Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/177
Sana12.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1265262
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
qovurilayotganidan bexabar edilar... 
Bozorboy esa ayshini surar, og‘zini ko‘pirtirib maqtanar — qo‘liga pul tushib, ichkilikka 
mukkasidan ketgan, o‘sha kunlari mavsum tugab bo‘m-bo‘sh huvillab yotgan sohil bo‘yidagi 
restoranlarda sang‘ib yurardi. Aroq har qadamda qalashib yotardi. Bozorboy tepakaligacha qizarib 
ketguncha ichib, so‘ng og‘ziga kuchi yetgancha Bo‘stonning g‘iybatini qilardi. Juda dimog‘idan qurt 
yog‘adigan bo‘lib ketgan ekan, bosar-tusarini bilmay qolibdi bu ilonning yog‘ini yalagan qurumsoq, 
toza adabini berdim. Ilgari zamonlar bo‘lganda-ku, sirtiga suv yuqtirmas quloqvachcha sovet 
hukumatining sinfiy dushmani sifatida shartta otib tashlanardi-ya, oh-vohiga qaramay. Attangga, u 
paytlar o‘tib ketdi-da. Bunaqa turqi sovuqlarni gumdon qilsang, faqat savobiga qolasan! Rost-da! 
Yigirmanchi, o‘ttizinchi yillarda xohlagan milisa quloqmi, boymi, vassalom, hovlisining o‘zida shartta 
otib tashlayverardi. Kitoblarda yozilgan bu gaplar, ha. Tunov kuni radiodan eshitdim. Bir quloq batrak 
sho‘rlikni ezib, haqini urib qolgan ekan, kuppa-kunduz kuni hammaning ko‘z oldida surobini to‘g‘rilab 
qo‘yishibdi ikkinchi marotaba kambag‘al bechoraning yurak-bag‘rini ezmasin deb. Lekin Bozorboy 
hammasidan ham, Tamanga kelib qolgan Bo‘stonni eshikdan quvib solgani, otasi qolmay, onasi 
qolmay so‘kkani, Bo‘ston esa miq etib og‘iz ocholmagani haqida bichib-to‘qib so‘ylashni yaxshi 
ko‘rar, o‘z so‘zlaridan o‘zi huzur qilardi. Bozorboyning qish mavsumi bekorchilikdan bulak ishi yo‘q 
domotdixchi ulfatlari sovuq, tamaki va ichkilikning sassiq hidiga to‘lgan oshxonalarning derazalarini 
zirillatib qah-qah urishar, Bozorboyning qitiq patiga tegib, uning qo‘ltig‘iga suv purkashar, bunga sari 
mast Bozorboyning xuruji avjga minardi. Bu maynavozchiliklar Bo‘stonning ham qulog‘iga yetgan 
edi. Mana shu bois bo‘lib, sovxoz direktori chaqirgan majlisda qattiq janjal ko‘tarildi. 
Shundan sal burunroq Bo‘ston yopirilib kelgan noxush o‘ylardan uyqusi qochib kechasi bilan 
to‘lg‘anib chiqdi. Hammasiga sabab shu ediki, qishloq atrofida yana bo‘rilar izg‘ib qolishdi, yana 
yurakni o‘rtab yuboradigan, odamning asablari dosh bermaydigan nolishlarini boshlab yuborishdi, 
yana Gulimxon qo‘rqqanidan dag‘-dag‘ qaltirab erining pinjiga tiqildi, yana toqati yetmay uxlab 
yotgan Kenjashni o‘z to‘shagiga olib keldi, xuddi uning joniga bir narsa xavf solayotganday uni 
gavdasi bilan to‘sib, tinmay silab-siypalab yotdi. Bularni ko‘rib Bo‘stonning yuragi siqilar, ayol kishi-
da, qorong‘udan, turli vahimali tovushlardan qo‘rqadi, deb o‘ziga-o‘zi dalda berib qo‘yardi. 
Bo‘ston bir necha bor o‘rnidan turib miltiq otmoqchi bo‘ldi, lekin xotini yonidan qo‘ymadi, u hozir 
bir zum ham yolg‘iz qolishni istamasdi, keyin u baribir, xavotirli qush uyqusiga cho‘mdi. Lekin, 
Bo‘ston mijja qoqmadi. Miyasida turli-tuman hayollar g‘ujg‘on o‘ynardi. Dunyo ekan, u olamda 
qancha uzoq umr kechirgani sayin, yashash ham shuncha qiyin va mushkul bo‘lib borardi. 
Yashashning o‘zigina emas, hayotning asl ma’nosini tushunish og‘irlashib borardi. Ilgari hayolga 
kelmagan yoki kelgan bo‘lsa ham, ko‘ngilning qorong‘u tubidagina xira tortib ko‘ringan narsalar endi 
jiddiy bezovta qilar, javob so‘rardi. 
Bolaligidan suyagi mehnatda qotdi. Ko‘p mashaqqatlar tortdi: u ikkinchi sinfda o‘qib yurgan 
paytda otasi frontda halok bo‘ldi, keyin ona o‘ldi, katta akalari va opalari o‘z kunlarini o‘zlari 
ko‘rishar, ba’zilari esa olamdan erta o‘tgan, Bo‘stonning o‘zidan o‘zga tayanchi, ishongan tog‘i 
qolmagan edi. U bir narsaga qattiq ahd qildi, so‘ng bu ahdidan hech qachon, hatto bir zumga bo‘lsin 
chetga toymadi, qo‘li ishdan bo‘shamadi, mehnatdan sira qochmadi, hayotning ma’nosi, qizig‘ini faqat 
mana shunda deb bildi. U qo‘l ostida ishlaydiganlarni ham qaro terga tushib mehnat qilishga o‘rgatdi. 
U ko‘plarni odam qildi, yo‘l ko‘rsatdi, ularga hayot mehnat bilan qadrli ekanligini uqtirdi. O’z oldiga 
mana shunday maqsad qo‘ymaganlarni Bo‘ston ochikdan-ochiq yoqtirmas, ularni tushunmasdi. 
Bunday odamlarni nobakor deb hisoblardi. Ularga quruqqina, xushlamay muomala qilardi. Ko‘plar 
xuddi mana shuning uchun ham orqasidan yomonlab, qurumsoq, quloq deb laqab qo‘yib yurishlarini 
bilardi. Afsus, sal kechikibroq dunyoga kelgan-da, bo‘lmasa suyaklari allaqachon Sibir tomonlarda 
chirib yotardi, deyishardi nadomat chekib. Bo‘ston odatan, bunday g‘iybatlarga javob berib o‘tirmas, 
zotan, haq o‘zi tomonda ekanligiga zarracha shubha qilmas, boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas, 
boshqachasi dunyoning ostin-ustun bo‘lishi bilan barobar edi. Kun chiqishiga qanday ishonsa, u bunga 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling