Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
chingiz aytmatov -qiyomat roman
www.ziyouz.com kutubxonasi
151 menga aslo yo‘liqa ko‘rma, sen sho‘rlikni otib tashlayman, hech narsaga qarab o‘tirmayman, otib tashlayman, chunki holi-jonimga qo‘ymayapsan, meni majbur qilma, sensiz ham yuragimga qil sig‘maydi, seni-ku o‘ldirarman, lekin anov mening sho‘rim ustidan masxaralab, kulib yurganlarni nima qilayin, axir, jilla qursa, sen nari tur, sen yo‘qol ko‘zimdan, boshqa hech qachon, hech qachon nolangni eshitmay! Onaizorimning nomiga qasam ichamanki, yana ba’zi birovlarni ham hech qarab o‘tirmay otib tashlagan, qo‘lim aslo qaltiramagan bo‘lardi. Sening ham, mening ham dushmanimiz bitta — u, Akbara, sening bolalaringni o‘g‘irladi, meni esa bu badmast maxluq harom tili bilan sharmanda qilyapti. Shuni o‘ylasam, o‘shanda muzlik qa’ridan tirnoq-qo‘llarim ko‘chib, shilinib Ernazarni qidirganlarim, to‘xtovsiz chaqirganlarim, yolg‘iz o‘zim qolib, berahm tog‘larda yig‘laganlarimda qanday jondan to‘ygan bo‘lsam, hozir ham shunday jonimdan to‘yib ketaman, sira yashagim kelmaydi. Agar manovi kichkintoyni demasam, yashamasdim, ham, tupurardim hammasiga. Mana, onasi oldimga olib kelib qo‘ygan, yonimda erkalanib uxlab yotibdi. Rost, xotin kishi bo‘ri uvillasa qo‘rqadi, murg‘ak go‘dak esa ma’sum va sof, begunoh uyquga cho‘mgan, u mening azob-uqubatlarim evaziga, barcha boshdan kechirganlarim evaziga dunyoga kelgan, u mening jonim va qonim, mendan oxirgi yodgor. Lekin axir, men bu qismatni tilab olganim yo‘q, uning o‘zi kirib keldi hayotimga xuddi tong otganday, kun botganday, qadimgilar to‘g‘ri aytishgan ekan, taqdirdan qochib qutulib bo‘lmaydi deb. Anov ablah Bozorboy esa boshimga iflos tuhmatlar yog‘dirib yuribdi, hech insofga keladigan emas, menga qolsa, uni bo‘g‘ib o‘ldirgan bo‘lardim. Boshqa ish qurib qolganday partorg ham birinchilar qatorida bu aroqxo‘rning gapiga uchyapti, barakalla-barakalla deb turibdi, kichkinamning rizqini qiymoqchi... Men tushunmasam, seni kim tushunadi. Akbara!» O’sha kecha Bo‘ston uyqusizlikdan azob chekib, ana shularni o‘ylab yotardi. Lekin shunchalar aqli, mehribonligi bilan ham baribir u Akbara boshiga tushgan baxtsizlikni to‘la-to‘kis ko‘z o‘ngiga keltirolmasdi. Mayli, garchi Akbara tilsiz-zabonsiz edi, lekin uning til bilan ifodalab bo‘lmas qiynoqlari bor edi. U vujudi - xirmonini yoqqan ana shu azoblardan hech qutulolmasdi. Axir, o‘z terisidan tashqariga chiqib ketolmaydi-ku? Axir, tog‘-toshlarda, suv bosgan qayirlarda Toshchaynarni orqasidan to‘xtovsiz ergashtirgancha tinim bilmay, hech qanday maqsadsiz izg‘ib yurmayaptimi o‘zini butkul holdan toydirish, oyoqdan qolish, yotib o‘lib qo‘ya qolish qasdida? Yuragidagi alam hovurini bosmoqchi bo‘lib, Toshchaynar bilan birga yo‘lida kim duch kelsa, shunga quturib tashlanmadimi? Kamar ichidagi iniga allaqanday umid bilan necha-necha bor qaytib bormadimi? Sovuq, bo‘m-bo‘sh inni ko‘rib umidlari so‘nmadimi necha-necha bor? Qancha-qancha tushlariga aldanmadimi?.. O’, qanchalar og‘ir bu! O’sha kecha Akbara atrof yerlarda boshi oqqancha daydib yurarkan, birdan, kutilmaganda, xuddi bir zarur ishi chiqib qolganday, shartta Boshat darasiga burilib, yelday uchib ketdi. Toshchaynar ham odatiga ko‘ra undan bir qadam orqada qolmay chopib bordi. Akbara esa borgan sari tezroq yugurar, xuddi qanot chiqarganday tog‘u tosh, o‘ru qir, changalzorlar osha telbalanib uchardi. Nihoyat, tanish so‘qmoq, tanish kamar, tanish zirkzordan o‘tib, iniga yetib keldi, in hamon sovuq, hamon bo‘m-bo‘sh, huvillab yotardi. Akbara bolalarining isi qolgan hamma narsalarni, hamma burchaklarni yana birma-bir iskab chiqdi va yana yuragi ezilib, alamiga chidolmay dod deb yubordi, ingradi, yig‘ladi, uvladi: «Qani, mening bo‘lturuqlarim? Qanisiz, ey shirin-shakar bolajonlarim? Koshkiydi, siz voyaga yetsangiz, tishlaringiz chiqsa, mening yonimda yursangiz, qanchalar tanimga mador, jonimga jon, oyog‘imga quvvat bo‘lar edingiz, bolajonlarim». Akbara haligacha shisha og‘zidan badbo‘y hid taralib yotgan, qushlar cho‘qib, qolgan-qutgan suli donalari muzlab yerga yopishgan jilg‘a bo‘yida o‘zini telbalarcha u yoqdan-bu yoqqa urardi... So‘ng u yana iniga qaytdi, tumshug‘ini choviga tiqib cho‘zildi. Toshchaynar yonida qalin, o‘siq junlari bilan uni isitib yotdi. Tun kirgan edi. Akbaraning tushiga bolalari kirdi, ular inda Akbaraning biqiniga o‘ranib yotishardi. Ular entak-tentak bo‘lishib emchaklarini tortqilashardi. Qachondan beri emizsam, deydi, sutga to‘lib, tirsillab ketdi emchaklari, og‘riydi, sirqiraydi... Bo‘lturuqlar sut ko‘pligidan tamshanib, chapillatib, maza qilib emishar, bo‘ri vujudi xuddi erib ketayotganday huzurlanardi, faqat nima uchundir suti hech |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling