Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
160 itlarni chaqira boshladi, ularni boloxonador qilib so‘kdi. Alamidan quturgan bo‘rilar jonidan to‘ydirib yuborishgan — u har narsaga tayyor edi. Bo‘rilarga hech qanday yordam berolmasdi. Ularni duch keltirsa, otib tashlashdan boshqa chora qolmagandi. U yarim avtomat miltig‘ini shaylab qo‘ygandi. Lekin bo‘rilarni uchratmadi. Shundan so‘ng dunyo ko‘ziga qorong‘u ko‘rinib, uyga qaytdi. Lekin bari bir uyqu kelmadi. Qorong‘uda anchagacha to‘lg‘anib yotdi, miyasini notinch, dardli o‘ylar parmalardi. Nimalarni o‘ylamaydi deysiz odam uyqu qochganda? Hammasidan ham ko‘proq u yildan yilga vijdonan ishlash qiyin bo‘lib borayotgani, hozirgi odamlar va ayniqsa, yoshlarda or-nomus qolmaganligi haqida o‘ylardi. Hech kim hozir so‘zga ishonmaydi. Har bir kimsa hammadan burun o‘z foydasini ko‘zlaydi. Vaholanki, mashhur Chu kanali qurilishida odamlar mamlakatning hamma burchaklaridan o‘z ixtiyorlari bilan kelib, hatto pul-maosh olmay mehnat qilmaganmidilar. Mana endi hech kim bunga ishonmaydi, cho‘pchak aytyapsizmi, deydi, shunday bo‘lishi ham mumkinmi asti? Hozir hech kim bo‘yniga arqon solsangiz xam, o‘laman sattor, cho‘pon bo‘lmayman, deydi. Hammalari buni bilishadi, lekin bilmagandek yurishadi, vaqtinchalik qiyinchiliklar deb qo‘yishadi. Ochig‘ini aytsang, tuhmat qilyapsiz deb yuz-ko‘zingni ochirishmaydi. Kimning nog‘orasiga o‘ynayapsiz, deyishadi! Axir bu ketishda keyin nima bo‘ladi, hech kimning jiddiyroq bosh qotirgisi kelmaydi. Uning diliga taskin, ko‘ngliga orom beradigan birdan-bir narsa bor edi. U ham bo‘lsa, Gulimxon hech qachon otda tinim bor, itda tinim bor, sizda tinim yo‘q, ertayu kech qo‘y-ko‘zidan bo‘shamaysiz, deb ta’na qilmagan, yuziga solmagan edi. O’tarni bir zum ham ko‘zdan qochirib bo‘lmaydi, suruvni to‘xtatib ko‘r-chi, bu temir dastak emas senga keragida ko‘tarib, keraksizda tushirib qo‘yadigan, suruvgacha kecha-kunduz ko‘z-quloq bo‘lib turmasang, ish chiqmaydi. Aksiga olganday, qayoqqa qarama, qo‘l kuchi yetmaydi. Holbuki, odamlar yo‘q emas, bor, lekin ularning ishlagilari kelmaydi. Nimaga axir? Axir, mehnatsiz yashab bo‘lmaydi-ku. Mehnatsiz hayot-halokat. Balkim, butunlay boshqacha yashash va ishlash kerakdir? Balki, hamma gap shundadir? Yana eng og‘ir masala — saqmonchilar. Qo‘zilatish boshlangach, punktlarda qo‘zilarga qaraydigan saqmonchilar kerak. Xo‘sh, kaerdan olasan saqmonchilarni? Yoshlar saqmonchi bo‘lishni istamaydi. Saqmonchi ertayu kech ko‘z yummay qo‘zilarga qaraydi. Bu ishni ko‘rqqanidan emas, halol, vijdonan bajarmasa bo‘lmaydi. Shuning uchun saqmonchilikka yosh-yalangni zo‘rlab ham ko‘ndirolmaysiz. Hozirgi yoshlar shiptir kechib, ovloqda — bir chekkada kun kechirishni xohlamaydi. Saqmonchi qancha ham haq olardi deysiz. Vaholanki, shaharda zavod yo fabrikada sakkiz soat ishlagan har bir yigit-qiz bundan ko‘ra ancha ko‘proq pul topishi mumkin. «Qanday qilib biz ko‘proq foyda chiqadigan yerda emas, bir umr ishchi kuchi ko‘proq kerak bo‘lgan joyda ishlagan ekanmiz-a? Mana endi yoshlar ishni qo‘lga oladigan payt kelganda, ular hech narsaga yaramay qolyaptilar — na or-nomus bor ularda va na vijdon», deb xafa bo‘lishadi qariyalar. Avlodlar o‘rtasida anglashilmovchilik hamda yotsirash tug‘dirgan mana shu to‘qnashuv qachonlardan beri odamlarning yuraklarini o‘rtab keladi. Bo‘ston yana o‘sha gapini esladi. O’shanda u tag‘in o‘zini to‘xtatolmadi va bekor qildi. Odam xuddi o‘zi uchun ishlaganday ishlasin, dedi u. Men boshqa yo‘lni ko‘rmayotibman. Ishchi qilayotgan ishidan shaxsan manfaatdor bo‘lishi suv va havoday zarur. Bo‘ston ish haqi ish natijasiga qarab belgilanishi kerak, deb necha-necha martabalab aytgan edi. Hammasidan ham muhimi — cho‘ponning o‘z yeri bo‘lsin, cho‘pon shu yer uchun jon kuydirsin, uning yordamchilari va butun oila, bola-chaqasi ham shu yerni deb ter to‘ksin, aks holda boshqa hech narsaning foydasi yo‘q... Odatdagiday partorg Qo‘chqorboev uning po‘stagini qoqdi. Qo‘chqorboevni sovxozda «gazet kishi» deb chaqirishardi, u direktor stolining o‘ng tomonida Bo‘stonga yonlama o‘tirardi. G’ashi kelayotgan bo‘lsa kerak, uning qosh-qovog‘i uyulgan, posoniga olib dam sayin bo‘yinbog‘ini ushlab, tuzatib qo‘yadigan Qo‘chqorboev Bo‘stonga yovqarash qilib, qiya nazar tashlardi. Sovxoz direktori Cho‘tboev Qo‘chqorboevning nima demoqchi bo‘lib turganligini xo‘p yaxshi tushunardi. Ko‘p yillar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling