Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
157 lablarini mahkam qimtigan, ko‘zlari yumuq. «Ernazar!— deb chaqirdi Bo‘ston.— Men keldim! Quloq sol, men senga ikkinchi fonarni qoldirib ketmoqchi edim — bu yer juda qo‘rqinchli va qorong‘u ekan — lekin uni yo‘qotib qo‘ydim. Tushundingmi, Ernazar, yo‘qotdim. Lekin baribir senga o‘zimning fonarimni beraman. Ma, ol, bu mening fonarim. Ol, Ernazar, iltimos qilaman!» Ammo Ernazar uning qo‘lidan fonarni olmaydi va hech qanday javob bermaydi. Bo‘ston yig‘lab yuboradi. O’kirib-o‘kirib yig‘laydi va ko‘zyoshlari shashqator oqqan ko‘yi uyg‘onadi. Keyin kun buyi o‘ziga kelolmay bir hol-bir sar bo‘lib tumtayib, rangi ochilmay yuradi. Bu tushini u hech kimga, hech qachon aytmagan, Gulimxonga-ku, ayniqsa, hatto unga uylangandan keyin ham. Ernazar bilan xayrlashgani muz o‘yig‘iga tushgani haqida ham uning oila a’zolaridan hech kimsaga og‘iz ochmagan. Dovondan uyga qaytganda, hamma ro‘y bergan falokatdan xabar topgan edi. Bo‘ston uchun g‘amdan adoyi tamom bo‘lgan, ko‘zyoshi daryo Gulimxonni ko‘rishdan ham og‘irrog‘i yo‘q edi. Dovonda o‘lib keta qolsam va yana necha ming marta o‘sha muz qa’riga tushsam, barini qayta boshdan kechirsam, bundan ko‘ra osonroq edi, deb o‘ylardi u. Erining halokatiga Gulimxon hech toqat qilolmasdi. Ishqilib, es-hushidan ayrilib qolmasaydi, deb xavotir olishardi. Uning doim bir yoqqa qochib ketgisi kelardi: «Ishonmayman, ishonmayman uning o‘lganiga! Qo‘yib yuboringlar meni! Uni o‘zim topaman! Uning oldiga boraman!» Bir kuni kechasi u rostdan ham qochib ketdi. Bo‘ston kuni bo‘yi ezilib, abgor bo‘lib, ozgina damimni olay deb turgan edi. Mana bir necha kundan beri u tuzukroq yechinib o‘rniga yotolmas, ta’ziyaga keluvchilarning keti uzilmasdi. Odamlar eshitib, butun atrof-javonibdan kelishar, ko‘plar eski udum bo‘yicha hali uzoqdan Ernazar deb aytib yig‘lashardi: «Ernazar, qardoshim, jigarim, qachon endi seni ko‘raman?» Bo‘ston ularga otdan tushishlariga ko‘maklashar, taskin berardi... O’sha kuni oqshom odam bir oz tovsilladi. Bo‘ston o‘z hovlisida beligacha yechinib, ustidan yolog‘ida suv quyib yuvina boshladi. Orzigul Gulimxonning yonida edi. Shu kunlari u qo‘shnisini yolg‘iz qo‘ymasdi. — Bo‘ston, Bo‘ston, qaerdasiz?— birdan Orzigulning chaqirganini eshitdi. — Nima bo‘ldi? —Choping tezroq, Gulimxonni olib keling. Qayoqqadir qochib ketdi. Qizlari yig‘lashyapti, men uni ushlab qololmadim. Bo‘ston maykasini apil-tapil kiyib, yelkasiga tashlagan sochiq bilan yo‘l-yo‘lakay artingacha, hushini yo‘qotib qo‘ygan Gulimxonning ketidan chopdi. Unga xiylagacha yetib ololmadi. Gulimxon qiya jarlikdan tog‘lar tomonga qarab jadal ketib borardi. — Gulimxon, shoshma, qayoqqa?—chaqirdi uni Bo‘ston. U orqasiga qaramasdi. Bo‘ston qadamini tezlatdi, Gulimxon bunday ahvolda hozir hammasini yuzimga soladi, Ernazarni siz nobud qildingiz, deb ta’na qiladi, degan hayolga bordi, u baridan ko‘ra xuddi mana shundan qo‘rqardi, bu fikr hayolidan o‘tdi-yu, xuddi birov ustidan qaynoq suv quyib yuborganday bo‘ldi. Axir uning o‘zi ham shuni o‘ylab ich-etini yemayaptimi, joni alam o‘tida qovurilmayaptimi? Unga nima deb javob beradi? U o‘zini oqlab o‘tirardimi? Uning bahonalarini Gulimxon inobatga olarmidi? Odamning qo‘lidan hech narsa kelmaydigan fojea hollar bo‘lishi mumkinligini unga qanday tushuntirsin? Lekin bu so‘zlar ham malham bo‘lolmasdi, bunday hollarda malham bo‘loladigan, ovuntiradigan so‘zlar bormi, axir? Shuncha ishlar bo‘lib o‘tib ham, mana tag‘in tirik loshini ko‘tarib yuribdi, buni Gulimxonga nima deb tushuntiradi? —Gulimxon, to‘xta, qayoqqa ketyapsan?— Bo‘ston harsillagancha unga yetib oldi.— To‘xta, quloq sol, yur, uyga ketaylik... O’sha oqshom chog‘i hali kun yorug‘ edi, asta kirib kelayotgan osuda xufton g‘ira-shirasida tog‘lar ayon ko‘zga tashlanar, Gulimxon unga o‘girilib qaradi, shunda Bo‘stonga juvondan xuddi qayg‘u-g‘am |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling