Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
Ovoz ber, Ernazar! Ovoz ber! Qaydasan, Ernazar! Jigarim!— tinmay chaqirardi Bo‘ston. Lekin 
qorong‘i qa’r tubidan uning o‘z ovozigina aks sado berib qaytardi. Bo‘stonning eti junjikib ketdi.— 
Qaydasan, Ernazar!— bo‘zlardi Bo‘ston.— Eshityapsanmi, Ernazar! Men nima qilay, axir?— Shundan 
so‘ng u o‘zini tutolmay o‘kirib yig‘lab yubordi. Tinmasdan uzuq-yuluq allanarsalar deb baqirardi. U 
allaqachonlar frontda halok bo‘lgan otasi, necha yillar burun o‘lib ketgan onasiga, bolalari, aka-ukalari, 
opalariga va ayniqsa, xotini Orzigulga jon-jahdi bilan yalinib-yolvorardi. Yo‘q, u ro‘y bergan bu 
falokatni hech aqliga sig‘dirolmasdi... Halok bo‘ldi, halok bo‘ldi Ernazar! Endi uny hech kim va hech 
narsa yupatolmas, alamli yuragiga taskin berolmasdi... Endi u hasratdan bir umr xalos bo‘lolmaydi... 
Shunda Bo‘ston hayqiriq soldi: «Sen axir bizning duolarimizni eshitmovdingmi?! Nima qilib qo‘yding, 
axir? Kim bo‘lding sen shundan keyin?»— U bu so‘zlarni kimga va nimaga qarata aytayotganligini uzi 
ham bilmasdi. 
O’rnidan gandiraklab turdi, qorong‘u tushayotganligini sezdi, dovonda havo ayniyotganligini 
angladi. Qaerdandir bulutlar paydo bo‘ldi, kechasi izg‘iriq turdi. Lekin, nima qilish kerak axir? Qaerga 
borsin? So‘qmokda o‘z holiga qo‘yilgan ot ketib qolgan — otning pastga qarab enib borayotganini u 
ko‘rgan, lekin orqasidan yetib olishga ilojsiz edi. Biroq egar-jabduqdan tortib, no‘xta-yu jilovigacha 
kesib olingan otdan nima ham naf bor? Bo‘ston azbaroyi fig‘oni chiqib, qirda yotgan egarni bir tepdi. 
U Ola Mo‘ngu dovonida mangu muzlik-lar ustida, olaygan qoyalar orasida qorayib, bo‘rsinib ketgan 
holda boshyalang (telpagi boya o‘rga tushib ketgan edi) har tomonga alanglab yolg‘iz o‘zi qolgan edi. 
Dovonda esayotgan izg‘irin shamol uning shusiz ham larzaga tushgan dilini badtar ezardi. Qayoqqa 
borsin endi, nima qilsin? Hammasi qanday yaxshi boshlanib kelayotgan edi-ya? Qaydan chiqa qoldi 
oyoqning tagidan bu o‘pqon? U o‘zining izlarini ko‘rib chiqdi va Ernazar butunlay tasodif tufayli 
yoriqqa tushib ketganligiga amin bo‘ldi. Uning o‘zi jar yoqasidan bir yarim qadamcha naridan o‘tgan 
edi. Ernazar sho‘ring kurg‘ur o‘ngroqdan yurib kelayotgan ekan. Qor tagida yashirinib yotgan tog‘ 
yorig‘iga oti-poti bilan ko‘z ochib-yumguncha qulab tushgan. 
Do‘stiga yordam beray desa, ko‘lidan hech narsa kelmaydi. Lekin, bunga ko‘nib ham ketolmaydi. 
Birdan Bo‘ston o‘ylanib qoldi: balki Ernazar hali tirikdir, balki faqat hushini yo‘qotib qo‘ygandir — 
uni sovuqda qotib qolmasidan iloji boricha tezroq tuz jardan chiqarib olish kerak. O’shanda balki uni 
kutqarib qolish mumkindir. U po‘stinni qorga uloqtirdi va garchi bu yerlardan yugurish g‘oyatda kiyin 
bo‘lsa ham, pastga tomon chopib ketdi. Sovxozni ro‘y bergan falokatdan imkon qadar tez xabardor 
kilmoq kerak, deb o‘ylardi u, shunda ular turli asbobu uskunalar bilan odamlarni yordamga 
yuboradilar. Uning o‘zi chiroq bilan arqonda Ernazar yotgan joygacha tushadi, uni albatta, qutqaradi. 
U necha marta yiqilib, turdi. «Ishqilib, oyog‘imni sindirmasam, bas»,— deb o‘ylardi har safar 
xavotirlanib. So‘ng o‘rnidan yana turar va qadamini jadallatardi. 
Bo‘ston salt otini quvib yetishdan ham umidvor edi. Havo dam sayin o‘zgarib, aynib bormoqda 
edi. Qor uchqunlay boshladi. Lekin, Bo‘ston bundan tashvishlanmasdi. Dovonda qor quyun quturganda 
ham pastda hech narsa yog‘masligini u bilardi. Faqat Ernazar nima bo‘ladi, deb dahshatga tushardi. 
Agar tirik bo‘lsa, kutqaruvchilar kelguncha chidarmikin? Tezroq, tezroq,— tinmay miyasiga nuqirdi u. 
Xufton qorong‘iligi quyuqlashib borar, qorong‘uda tez yurib bo‘lmaydi, deb yuragiga vahima tushardi 
uning. 
Bo‘ston otni baribir quvib yetolmadi. Erkinlikni his etib, saman ot qadrdon yerlar tomon jadallab 
ketgan edi. 
O’ziga tanish tog‘ yonalaridan Bo‘ston tik pastga, yo‘lni ancha qisqartirib tushib borardi. U ne-ne 
o‘tloqlar, o‘r-jarlardan o‘tar, lekin bular uni horitmas, uni og‘ir o‘ylar tinmay ezar, bir dam ham 
qo‘ymasdi. Boshida Ernazarni qutqarish haqida turli-tuman rejalar guvillardi. Dam dovondan 
ketmasligim, Ernazarni shu holda yolg‘iz qoldirmasligim kerak edi, deb o‘ylar, mayliydi, meni ham 
quyun ko‘mib ketsa, derdi. Dam mangu muzlik va sovuq, zulmat qa’rida o‘lim talvasasida ingrab 
yotgan Ernazarni ko‘z o‘ngiga keltirardi. Tog‘ ustida esa qorbo‘ron quyun yasab qahrli aylanadi. 
Ernazarning oilasi, xotini, bolalariga nima deydi? Shuni ko‘z oldiga keltirarkan, u ko‘ksini pora-para 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling