Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
163 Qo‘chqorboev bas qilay demasdi. — Nimaga indamay qoldingiz, o‘rtoq O’rkunchiev?— deb olovga moy quydi u.— Siz emasmi, axir, o‘zingizga shaxsan yaylov ochaman deb, dovonga yo‘l olgan? — Ha, yaylov ochaman dedim,— keskin javob berdi Bo‘ston.— Lekin faqat o‘zim bo‘lay deganim yo‘q, hamma uchun, jumladan, sen uchun ham Qo‘chqorboev, ochmoqchi edim. Chunki men seni yeb- ichiraman, sen emas. Hozir esa, sen suv ichib turgan qudug‘ingga tupuryapsan! — Bu nima deganingiz?— darg‘azab bo‘ldi Qo‘chqorboev, uning yuziga qon tepdi.— Men hammasi uchun partiya oldida karzdorman! — Partiya qaerdan olib seni boqyapti, bilasanmi o‘zing?— o‘shqirdi Bo‘ston.— Osmondan deb o‘ylaysanmi? — Nima bo‘lyapti o‘zi, og‘ziga nima kelsa valdirayveradimi kishi!— chinqirib yubordi Qo‘chqorboev qo‘llari qaltirab bo‘yinbog‘ini to‘g‘rilagancha. Katta janjal chiqadigan edi. Qo‘chqorboev ham, Bo‘ston ham, xuddi o‘limga hukm qilingan odamlarday biri stol orqasida, ikkinchisi devor oldida turishar,— o‘tirganlar nazarida yana ozgina vaqt o‘tsa, ulardan biri yerga gurs etib qulaydiganday edi. Raykomning yosh xodimi vaziyatni birmuncha yengillatganday bo‘ldi. — O’zingizni bosing, o‘rtoqlar,— deb ovoz berdi u kutilmaganda chekkada daftariga yozib o‘tirgan joyidan.— Nazarimda, cho‘pon O’rkunchiev umuman haq. Mehnatkash odam, biz uni ko‘pincha moddiy boyliklar yaratuvchi, deb ataymiz, o‘z so‘zini aytishga haqli. Lekin bunchalar oshirib yuborish o‘rinlimikin? — E, siz buni bilmaysiz hali, o‘rtoq Mamaetov,— shosha-pisha uning so‘zini ilib ketdi Qo‘chqorboev.— O’rkunchiev qilayotgan da’volarning boshi-keti yo‘q. Mana, misol uchun, No‘yg‘utov degan bir cho‘pon, ha, xuddi mana shu No‘yg‘utov Bozorboy tog‘da bo‘ri iniga duch kelgan. U bo‘ri to‘dasini tugatish uchun ularning to‘rtta bolasini inidan olib chiqqan, to‘g‘rirog‘i, tortib olgan, ildiz-pildizi bilan quritgan. Er yigitning ishini qilgan. Shundan keyin nima bo‘lgan deng? Mana shu O’rkunchiev No‘yg‘utovni to‘xtovsiz ta’qib qila boshlagan. Oldin sotib olmoqchi bo‘lib uringan, lekin bu hunari o‘tmagandan so‘ng, No‘yg‘utov, bilasizmi, juda bir so‘zlik odam, O’rkunchiev do‘q- po‘pisa yo‘liga o‘tgan, No‘yg‘utovdan bo‘ri bolalarini joyiga qaytar deb, oyog‘ini bir etikka tiqib turib olgan. Yirtqichlarni ko‘paytirmoqchi bo‘lgan shekilli. O’zi nima bo‘lyapti, o‘rtoqlar? Buni nima deb tushunishimiz kerak? Balki, siz, o‘rtoq O’rkunchiev, boshqa hammasi bo‘lib, buning ustiga o‘z shaxsiy bo‘rilaringizni ham boqib ko‘paytirmoqchidirsiz? Xususan va shaxsan sizga tegishli bo‘rilar deylik. Balki, sovxoz hali sizni bo‘rilar bilan ham ta’minlashi lozimdir? O’zimning yerim deysiz, o‘zimning chorvam deysiz, ana endi, o‘zimning bo‘rilarim ham dersiz! Shundaymi? Yoki sizni qanday tushunaylik — bo‘rilar urchib ko‘payaversin, qo‘y-qo‘zini bo‘g‘izlayversin, umumxalq mulki hisobiga kun kechiraversinlar deganingizmi bu? Bo‘ston bu orada o‘zini qo‘lga oldi, xiyla vazminlik bilan javob qaytardi: — Bo‘rilar haqidagi hamma gaplar to‘g‘ri, faqat bitta yomon joyi shuki, bo‘rilar umumxalq mulkiga chang solayotganlariga aqllari yetmaydi-da. Odamlar beixtiyor kulib yuborishdi, Bo‘ston o‘rtadagi vaqtdan foydalanib, davom etdi: — Bu yer bo‘rilar haqida gap sotishning o‘rni emas edi. Lekin hamon ular haqida gap chikdi, men ham o‘zimning so‘zimni aytay. Har qanday ishni aql-farosat bilan qilsa tuzuk, shuning uchun aql bilan tug‘ilganmiz. Ba’zi birovlarimizda farosat yetishmaydi, maqtanchoqlik esa qop-qop. Misol uchun o‘sha bo‘ri bolalari voqeasini oling. Bu yerda aytilganday, Bozorboy bo‘ri bolalarini inidan ko‘tarib chiqqan, yana ham to‘g‘rirog‘i, qaroqchilarday o‘g‘irlab olib ketgan, endi atrofdagi shovqin-suronni ko‘ring, sal bo‘lmasa uni qahramonga chiqarib qo‘yyapmiz. Qahramon esa, avvalo katta bo‘rilarni yo‘qotishni o‘ylashi, undan keyin bolalarini tinchitishi kerak edi. U bo‘lsa bo‘richalarni tezroq pul qilishga qiziqib ketdi. Mana endi ichib yuribdi. Bozorboydan bo‘ri bolalarini menga berishini yo bo‘lmasa, sotishini so‘radim. Bolalarni tuzoq qilib, kattalarini qo‘lga tushirmoqchiydim. Chunki, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling