Bozorboy qovog‘ini uyub, boshini silkidi. — Sen bilan buni gaplashib bo‘lganmiz. Cho‘zishning nima keragi bor? — Menimcha, kerakmas. Menga xalal berma. Ovqatimni yeymanu chiqib ketaman. — Qaerga shoshyapsan, itvachcha?— Bozorboy shahd turib, engashdi-da, g‘azabdan o‘zgarib ketgan betini Bo‘stonga yaqinlashtirdi.— Qaerga shoshyapsan, ablah? Sen bilan hali bo‘rilar to‘grisida gaplashib olmadik. Sen axir direktorning kabinetidagi majlisda hammaning o‘rtasida meni ig‘vogar debsan, men tufayli bo‘rilar quturib qo‘ylarni bo‘g‘izlayotgan emish. Ig‘vogar nima degani, meni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling