Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
153 olsak, bas. Qolgani o‘zimizga bog‘liq. Oftob chiqib, tog‘larda chindan kun ilidi. Atrof yorishib, ayozning dami qaytgach, ular otlarni egarladilar. Bo‘ston otga o‘tirmasdan oldin yana atrofga nazar tashladi, tevarakni o‘ragan uchurumlar va bahaybat qoyalarga ko‘z yugurtirdi. Ular vahshiy va yuksak edilar, inson bolasi ular qarshisida tirnoqcha ham ko‘rinmasdi. Ular shu tog‘larga qasdma-qasd ish qilmoqda edilar. «Dovondan qo‘rqmaymiz,— deb o‘yladi Bo‘ston,— gap hayot ustida boryapti. Gap hayot ustida borganda, odamni hech narsa qo‘rqitolmaydi,— u istagan joydan — dengizdan, yer tagidan, osmondan yo‘l topadi. Biz ham o‘z yo‘limizni topib olamiz». Boshlamasiga ular chetiga katta toshlar surib qo‘yilgan ko‘hna so‘qmoqni topdilar va u dovondan qanday o‘tib borishini tasavvur qilib ko‘rdilar. Dovon yo‘li ikki baland cho‘qqi o‘rtasidagi qor bosgan o‘rkachdan o‘tar ekan. O’sha yoqqa qarab yo‘l olishdi. O’rkach ortida, chamasi, Ola Mo‘ngu tizmasining narigi yog‘iga tushish boshlanardi. Kichibel yaylovi o‘sha yoqda. Qariyalarning aytishlariga qaraganda, u yerda qayin o‘rmonzor o‘sib yotadi va ayqirib tog‘ daryosi oqadi. Tabiat o‘z muqaddas joylarini odatda mana shunday ovloq yerlarga yashiradi va ularga yetib borishni mushkul qilib qo‘yadi. Lekin tirikchilik ekan, odam bolasi urinmasa, bo‘lmaydi — uning yerdan boshqa yashaydigan joyi yo‘q... So‘qmoq borgan sari tik o‘rlardi. Qor bosgan yerlarga ko‘tarilganlarida otlarning yurishi qiyinlashdi — ichkarilab borganlari sayin qor badtar qalinlashardi. Oftob charaqlab turar, izg‘irin to‘xtagan, shu qadar jimjit ediki, otlarning hansirab nafas olishlari o‘z nafaslariday eshitilardi. — Ha, qalay? — orqasiga qayrilib so‘radi Bo‘ston Ernazardan.— Agar qor qo‘ylarning qornidan yuqori bo‘lsa, mazamizni qochiradi. Nima deding? — Shunday bo‘lishi ham kerak o‘zi, Bo‘ske, ketayotgan joyimizni ko‘ring! Lekin qiyin yer ishqilib, uzoq cho‘zilmasin-da. Nari borsa, qo‘ylar o‘tadigan so‘qmoq ochamiz, u yer-bu yerda qor tepkilaymiz. — Men ham shuni o‘ylab turuvdim. Belkurak olvolishimiz kerak ekan. Esingdan chiqmasin, Ernazar, belkurak olib kelishimiz zarur. Qor otlarning tizzasidan yuqori kelgach, cho‘ponlar yerga tushib, ularni yetaklab bordilar. Havo yetishmay qo‘ydi, og‘izlari bilan nafas olishdi. Oppoq qor ko‘zni qamashtirar — hozir hamma ko‘chada taqib yuradigan qora ko‘zoynak asqotib qoldi. Otlar hars-hars nafas olar, qora terga botgan, bo‘ksalari ko‘tarilib-ko‘tarilib tushardi. Baxtlariga o‘sha baland o‘rkachgacha unchalik olis emasdi... Oftob bir-birlariga ayqashib ketgan, abadiy tosh qotgan qorli tog‘ cho‘qqilari uzra tikkaga kelgandi. Yo‘llarida yoyilgan bir qancha to‘p bulutlarni aytmasa, hech narsa havoning o‘zgarishidan darak bermasdi. Ular oralab, yana ham to‘g‘rirog‘i, ular ustida xuddi paxtani bosib o‘tganday o‘tib borish mumkin edi. Hozir Issiqko‘l bo‘ylarida havoning isib ketgani, dam oluvchilar hatto sohildagi qumloqlarda o‘zlarini oftobga tutib yotganliklariga ishonish qiyin edi. Hali yana yarim chaqirimcha yo‘l bosishlari kerak. Ayting-ayting, ishqilib, dovonning naryog‘ida ishning pachavasi chiqmasin-da, deb hadiksirashardi ular... Nihoyat, dovondan o‘tdilar. Bo‘ston bilan Ernazar nafas rostlagani to‘xtadilar. Ular qaro terga botgandilar. Harsillab nafas olishardi. Otlar ham holdan toygan edi. Ular chiqib kelgan yo‘llariga quvonib, mamnun bo‘lib qarashardi. —Ana, bo‘ldi, Bo‘ske,— dedi kulib Ernazar. Uning ko‘zlari baxtiyorlikdan charaqlardi.— Podani olib o‘tsa bo‘ladi bu yerdan. Havo ochiq tursa, bas. —Hamma gap shunda-da. Kun ochiq bo‘lishi kerak. — Siz bilan ikki yarim soat yurib keldik,— dedi Ernazar soatiga qarab.— Uncha ko‘p emas, a, to‘g‘rimi? — Qo‘y haydaganda uch soat yuriladi,— deb qo‘shildi Bo‘ston,— balki ko‘proq yurilsa ham kerak. Lekin eng muhimi, dovondan o‘tish mumkin ekan, shunga ishondik. Qani, yurdik. Ho‘v anavi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling