Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
gap shunday-shunday, Ibroyim Cho‘tboevich, ishning foydasini ko‘zlab, Ernazar bilan birga Ola 
Mo‘ngu ortidagi eski yaylovlarni ochmoqchi bo‘lib turibmiz. Oldin ikkovimiz borib, nima bor, nima 
yo‘q bilib kelamiz. Kichibelga qanday o‘tishning azmoyishini olamiz, keyin qaytib kelib, ko‘ch-
ko‘ronni ko‘tarib ko‘chamiz, yoz ichi Kichibelda bo‘lamiz. Hammasi ko‘ngildagiday o‘tsa, o‘sha 
Kichibel yaylovini bizning brigadamizga mustahkamlab berilsa. Boshqa cho‘ponlar ham, mabodo, 
Kichibelga boraman deyishsa, bemalol, qarshilik yo‘q, unga ham joy yetadi, lekin, eng muhimi, bizga 
ajratiladigan o‘tloqlarni men aniq bilishim va mavsum ichi ovora bo‘lib qolmasligim kerak. Sizga ana 
shuni aytib, maslahatlashgani keldim. Ikki kundan keyin Ernazar bilan Ola Mo‘ngudan o‘tamiz. 
Ishlarni hozircha xotinlar va yordamchilarimiz yuritib turishadi. 
— Rostdanam, Bo‘ske, uyda xotinlaringiz nima deyishyapti bu ishingizga? — qiziqdi direktor.— 
Hazilakam narsa emas-ku. 
— Hozircha indashgani yo‘q. Xudoning qahri kelmasinu, xotinim Orzigulning aqli-xushi joyida. 
Ernazarning oilasi Gulimxol yoshroq bo‘lsa ham, aqli o‘ziga yetarli. Bir-birlari bilan juda ahil
chiqishib ketishgan ko‘rinadi. Ana shunisiga xursandman bir chekkasi. Xotinlar chiqisholmasa, 
shundan yomoni yo‘q. Uy jahannamga aylanadi-qo‘yadi. Ilgari bo‘lgan bunday gaplar... 
Direktor bilan boshqa ba’zi gaplarni ham so‘ylashib olishdi. Kuzda Moskvaga, haligi oti biram 
qiyin — VDNXami, VDNXimi o‘shanda bo‘ladigan ko‘rgazmaga rayon ilg‘orlarining borishi 
mo‘ljallanayotgan ekan, Bo‘ston ro‘yxatda birinchilar qatorida ko‘rsatilibdi. 
— Men xotinim bilan borsam bo‘larmikin, Ibroyim Cho‘tboevich? Orzigulim qachondan beri 
Moskvani ko‘rsatasiz, deb hiqillaydi,— rostiga ko‘chib qo‘ya qoldi Bo‘ston. 
— Seni tushunib turibman, Bo‘ske,— kuldi direktor.— Mayli, bir gap bo‘lar. Borsa nima qipti? 
Faqat partorgning roziligini olish kerak. U bilan o‘zim gaplashaman. 
— Partorg bilan deng? — o‘ylanib qoldi Bo‘ston. 
— E, xotirjam bo‘l, Bo‘ske. Nima, bekordan-bekor qarshilik qilib o‘tiradi deysanmi? Erkak 
odamning ishi emas bu. 
— Yo‘q, gap bunda emas. Borsak — borarmiz, bormasak — yo‘q. Shunga ham ota go‘ri 
qozixonami? Men sizga boshqa narsani aytmoqchi bo‘lib yuruvdim. Shunaqa partorg bo‘lmasa, 
xo‘jalikning kuni o‘tmaydimi? Sizga juda kerakmi shu? Usiz qo‘l-oyog‘ingiz ishlamaydimi? 
— Nima qildi? 
— Men shuni bilgim keladi. Mana, qarang, aravaning to‘rtta oyog‘i bor. Hammasi o‘z o‘rnida. 
Agar unga beshinchi oyoq o‘rnatsangiz, o‘zi ham aylanmaydi, boshqalarni ham yurishga qo‘ymaydi. 
Xo‘sh ana endi ayting, kerakmi, shu beshinchi g‘ildirak? 
— Bilasanmi...— yirik, basavlat, erkakcha katta yuzidagi ko‘zlari qiyiq direktor birdan jiddiy 
tortdi, oldidagi qog‘ozlarni olib qo‘ya boshladi, ko‘zlarini horg‘in yumdi. «Uyqusi yo‘q. Tinmaydi», 
deb o‘yladi Bo‘ston.— Ochig‘ini ayganda, bama’ni partorg kerak,— dedi u bir oz jimlikdan so‘ng. 
— Manov-chi? 
Direktor unga yalt etib bir qarab qo‘ydi. 
— Nima qilamiz buni gaplashib o‘tirib? Uni rayon yuborgan, qo‘limizdan nima keladi? 
— Raykom. Ana, ko‘rdingizmi,— og‘zidan chiqib ketdi Bo‘stonning.— Menga nimagadir u o‘zini 
atay shunday tutayotganga o‘xshab ko‘rinadi. Doim odamlarni qo‘rqitib yurishning unga nima keragi 
bor, go‘yo men sotsializmni qo‘porib tashlaydiganday? Axir, to‘g‘ri emas-ku, bu. Axir, men bir nimani 
talab qilsam, ish uchun talab qilaman. Men bu yerni sotmayman, birovga berib yubormayman, 
sovxozning yeri, bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Baribir men tirik ekanman, ishga qurbim 
kelarkan, o‘z aqlim bilan yashayveraman. 
— Nega hadeb menga yolg‘iz shu gapni takrorlayverasan, Bo‘ske. Sen aytgan narsani qilib 
bo‘lmaydi. 
— Nega bo‘lmaydi? 
— Chunki bo‘lmaydi. 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling